Osiyo xalqaro universiteti tarix va filologiya



Yüklə 10,51 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü10,51 Kb.
#202245
  1   2   3
1- mavzu ma\'ruza

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
  • OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
  • TARIX VA FILOLOGIYA”
  • KAFEDRASI
  • www.arxiv.uz

Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati.

  • Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi: Bobohusenov Akmal

Din, dinshunoslik , Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati

  • Din, dinshunoslik , Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati
  • Dinlarning tasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi.
  • Ibtidoiy eʼtiqodlar, milliy dinlar, jahon dinlarining shakllanishi va o‘ziga xos jihatlari. Diniy taʼlimotlarda xudo va g‘ayritabiiy kuchlar haqidagi eʼtiqodlar dinamikasi
  • Mavzu rejasi:
  • Din (arabcha – ishonch, ishonmoq) – borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy mavjudotga,ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur,urf-odat va marosimlar mavjuddir. Har bir din o’ziga xos sig’inish obyekti va rasm-rusmi, ibodat, urf-odat va aqidalarga ega.

Teologik yondashuvga kо‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va kо‘pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta’limot) qadimgi

  •  Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.
  • www.arxiv.uz

Mazkur qarashlarning paydo bо‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bо‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bо‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng chо‘qqisiga kо‘tarildi. Unga kо‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir,

  • www.arxiv.uz
  • Mazkur qarashlarning paydo bо‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bо‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bо‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng chо‘qqisiga kо‘tarildi. Unga kо‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir,
  • www.arxiv.uz
  • Dinning kompensatorlik (lotincha compensare – tenglashtirish, muvozanatlashtirish, to‘ldirish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi kishilarning hayotini boyitadi, diqqatlarini kundalik muammolardan boshqa narsalarga jalb qiladi, ularni ovutadi. Mazkur vazifa orqali din kishilarda ertangi kuniga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Ularni hayotiy qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka va har qanday sharoitda xudoga ishonchini yo‘qotmaslikka o‘rgatadi. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym ayniqsa diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi. Dinning integrativ vazifasi bilan regulyativlik (lotincha reguiare – muayyan tartibga bo‘ysundirish, tartibga solish, o‘rnatish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi uzviydir. Regulyativlik vazifasi diniy xulqatvor normalari vositasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ushbu normalarni dindorlarning bajarishlarini nazorat qiladi. Bunday normalarga 19 diniy urf-odatlar, marosimlar, an’analar va bayramlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Dinning regulyativlik vazifasi dindorlar faoliyatining tartibga solinishi qonuniylashtirilishini taqozo etadi. Bu esa uning legitimlik vazifasini keltirib chiqaradi. Mazkur vazifani birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog olim T. Parsons ajratgan. Uning fikricha, muayyan qonuniyliksiz, ya’ni legitimliksiz hech bir ijtimoiy tizim mavjud bo‘la olmaydi. Legitimlik vositasida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari muayyan qolipga solinadi, jamiyatda barqarorlik ta’minlanadi. T. Parsons diniy normalarni jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib, o‘zgarib va rivojlanib boruvchi boshqa ijtimoiy normalardan ustun qo‘yadi, chunki diniy normalar jamiyatning axloqiy-ma’naviy tartibini belgilaydi. Legitimlik dindorlarning e’tiqod bilan bog‘liq o‘zaro aloqalarini taqozo etadi. Bu esa uning navbatdagi aloqa vazifasini yuzaga keltiradi. Dinning aloqa vazifasi dindorlarni diniy mafkura vositasida birlashtiradi. Shu bilan birga, jamiyat va shaxs o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatilishiga yordam beradi
  • www.arxiv.uz

Yüklə 10,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin