O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Filtrlash. 
Qattiq moddalarni suyuq moddalardan yupqa g‘ovakli to‘siq orqali ajratishdir. 
Suyuq filtrlanuvchi modda material kapillyarlaridan o‘tadi, kapillyar o‘lchamidan katta bo‘lgan 
zarrachalar esa material yuzasida ushlanib qolinadi va cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma filtrlash 
jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki u to‘planib, uning o‘zi filtrlovchi material sifatida xizmat 
qiladi. 
Filtrlash tezligini (m/cek) quyidagi formula bilan ifodalanadi. 
τ
ω
Sd
V

=
Filtrlashning asosiy differensial tenglamasi quyidagicha 
)
(
ф
n
oc
R
R
P
Sd
V
+

=

µ
τ
bu yerda: V - filtrat hajmi, m
3

s - filtrlash yuzasi, m
2

τ
- filtrlash vaqti, c;
p - bosim farqi, n/m
2

µ
- suyuq fazaning dinamik qovushqoqligi, Pa·c; 
R
oc 
- cho‘kma qatlamning qarshiligi, m
-1

R
fn
- filtrlovchi to‘siqning qarshiligi, m
-1

Filtrlash tezligini oshirish uchun bosimni oshirib, qovushqoqlikni kamaytirish kerak. 
Cho‘kma siqiladigan va siqilmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Siqilmaydigan cho‘kmalar, bu shunday 
cho‘kmalar, bunda g‘ovaklar bosimlar farqi ko‘tarilganda ham kamaymaydi, aksincha g‘ovaklar 
siqiladigan cho‘kmalarda kamayadi. Yog‘larni filtrlash jarayonida hosil bo‘ladigan cho‘kmalar 
(fosfatidlar, oqsillar, shilimshiq moddalar va x.k.) siqiladigan cho‘kmalardir. Yog‘-moy sanoatida 
paxtali (belting, diagonal) yoki sintetik filtrlovchi gazlamalar ishlatiladi. 
Filtrlash jarayoni davriy yoki uzluksiz usulda olib boriladi. Filtrpress to‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklidagi vertikal birin-ketin joylashtirilgan ariqchali plitalar va bo‘sh ramalardan tashkil topgan. 
Har bitta rama filtrli mato bilan o‘raladi. Plita va ramalar qo‘zg‘almas korpusga mustahkamlangan 
gorizontal tayanch balkalarga tirab qo‘yiladi. Plita va ramalarning yon qismida teshiklari bo‘lib, 
ular birlashib kanal hosil qiladi. Filtrpress yuqori qismidan suspenziya (yog‘) beriladi va pastki 
qismidan filtrat oqib tushadi.
Filtrpress gorizontal staninaga joylashtirilgan 15-50 ta vertikal filtrlash yacheykalardan 
iborat.
4 – rasm. Filtr-press elementlari. 


18
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki kanaldan teshik orqali yog‘ rama ning ichki qismini 
to‘ldiradi. Bosim ostida yog‘ mato orqali o‘tib filtrlanadi. 
Yog‘ plitaning rifli yuzasidan oqib tushadi va teshik orqali yig‘ish tornoviga yig‘iladi. Filtr 
mato yuzasida yig‘ilgan cho‘kma asta-sekin ramaning bo‘shliq qismini to‘ldiradi. Ramaning 
bo‘shliq qismi cho‘kma bilan to‘lganda filtrlash jarayonining bosimi ko‘tariladi, filtrlash to‘xtatiladi 
va filtrpress tozalanadi. Filtrlash jarayoni boshlanishida filtr mato yuzasida filtrlash qatlami hosil 
bo‘lganda, loyqa filtrat oqadi, u alohida yig‘iladi va qaytadan filtrlashga beriladi. Filtrpress 
ishlaganda bosim 0,15-0,20kPa (1,5-2,5 kgc/sm
2
)dan oshmasligi kerak. 
Cho‘kmalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda bo‘shatishga asoslangan 
turli filtrlar ma’lum. Uzluksiz ravishda ishlash uchun odatda 2 ta filtr o‘rnatiladi. Hozirgi zamon 
uzluksiz ishlaydigan filtrlar diskli, patronli, ko‘rinishda bo‘ladi. Filtrlashdan oldin odatda filtrlovchi 
elementda yupqa qatlam hosil qilinadi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin