O'ta Osiyolik allomalar ijodidda ilimlar tasnifi Reja


Abu Iso Muhammad at-Termiziy



Yüklə 30,49 Kb.
səhifə8/10
tarix30.05.2022
ölçüsü30,49 Kb.
#60009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ix-xii asrlarda yashab ijod Qilgan O‘rta Osiyolik buyuk allomala

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo‘lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog‘ida tug‘ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo‘lib, yetishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o‘rin tutadi. Umrini hadislar to‘plashga bag‘ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jomye as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
1990 yil settyabr oyida Toshkentda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ismoil al-Buxoriy hadislari kabi At-Termiziy to‘plagan hadislarda ham tarbiya, ahloq odob, ota-ona, va farzand haq-huquqlar, halollik, poklik, kabi umuminsoniy qadriyatlar va ahloq mezonlari asosiy o‘rin tutadi.
Abu Abdurahmon an-Nasoiy (830-915 yy) Movaraunnahrlik hadischilardan an-Nasoiy ham Islom dunyosida mashhur bo‘lib Niso (Hozirgi Turkmaniston) shahrida tug‘ilgan. Uzoq vaqtlar Misrda yashagan. Hadislar to‘plagan. U «At-sunan al-Kubro», «Al-Mujtaba», «Al-Sunan» nomli hadis kitoblarini yozib qoldirgan. Bu kitoblar islom dinshunoslar orasida o‘ziga xos obruga egadir.
Abubakr Rubobiy. IX asr ohiri X asr boshlarida Buxoro shahrida tug‘ilgan. O‘z davrining moxir va maikur sozanda va xonandasi. Buxoroda musiqa maktabi ochgan, ushbu sohada qo‘llanmalar yaratgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra shu maktabda Rudakiy ham taxsil olgan. O‘sha davrlarda Xorazmshox saroyida yashab ijod etgan, hamda Mavorounnaxr va Xurosonning xalq qo‘shiqlarini zo‘r mahorat bilan ijro etganlarga «Mutribi Mavorounnaxr» unvoni ta’sis etilgan. Bu unvonga eng birinchi Abubakr Rubobiy sazovor bo‘lgan.
Abu Nasr (X asr) Buxorolik xonanda va sozanda Mavorounnaxrning barcha hududlarida mashhur bo‘lgan «Mavorounnaxr yo‘llari» deb atalgan qo‘shiqlar turkumida o‘z davri shoirlarining asarlarini moxirona ijro etgan.

Yüklə 30,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin