O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish nasrullayeva Fatima Azatovna



Yüklə 44,42 Kb.
səhifə2/3
tarix09.09.2023
ölçüsü44,42 Kb.
#142141
1   2   3
Макола Nasrullayeva-1

Innovatsion texnologiya - ilmiy izlanishlar, ishlanmalar, tajriba-sinov ishlarini olib borish, boshqa fan texnika yutuqlaridan foydalangan holda o‘quvchilarga yangi bilim berish. Ijodkorlik faoliyati natijasida buyum yaratiladi. Bu faoliyat reproduktiv va ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan ish faoliyati. Ijodiy faoliyatda hech qanday chegara yo‘q. Buning natijasida yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi. O‘quvchilar maktabni tugallagandan so‘ng ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi bo‘yicha ancha qiynalishadi. Bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatishda turli xil innovatsion metodlardan foydalanishlarini takidlashadi. Biroq o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini egallashmagani ma’lum bo‘lgach bu innovatsion metodlardan foydalanish samara bermayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Har qanday fan bo‘yicha mavzuni o‘qitishda va o‘rganishda shu fan tarkibidan kelib chiqqan holda metod tanlanishi, tanlangan metodlar bosqichma-bosqich to‘g‘ri olib borilishi zarur. Bunda asosiy 4 ta bosqich muhim hisoblanadi:


Tasavvurlarni shakllantirish bosqichida – o‘quvchilar yangi ma’lumotlarni umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy tuzulishini o‘rganadilar.
Bilimlarni shakllantirish bosqichida o‘quvchilar asosan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bunda ulardagi bilim va ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash orqali shakllanadi.
Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichida o‘quvchilar asosan turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu jarayonda ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
Ilmiy rivojlanish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichida o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bunda ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini to‘g‘ri tashkil qilishda yordam beradi. Har bitta bosqichda o‘quvchilarning ijodkorlik qobliyatlari asta sekin rivojlantirib boriladi. Dastlabki ikkita bosqich maktablarda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikkita bosqichda ko‘rinib qoladi. Ko‘pchilik o‘qituvchilarda har bir mavzuni o‘rganish borasida tadqiqot olib borishi uchun hohish yo‘q. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllanitirishda tizimli ishlar shakllantirilmagan. Buning uchun o‘qituvchlar ijodkorlik, tadqiqotchilik, ilmiylik ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradigan zamonaviy, innovatsion metodlardan foydalanishni o‘rganishlari kerak. O‘quvchilarda ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘qituvchilar ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, murakkab bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarib ko‘rishlari kerak. Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi ma’lumotlar eskiradi. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash o‘quvchilar va o‘qituvchilarni muntazam o‘z ustida ishlashga, rivojlanib borishiga yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilar nafaqat darsliklardan balki yangi axborotlardan, texnikadan, internet tarmoqlaridagi ma’lumotlardan, turli sayt va platformalardan foydalanishni talab etiladi. Texnologiya fanni o‘qitishda darslik va adabiyotlardan foydalanish samara bermaydi. Uning rivojlanishi uchun albatta texnik vositalardan elektron dars shakllaridan, platformalardan foydalanish kerak. Lekin texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy vositalar hali ishlab chiqilmagan. Ishlab chiqilganlari ko‘p emas va hozirda juda kam qo‘llaniladi.
Ta’lim yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘quvchilarning fikrlash darajasi kengaymoqda. Axborotlarni olish osonlashgan. Yoshlar texnik qurilmalardan bemalol foydalana oladi. Bunday o‘sish jarayonida o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanmaslik ta’limda darsning smaradorligini pasayishiga olib keladi.
O‘qituvchilar darslarni tashkil etishda turli texnik vositalar kompyuter, proyektor, noutbuk, elektron doskalardan foydalana olishadi. Lekin bu texnik vositalar uchun ma’lumotlar bazasi zarur. Ma’lumotlar bazasini tayyorlashga ko‘p vaqt sarflanadi. Ilmiy izlanish qilishni maqsad qilgan tadqiqotchi olimlardan esa o‘qituvchilar ish faoliyatiga yordam beradigan, foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish talab etiladi. Fan texnika yutuqlaridan foydalanish, ilmiy izlanishlar olib borish, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish innovatsion texnologiyalarga misol bo‘ladi.
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda “Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan elektron platform yaratish” bu kabi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Ta’lim mazmunini yangilash unga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish standartlar, dasturlar, darsliklar asosida yaratilgan elektron dars ishlanmalarini platformaga joylash yaratilishi nazarda tutilayotgan elektron platformaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda “O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida olib borilayotgan ilmiy ish texnologiya fanidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim mazmunini yangilash, unga zamonaviy usul va metodlarni olib kirish, AKT vositalaridan samarali foydalanish, elektron platforma orqali darslarni masofaviy tashkil etish hamda texnologiya fanining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.



Yüklə 44,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin