INTERNET SAYTLARI
1. www.president.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.xs.uz
4. www.nimfogo.uz
Mavzu: FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‗LGAN
YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING ASOSIY
YO‗NALISHLARI
Reja:
1. Faol fuqarolik pozitsiyasi tushunchasi va uni shakllantiradigan asosiy
omillar
2. Fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirishda
fuqarolik
madaniyati
va
mas‘uliyatining o‗rni
3. O‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati
Tayanch so‗z va iboralar:
Fuqarolik pozitsiyasi, fuqarolik madaniyati, fuqarolik mas‟uliyati,
yoshlar, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ta‟lim-tarbiyasi, yoshlarga
oid davlat siyosati, ma‟naviy barkamol avlod, Yoshlar ittifoqi
1. Respublikamizda yoshlar qatlami aholining umumiy tarkibida
salmoqli o‗rin egallaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32
foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‗lgan yoshlar tashkil etadi.
Qonunchiligimizda yoshlar (yosh fuqarolar) deyilganda o„n to„rt yoshga
to„lgan va o„ttiz yoshdan oshmagan shaxslar
1
tushuniladi. Yoshlar
masalasi, yoshlarga oid davlat siyosati hamma vaqt ham respublikamizda
ustuvor vazifalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu
xalqimizning tarixiy va milliy an‘nalari, shuningdek islom dinida ham
yosh avlod tarbiyasiga muhim e‘tibor qaratilgani bilan ham bog‗liq,
albatta. Shu bilan birgalikda jahon hamjamiyatida o‗zining munosib
o‗rnini topib borayotgan yosh mustaqil davlatni dunyoning ilg‗or davlatlari
qatoriga chiqib olishida ham yetuk kadrlar hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi.
1
Қаранг: ―Ёшларга оид давлат сиѐсати тўғрисида‖. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. (Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 37-сон, 426-модда; 2017 й., 24-сон, 487-модда; Қонун
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-сон)
152
O‗zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat‘iy nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va
birdek mas‘uliyatlidirlar. Shuning uchun ham mavjud muammolarni
bartaraf etishda fuqarolarning o‗z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va
ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab yetishlari uchun
ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida
qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar uchun ma‘naviy kamolot manbai
bo‗lishi bilan birga, ularning bu boradagi mas‘uliyatini yanada oshirishda
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‗zbekistonda
demokratik jamiyat qurish kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga
o‗tish konsepsiyasi zamirida inson erkinliklarini fuqaro, xalq manfaatlariga
mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy vazifa sifatida
belgilangan.
Bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatining ma‘naviy binosi mustahkam bo‗lishi lozim. Bu esa, eng
avvalo, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni chuqur bilimli, teran fikrli, o‗z
o‗tmishi durdonalaridan va ma‘naviy qadriyatlaridan xabardor,
vatanparvar, haqiqatparvar, fidoyi qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil
inson shaxsini tarbiyalash esa eng murakkab va qiyin jarayondir. Bu
jarayonni amalga oshirish ular ongiga milliy qadriyatlarni singdirish
maqsadga muvofiqdir. Demak, bugungi yosh avlod o‗z tarixini,
madaniyatini, milliy qadriyatlarini, tilini, dinini va urf-odatlarini
mukammal bilsagina, mustaqillikning asl mohiyatini chuqurroq anglab
yetadilar. Fuqarolik jamiyati ham ana shu milliy qadriyatlarimizga
asoslanib rivojlantirilishi bejiz emas. Zero, “Modomiki biz huquqiy
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz,
ma‟naviyat sohasidagi XXI asrga mo„ljallangan harakat dasturimiz
shundan kelib chiqmog„i darkor, ya‟ni erkin fuqaro – ongli yashaydigan,
mustaqil fikrga ega bo„lgan shaxs ma‟naviyatini kamol toptishirish bizning
bosh milliy g„oyamiz bo„lishi zarur”
1
. Har birimiz ushbu vazifalarni
amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni ko‗rsatishimiz hamda
biz yoshlarga qarata aytilgan ―Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat
ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning
hal qiluvchi kuchidir‖
2
degan so‗zlarni doimo yodimizda saqlashimiz
zarur.
1
Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан
қурамиз. 7-том.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. 303-б.
2
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.
153
Fuqarolik tuyg‗usi shaxsning ―Avloddan-avlodga o‗tib kelayotgan
madaniy jarayonlar axloqiy qadriyatlarning o‗tmish bilan kelajakni uzviy
aloqadorligini ta‘minlab, tarixiy merosning nodir ne‘matlarini o‗zgartirish
asosida shakllanadi‖
1
. Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bu
fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega bo‗lishliklari
hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatida faol,
Dostları ilə paylaş: |