bilim,
ko‗nikmalar
shakllantiriladi:
- fuqarolik jamiyati to‗g‗risida nazariy bilimlar va ularning O‗zbekiston
va jahon tajribasida namoyon bo‗lishining o‗ziga xos jihatlari
to‗g‗risida;
- talabalarda fuqarolik jamiyati to‗g‗risidagi nazariy bilimlar va
ko‗nikmalar;
- jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari;
- fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‗g‗risida;
- davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat
boshqaruvi tuzilmasini bilish;
- markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor
iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash;
- mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‗tishining
inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‗llarining yutuq va kamchiliklarini
baholash;
- mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash,
ijtimoiy hayotni yangilash ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak;
13
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda
ulardan o‗z kasbida foydalanish;
- mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‗yicha
o‗z xulosalarini bera olish;
- mamlakatimizning jahon bo‗yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish
malakalariga ega bo‗lishi kerak.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi
umume‘tirof etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
to‗g‗risidagi umume‘tirof etilgan qonuniyatlar.
2-guruh. Har bir mamlakatning milliy va tarixiy rivojlanishidagi
o‗ziga xos jihatlarini hisobga oladigan qonuniyatlar.
Fanning asosiy tushunchalari quyidagilar:
fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy
institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi,
inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy
asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi,
fuqaroviylik, fuqaro faolligi, daxldorlik hissi, ommaviy axborot
vositalarini erkinlashtirish, o‗zini o‗zi boshqarish,
millatlar va
konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari
faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.
Fuqarolik jamiyati fanini o‗qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik,
mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Ilmiylik – fuqarolik jamiyati to‗g‗risidagi g‗oyalar, nazariyalar,
zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy
asoslarini ko‗rsatish.
Tarixiylik
– fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy
bosqichlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon
tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.
Mantiqiylik – fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to
bugungi holatigacha bo‗lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari,
tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish.
Tizimlilik – fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir
belgilarning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‗rni va rolini
ko‗rsatish.
Qiyosiy tahlil metodi – fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish
tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‗ziga xos jihatlarini ko‗rsatish.
Bugungi kunga kelib dunyoning aksariyat davlatlarida huquqiy
demokratik tizimlar umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‗unligi
14
sifatida qaror topayotganligi fuqarolik jamiyatini barpo etish insoniyat
hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‗li ekanini deyarli barcha e‘tirof
etayotganligi va uning jahoniy ko‗lam kasb etayotganligi fuqarolik
Dostları ilə paylaş: |