Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

Ma‘naviy asoslar: 
-  insonlar  o‗z  qadr-qimmati,  jamiyatning  asosiy  qadriyatlari  himoyasiga 
tura  oladigan,  zaruriyat  tug‗ilganda  ular  uchun  kurasha  oladigan 
bo‗lishlari; 
- vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish
-  yagona  mafkura  va  dunyoqarashning  yakka  hokimligining  mavjud 
emasligi; 
-  fuqarolarning  ijtimoiy  jarayonlarni  demokratlashtirishda  bevosita  va 
bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi.  
O‗zbekistonda  yangi  jamiyatni  rivojlantirish  islohotlari  jarayonida 
jahondagi  turli  mamlakatlarda  fuqarolik  jamiyati  asoslarining  yaratilishi 
turli  darajada  va  davrlarda  amalga  oshirilganligining  nazariy  va  amaliy 
jihatlarini,  tajribalarini  o‗rganish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Chunki, 
fuqarolik  jamiyatining  bu  progressiv  jihatlari  (tamoyillari  va  belgilari) 
sinalgan  tajriba  sifatida  o‗tish  davrini  o‗z  boshidan  kechirayotgan 
                                                           
1
 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. ―Ўзбекистон‖, 1999.7-жилд 388-бет. 
2
 Каримов И.А. Ўзбекистон:миллий истиқилол,иқтисод,сиѐсат,мафкура.-Тошкент, ―Ўзбекистон‖, 1996, 1-жилд. 
126-бет. 



 
mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e‘tiborga olishga imkon beradi. 
Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta‘lim tizimida  o‗qitish 
dolzarb  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Fuqarolik  jamiyati  fanini  o‗qitish 
asnosida  mamlakatda ―Kuchli davlatdan  –  kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ 
tamoyili  asosida  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirishga  doir  tajribalar  va 
boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilimlari  yordamida  nafaqat  yangi 
jamiyatda  yashaydigan,  balki  bu  jamiyatni  rivojlantirishda  bevosita  faol 
ishtirok  eta  oladigan  yosh  avlodni  shakllantirishga  qaratilgan  bilimlar 
berish nazarda tutiladi.  
Fuqarolik  jamiyati  –  ochiq  ijtimoiy  tuzilma.  Unda  so„z  erkinligi,  shu 
jumladan,  tanqid  qilish  erkinligi,  oshkoralik,  har  xil  axborotlar  olish 
erkinligi,  erkin  kirish  va  chiqish  huquqi,  boshqa  mamlakatlar  bilan  keng 
miqyosda, doimiy asosda axborot, ta‟lim texnologiyalari almashinuvi, chet 
davlatlar  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  madaniy  va  ilmiy  hamkorlik, 
xalqaro  huquq  prinsiplari  va  normalariga  muvofiq  xalqaro  xorijiy 
birlashmalar  faoliyatiga  ko„maklashish  ta‟minlanadi.  U  umumiy 
insonparvarlik  tamoyillariga  sodiq  bo‗lib,  dunyo  miqyosidagi  shunday 
tuzilmalar bilan o‗zaro aloqa qilish uchun ochiqdir.  
Fuqarolik jamiyati – murakkab tarkibli va plyuralistik tizim. Tabiiyki, 
har qanday ijtimoiy organizm tizimning muayyan xossalari majmuiga ega 
bo‗ladi,  biroq  fuqarolik  jamiyatiga  ularning  to‗liqligi,  barqarorligi  va 
samaraliligi  xosdir.  Rang-barang  ijtimoiy  shakllar  va  institutlar  (kasaba 
uyushmalari,  partiyalar,  birlashmalar,  tadbirkorlar,  klublar  va  h.k.)  ning 
mavjudligi individlarning turli tuman ehtiyojlari va manfaatlarini ifodalash 
va  ro‗yobga  chiqarish,  odamzotning  barcha  qobiliyatlarini  namoyon  etish 
imkonini beradi.  
Fuqarolik  jamiyati  –  o„zini  o„zi  rivojlantiruvchi  va  o„zini  o„zi 
boshqaruvchi tizim. Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan 
rang-barang  munosabatlar  o‗rnatib,  o‗zlarining  ba‘zan  qarama-qarshi 
manfaatlarini  ro‗yobga  chiqarib,  jamiyat  siyosiy  hokimiyat  kuchiga  ega 
bo‗lgan  davlatning  aralashuvisiz  uyg‗un  va  izchil  rivojlanishini 
ta‘minlaydilar. Fuqarolik jamiyati o‗zining davlatdan mustaqil  o‗zini o‗zi 
rivojlantirish ichki manbalariga egadir.  
Fuqarolik  jamiyati  –  huquqiy  demokratik  davlat  bilan  uyg‗unlikda 
yashaydi.  Bu  yerda  inson  va  fuqaroning  tabiiy  va  o‗zlashtirilgan 
huquqlarini tan olish, ta‘minlash va himoya qilish bog‗lovchi omil sifatida 
amal qiladi. 
Fuqarolik  jamiyatining  asosiy  unsuri  ayrim  shaxs  bo‗lsa,  fuqarolik 
jamiyati 
institutlari, 
tashkilotlar, 
guruhlar 
va 
hokazolar 
uni 



 
shakllantiruvchi  omillardir.  Ular  shaxs,  uning  manfaatlari,  maqsadlari, 
niyatlari va hokazolarni ro‗yobga chiqarishga ko‗maklashadi. Shu  sababli 
iqtisodiy  va  siyosiy  hokimiyatni  ajratish,  haqiqiy  fuqarolik  jamiyatining 
yuzaga  kelishi  va  qaror  topishining  bosh  omili  hisoblanadi.  Iqtisodiy 
hokimiyat siyosiy hokimiyat bilan qo‗shilganida muqarrar tarzda iqtisodiy 
hokimiyatning  bir  markaz,  bir  odam  yoki  shaxslar  guruhi  qo‗lida 
jamlanishi  yuz  beradi.  Agar  siyosiy  va  iqtisodiy  hokimiyatlar  turli 
markazlar, qo‗llarda jamlansa, ular bir-birini cheklab turadi. 
2.  ―Fuqarolik  jamiyati‖  atamasi  turli  xorijiy  adabiyotlarda  alohida 
mazmun kasb etgan tushuncha bo‗lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning 
muayyan  shakli  (holati  va  xususiyati)ni,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy 
va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish  masalalari  doimo  davlatni  takomillashtirish,  huquq  va 
qonunning  rolini  yuksaltirish  muammolarini  hal  etish  bilan  chambarchas 
bog‗liqdir.  
Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  insoniyat  taraqqiyotining  Aristotel,  Platon, 
Sitseron  va  boshqa  mutafakkirlar  yashagan  tarixiy  bosqichida  fuqarolik 
jamiyati  deganda  davlat  tushunilgan.  Bu  hol  ancha  uzoq  vaqt  mavjud 
bo‗lgan  va  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarning  rivojlanish 
darajasi (mehnat taqsimotining primitiv shakllari, tovar-pul munosabatlari 
rivojlanishining dastlabki bosqichi, jamiyat hayotini davlat tasarruf etishi, 
ijtimoiy tuzilmaning tabaqaviyligi) bilan bog‗liqdir. 
Fuqarolik  jamiyatining  ba‘zi  bir  unsurlari  antik  dunyoning  ayrim 
mamlakatlarida 
(Yunoniston, 
Rim) 
mavjud 
bo‗lib, 
bu 
yerda 
hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi xususiy huquqning ayrim 
institutlarida  (ayniqsa,  Rim  xususiy  huquqi)  mustahkamlangan  tovar-pul 
ishlab  chiqarishini  vujudga  keltirdi.  Biroq,  holat  faqat  fuqarolik 
jamiyatining ayrim mintaqalarda vujudga kelgan va tabaqalashgan vertikal 
tuzilmalari va ular bilan uyg‗unlashgan unsurlaridan iborat edi, xolos. 
Ijtimoiy-siyosiy 
fanlarda 
―fuqarolik  jamiyati‖  va  ―davlat‖ 
tushunchalari  uzoq  vaqt  unchalik  farqlanmay  keldi,  ular  aynan 
tushunchalar  sifatida  qabul  qilindi.  Biroq,  XVII  asr  o‗rtalaridan  boshlab, 
jamiyatning  turli  jabhalarini  tabaqalashishi,  ularni  davlat  hokimiyati 
boshqaruvidan  chiqarish,  uzviy  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo‗lgan  erkin 
va mustaqil individni kamol toptirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning ikki 
tamoyilini  yuzaga  keltirdi  va  ularni  ijtimoiy  ong  va  fanda  aks  ettirish 
zarurati paydo bo‗ldi.  
Davlatda  hokimiyatning  uchga  bo‗linishi,  siyosiy  partiyalar, 
manfaatlar  guruhlari  (kasaba  uyushmalari,  ommaviy  axborot  vositalari  va 



 
h.k.)  paydo  bo‗lishi  bilan  jamiyat  hayoti  mazmuni  endi  faqat  davlat 
hokimiyati  bilan  cheklanib  qolmaslikni  taqozo  etdi.  Jamiyat  boshqaruvi 
dunyosiga  yangi  ishtirokchi  institutlar  kirib  kela  boshladi,  ular  siyosiy 
qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs 
faoliyatining  umumiy  maqsad  va  mazmunini  shakllantirish  jarayoniga 
sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsata boshladi.  
Fuqarolik  jamiyati  tushunchasi  absolyutizm  ag‗darilganidan  so‗ng 
shakllangan  yangi  hayotni,  ya‘ni  fuqarolarning  shaxsiy  hayotini  davlat 
tazyiqidan  xalos  etishni  aks  ettiradi.  Fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy 
davlatda mansbdorlar fuqarolar bilan o‗zaro muomalalarda qonunga qat‘iy 
rioya qilish g‗oyalari ilgari surildi.  
Tarixda davlatdan mustaqil ravishdagi jamiyat amalda doimo namoyn 
bo‗lgan  davrlar  ham  bo‗lgan,  biroq  u  doimo  ham  fuqarolik  jamiyati 
mazmunini  kasb  etavermagan.  Fuqarolik  jamiyati  davlatning  ijtimoiy 
tuzilmalaridan  ajralishi,  u  ijtimoiy  munosabatlarning  nisbatan  mustaqil 
jabhasiga  aylanish  natijasi  o‗laroq  paydo  bo‗ldi.  Fuqarolik  jamiyati 
shakllanishi  va  rivojlanishi  jarayonida  hozirgi  davr  huquqi  va  davlati 
vujudga keldi. 
 Ko‗rib  turganimizdek,  fuqarolik  jamiyati  kategoriyasi  tarixan 
insoniyat rivojlanishining shunday bir alohida yo‗nalishini aks ettiradiki, u 
har bir davrning o‗ziga xos mutafakkirining oqilonalik, erkinlik, farovonlik 
va  adolat  hukm  suruvchi  ideal  jamiyat  modelini  yaratishga  intilishi  bilan 
tavsiflanadi.  Davlat,  oila,  qabila,  millat  tushunchalari,  diniy  va  boshqa 
birliklardan  farq  qiluvchi  fuqarolik  jamiyati  kategoriyasi,  yuqorida  qayd 
etib o‗tganimizdek, XVIII-XIX asrlarga kelib o‗rganila boshlandi. 
Yevropa  va  Amerika  mamlakatlarining  katta  mintaqalarida  fuqarolik 
jamiyatining 
shakllanishi 
yangi 
davrda 
boshlandi. 
Olimlar 
va 
mutaxassislar  fikriga  ko‗ra,  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishini  uch 
bosqichga  ajratish  mumkin.  Bunda  bir  bosqichdan  keyingi  bosqichga 
o‗tishda jamiyat va davlat tuzumida katta o‗zgarishlar, ijtimoiy va siyosiy 
tangliklar,  ommaviy  harakatlar,  sinflarning  to‗qnashuvlari,  jamiyat 
mafkurasida tub o‗zgarishlar yuz bergan.  

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin