Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 280,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.10.2023
ölçüsü280,83 Kb.
#161476
1   2   3   4   5   6
71 M.Abdurazzakova 535-540

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
536 
shuni ko‘rsatdiki, inson ma’lumotlarni verbal vositalar yordamida 7% (faqat so‘zlar 
bilan), ovoz orqali (ovoz toni, intonatsiya) 38 foiz va noverbal vositalar yordamida 
esa 55 foiz bayon etadi. Professor Berdvisllning tadqiqot natijasiga ko‘ra esa, bir 
kishi so‘z bilan kuniga o‘rtacha hisobda 10-11 daqiqa gapiradi va har bir jumla 
o‘rtacha 2,5 soniyadan oshmaydi. Ko‘pgina tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, 
verbal va noverbal vositalar insonlararo turli ma’lumotlarni uzatishda alohida, ba’zan 
birgalikda faol qo‘llanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Noverbal muloqot- so‘zlar yordamisiz amalga oshiriladigan muloqot ko‘pincha 
ongsiz ravishda yuzaga keladi. U verbal muloqotni to‘ldirib va kuchaytirib kelishi 
yoki aksincha, unga zid bo‘lishi va susaytirib kelishi mumkin. Noverbal muloqot 
ongsiz jarayon hisoblansa-da, bugungi kunda u yetarlicha o‘rganilmoqda va bu 
sohada muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqdda. Paralingvistik aloqa almashinuvi- 
muloqotning eng qadimiy va fundamental shakli hisoblanadi. Ota-bobolarimiz bir-
birlari bilan ko‘pincha tana harakatlari, yuz ifodalari, ovozning tembri va 
intonatsiyasi, nafas olish tezligi, qarashlar yordamida aloqa qilishgan. Biz ham hozir 
bir-birimizni so‘zsiz tushuna olamiz. Noverbal til shu qadar kuchli va umumiyki, biz 
ko‘pincha itni ham u nimani xohlashini osongina tushuna olamiz. It esa ko‘p 
harakatlarimizni anglay oladi, masalan, qachon u bilan sayrga chiqishni, qachon usiz 
tashqariga chiqishimizni ham oldindan biladi. 
Paralingvistik muloqot verbal muloqot kabi yuqori darajada tuzilgan sistemaga 
ega emas. Imo-ishoralar, yuz ifodalari, intonatsiyalarning umumiy qabul qilingan 
lug‘atlari va tartib qoidalari (grammatikasi) yo‘q. Paraverbal tilning bir qismi 
universaldir: barcha chaqaloqlar bir xil tarzda yig‘laydilar va kuladilar. Boshqa qismi, 
masalan, imo-ishoralar, madaniyatdan madaniyatga farq qiladi. Noverbal muloqot 
odatda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Biz odatda o‘z fikrlarimizni so‘zlar shaklida 
shakllantiramiz, lekin bizning ongimizdan tashqari, bizning holatimiz, yuz 
ifodalarimiz va imo-ishoralarimiz ham beixtiyor ifoda kasb etadi, ya’ni: 
“Siz so‘z bilan aldashingiz mumkin, lekin ovozingiz bilan alday olmaysiz!” 
Har bir inson paralingvistik muloqotning ba’zi parametrlarini boshqarishi 
mumkin. Ammo barcha parametrlarni nazorat qilish hech qachon mumkin emas, 
chunki odam bir vaqtning o‘zida 5-7 tadan ko‘p bo‘lmagan omillarni yodda tutishi 
mumkin. 
Emotsiya va his-tuyg‘ularni so‘zsiz yetkazish mumkin. Paraverbal til ham 
og‘zaki muloqotda qo‘llanadi. Uning yordami bilan: 
* og‘zaki uzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlash, tushuntirish yoki rad etish; 
* ongli yoki ongsiz ravishda axborotni uzatish; 



Yüklə 280,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin