O‘tkir revmatik isitma



Yüklə 174,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.10.2022
ölçüsü174,9 Kb.
#64675
1   2   3   4   5   6   7
№1 O‘tkir revmatik isitma. Qo\'shma yurak nuqsonlari. Qo\'shma aortal, trikuspidal nuqsonlar.

Dispanserlik kuzatuvi 
Revmatik isitmalash bilan bemorlar dispanserlik dinamik nazorat uchun 5 
yilga olinadilar. Terapevt tomonidan nazorat ko‘ruvlari chastotasi: shifoxonada 
davolanib chiqqandan keyingi 1 yil davomida -1 oyda bir marta; 2-chi yilda-3 oyda 
bir marta; kelgusi uch yilda-4 oyda 1 marta. Otolaringolog va stomatologlarning 
ko‘ruvini davriyligi-yilda 1 marta. Siydik umumiy analizi 3 oyda bir marta nazorat 
qilinadi. Qon klinik analizi va EKG-yilda ikki marta o‘tkaziladi. 
S-reaktiv oqsilga, tekshiruv antistreptokokkli antitelalar titrini o‘rganish, 
bioximik tekshiruvlar va ExoKG-ko‘rsatmalar bilan amalga oshiriladi. 
Birlamchi profilaktika 


Birlamchi profilaktikaning asosi bo‘lib A guruxidagi R-gemolitik 
streptokokk bilan chaqirilgan yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va retsidivirlanuvchi 
surunkali infeksiyalarini (tonzillit va faringit) antimikrob terapiyasi xisoblanadi. 
Birinchi qator dori vositalari β-laktam antibiotiklar: 
Bitsillin m/o bir martaga 2,4 mln YeD kattalarga, bolalarga tana vazni < 25 
kg bo‘lganda -600000 YeD, tana vazni > 25 kg bo‘lgan bolalarga-1,2 mln YeD. 
Ditsillin m/o albatta buyurilishi kerak bo‘lgan vaziyatlar: shifokor tayinlagan 
tavsiyalarni bemor tomonidan bajarilishiga shubxa tug‘ilishda yoki uyushgan 
jamoalarda ushbu infeksiyani ommaviy ko‘rinishlarini aniqlanishi (xarbiy qismlar, 
maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari). 
Amoksitsillin ichish uchun 10 kun davomida, kattalarga 0,5 g dan sutkasiga 
uch maxal, bolalarga -0,25 g dan sutkasiga uch maxal buyuriladi. 
Fenoksimetilpenitsillin ichish uchun ovqatga 0,5 g dan sutkasiga 3 maxal, 
bolalarga tana vazni 25 kg gacha bo‘lsa-0,125 g dan 3 maxal sutkasiga, tana vazni > 
25 kg bo‘lgan bolalarga -0,25 g dan 3 maxal sutkasiga qo‘llaniladi. Preparat 
suspenziya xolida chaqaloq yoshida bo‘lgan bolalarga buyuriladi. 
Alternativ dori vositalari (β- laktam antibiotiklarni ko‘tara olmaslik 
xolatlarida buyuriladi): 
Azitromitsin ichish uchun ovqatdan 1 soat ilgari 5 kun davomida kattalarga 
0,5 g dan bir maxalga 1-chi sutkada, so‘ngra 0,25 g dan sutkasiga kelgusi 4 kun 
davomida beriladi; bolalarga bo‘lsa 12 mg/kg/sutkasiga miqdorda bitta qilib (1 
marta) ichish tavsiya qilinadi. 
Zaxira preparatlar (β- laktamlar va makrolidlarni ko‘tara olmaslikda 
qo‘llaniladilar): 
Linkomitsin ichish uchun ovqatdan 1-2 soat ilgari 10 kun davomida 
kattalarga 0,5 g dan 3 maxal kuniga, bolalarga 30 mg/kg/sutkasiga 3 maxal qabul 
qilishga buyuriladi. 
Klindamitsin ichish uchun (1 stakan suvda ichiladi) 10 kun davomida, 
kattalrga 0,15 g dan 4 maxal kuniga, bolalarga 20 mg/kg/sutkasiga 3 martada qabul 
qilishga tavsiya etiladi. 


Mikro florasiga turg‘unlik bo‘lganda va surunkali faringit xamda tonzillitda 
kuyidagilar qo‘llaniladi: 
Amoksitsillin/klavulan kislota ichish uchun 10 kun davomida kattalarga 
0,625 g dan 3 maxal sutkasiga, bolalarga 40 mg/kg/sutkasiga 3 ta marta qabul 
qilishga buyuriladi. 
Sefuroksim ichish uchun (ovqatdan keyin darxol) 10 kun davomida kattalrga 
0,25 g dan 2 maxal sutkasiga, bolalarga 20 mg/kg/sutkasiga 2 maxalda ichish tavsiya 
etiladi. 

Yüklə 174,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin