O‘yla! Izla! Top!



Yüklə 20,51 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü20,51 Kb.
#160098
O\'yla izla top mashg\'ulot ishlanmasi


O‘yla! Izla! Top!”(Katta guruhlar uchun)
Mashg‘ulotning maqsadi: bolalar nutqini faollashtirish, lug‘atini boyitish; bahor fasliga oid bilimlarni mujassamlashtirish; tabiat hodisalari, hasharotlar va gullar haqidagi tasavvurlardan shakllantirilgan fikrlarini to‘liq jumlalar yordamida ifodalashga o‘rgatish; rang, shakl, miqdor haqidagi bilimlarni takomillashtirish; zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, piktogrammalar asosida hikoyalar tuzish; modellashtirish; narsa va hodisalarning asosiy belgilariga tayangan holda umumlashtirish; harakatli o‘yinlar jarayonida ziyraklik, chaqqonlik va do‘stona ishlashiga erishish; bolalarda ilk kompyuter savodxonlik malakalarini shakllantirish; bolalar bilimini baholashda zamonaviy axborot texnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish.
Kerakli jihozlar: hasharotlar (kapalak, ari, ninachi, tillaqo‘ng‘iz). Tabiat hodisalari (quyosh chiqishi, bulut, yomg‘ir yog‘ishi, kamalak), gullar (lola, atirgul, chuchmoma, binafsha) tasvirlangan suratlar, nishonlar; kapalak, quyosh va lola tasvirining bo‘laklari; soyabon, rang va shakllar to‘plami; qayiqcha; samolyot va mashinaning qismlarga bo’lingan tasviri; 3 ta piktogramma, tasviriy faoliyat uchun jihozlar.
Mashg‘ulotning borishi: bolalar guruh stoli atrofiga kelib, u yerdan bittadan rasm tanlab oladi.
Tarbiyachi: – Hozir hammamiz galma-galdan qo‘limizdagi rasmda tasvirlangan narsaning nomini va nechta bo‘g‘indan iborat ekanini aytamiz. (Bolalarning javobi) Shu tarzda rasmi bor bolalar bilan savol-javob o‘tkaziladi. Kimning qo‘lidagi rasmda hasharotlar tasvirlangan bo‘lsa, rasmli stol atrofida o‘tirishi mumkin. Bu guruhning nomi – “Kapalak”. Tabiat hodisalari tasvirlangan suratli bolalar esa quyosh rasmi bor stol atrofiga boradi. Ularning guruhi esa “Quyosh” deb nomlanadi.
Tarbiyachi: – Sizga bu nom yoqdimi? Bahor gullari rasmini ushlagan bolalarni “Lola” rasmli stolga taklif qilaman. Bu guruhning nomini “Lola” deb atasak maylimi? Endi esa bolalar stol ustida turgan konvert ichidagi qog‘oz bo‘laklarini butlasangiz, guruhingiz nomiga mos rasm paydo bo‘ladi. Qani qaysi guruh bu vazifani tez va to‘g‘ri bajarishini ko‘ramiz. “Lola” guruh bolalar topshiriqni qiynalmasdan birinchi bo‘lib bajardi. Endi aytinglar-chi, hasharotlarning foydasi bormi? Zarari-chi?
Shu tarzda tabiat hodisalari va gullar davrasi ishtirokchilariga ham shu savol beriladi. Ayni payt tarbiyachining yordamchisi stol atrofidagilarga nishonlarni tarqatadi. Ularda guruh tasviri bittadan, ikkitadan, uchtadan va to‘rttadan chizilgan bo‘lib, bo‘yniga ilish uchun moslangan bo‘ladi. Kimning nishonida narsa rasmi bitta chizilgan? Demak, bu bolalar birinchi shartda, ikkita bo‘lsa ikkinchi shartda ishtirok etadi va hokazo.
1- shart: “Sehrli soyabon”ga sariq, qizil va yashil rangli narsalarni to‘plash. Qaysi bolaning nishonidagi tasvir soni bitta bo‘lsa, (har bir guruhdan bu shartni bajarishga chaqiriladi). Ishtirokchilar “Kapalak” guruhi qizil, “Quyosh” guruhi sariq, “Lola” guruhi yashil rangli narsalarni olib o‘z stoli yoniga o‘tiradi. Tarbiyachi bu narsalar rasmlarini soyabonning shu rangga ajratilgan qismiga joylashtiriladi, bolalarga o‘z faoliyatini sharhlash taklif qilinadi.
2-shart: “Modellashtirish” (ikkita tasvirli bolalar bajaradi). Guruhlarning bolalari o‘zlariga berilgan konvert ichidagi shakl bo‘laklarini butlab, hosil bo‘lgan narsa nomi (qayiqcha, samolyot, mashina), uning qismlari qaysi shaklda ekani va rangi, bu transport vositalari qayerda harakatlanishini aytib berishadi. Qolgan bolalar ularning javobini eshitib, lozim bo‘lsa to‘ldirishadi.
3-shart: “Piktogramma”. Bolalar shartli belgilar chizilgan 12 katakli varaq sathidagi tasvirni umumlashtirib, hikoya tuzishi kerak. Bu shartni bajarish uchun davralardan 3 ta tasvirli nishon egalari chaqiriladi. Piktogrammalar 3 xil bo‘ladi.
Jismoniy daqiqa
Tarbiyachi: – Bolalar, kelinglar, “O‘rin almashish” o‘yinini o‘ynaymiz. Davrani kengroq oling. Diqqat bilan eshiting. Hozir qaysi guruh nomini aytsam, faqat shu guruh ishtirokchilari o‘z o‘rinlarini almashtiradi. “Kapalak” (shu tarzda “Quyosh” va “Lola” guruhlari bolalari ham o‘zaro o‘rin almashadi). Bolalar, aytinglar-chi, gul va kapalak qaysi faslda bo‘ladi? (Bolalarning javobi) Juda to‘g‘ri. Demak, men “Bahor” deganimda, hammangiz o‘zaro o‘rin almashib olishingiz mumkin. O‘yin sizga yoqdimi? Hammangizni o‘z joyingizga taklif qilaman (musiqa sadolari ostida).
4-shart. “Bahribayt”. (Kim ko‘p she’r biladi? sharti boshlanadi).
Tarbiyachi: – Kimning nishonida 4 ta tasvir bo‘lsa yonimga keling. Sizlar “Bahor fasli”, “Gullar”, “Onajonlar”, “Navro‘z bayrami” kabi mavzularda bilgan she’rlaringizni navbat bilan ifodali o‘qib berishingiz kerak. Kim boshlaydi? (Bolalar navbat bilan yod olgan she’rlarini o‘qib beradi) Endi esa mana bu yerda katta qog‘oz varag‘i, rangli bo‘yoqlar, qalamlar, flomasterlar, mo‘yqalamlar, rangli qog‘oz va qaychi, yelim bor. Har bir davra bahor faslini tasvirlash uchun bu jihozlarni xohlaganidan olib foydalanishi mumkin. (Bolalar topshiriqni musiqa sadolari ostida bajaradi.)
Yakuniy qism
Tarbiyachi: – Bolalar, birgalikda bajargan ishlaringiz menga juda yoqdi. Ayniqsa, gullar, turli kapalaklar, yop-yorug‘ quyoshni ham juda o‘xshatibsiz. Bu ishlarimizni maydonchamizni bezatish uchun hovliga olib chiqamiz. Mehmonlarga ko‘rsatamiz.
Gulnora Raxmonova,
Uchtepa tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi
388-sonli MTM tarbiyachisi
Yüklə 20,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin