O`quvchilarning ovqatlanish gigienasi


Bolalar va o`smirlarning oqsil, yog` va uglevodlar miqdoriga



Yüklə 78 Kb.
səhifə2/4
tarix01.07.2022
ölçüsü78 Kb.
#62575
1   2   3   4
OVQATLANISH GIGIENASI

Bolalar va o`smirlarning oqsil, yog` va uglevodlar miqdoriga
bo`lgan sutkalik ehtiyoji



Oziq moddalar (gramm hisobida)

Bolalar yoshi

7-10

11-14

15-18

1
Oqsil

78

98

119

2

Yog`

81

86

99

3

Uglevodlar

297

424

471

4

Sutkalik umumiy kaloriya (kkal.)

2291

2940

3340



Bolalar va o`smirlar ovqatining sutkalik
kaloriyasi



Bolaning yoshi

Sutkalik kaloriya

1

1-2 yosh

1500 kkal

2

3-4 yosh

1800 kkal

3

5-6 yosh

2000 kkal

4

7-10 yosh

2400 kkal

5

11-13 yosh

2750 kkal

6

O`spirin qizlar

2850 kkal

7

O`spirin yigitlar

3150 kkal

Ovqatlanish rejimi yoshlar kun tartibini ajralmas qismi hisoblanadi. Ma`lum rejim bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon ichaklarni normal ishlashi, ishtahani yaxshi bo`lishini ta`minlasa, ikkinchidan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Ovqatning oshqozon ichaklarida parchalanib hazm bo`lishi uchun 3,5-4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun ham har 3,5-4 soatdan keyin rejim asosida ovqatlanish tavsiya qilinadi.


Maktabning birinchi smenasida o`qiydigan o`quvchilar uchun ovqatlanish rejimi quyidagicha bo`lishi mumkin:
- nonushta soat 730-8 da. Nonushtada iste`mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarar bo`lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
- ikkinchi nonushta soat 11-1130 da maktab bufetida, sutkalik ovqat kaloriyasining 10-15% ni tashkil qiladi.
- tushki ovqat soat 15-1530 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
- kechki ovqat soat 19-1930 da sutkalik ovqat kaloriyasining 20-25% ni tashkil qiladi.

Ikkinchi smenada o`qiydigan o`quvchilar uchun ovqatlanish rejimi quyidagicha:


- nonushta soat 8 da. Nonushtada iste`mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarar bo`lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
- tushki ovqat soat 12-1230 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
- kech tushki ovqat 15-1530 da maktab bufetida, sutkalik ovqatning 10-15% ga teng.
- kechki ovqat soat 19-1930 da sutkalik ovqat kaloriyasining 20-25% ni tashkil qiladi.

O`quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab oshxonasi-bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 250-350 kkal dan; o`rta va yuqori sinf o`quvchilari uchun 350-450 kkal dan kam bo`lmasligi talab qilinadi.


Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni almashtirilib turishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog`, uglevodlar, vitaminlar bo`lishi kerak. Masalan: go`shtli, karamli, kartoshkali, oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupavadan qilingan sutli bo`tqa, mastava, shovla kotlet, issiq sut, choy, non, bulochka kabilar.
Ba`zi bolalar va o`smirlarni nisbatan ozg`in bo`lishi ovqatni yetishmasligidan emas, balki ovqatlanish rejimining noto`g`ri tashkil qilinishi, shirinlikni haddan tashqari ko`p iste`mol qilish tufayli ishtahaning bug`ilishi, yoki organizmda yashirin holda davom etadigan surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo`lishi bilan bog`liqdir.
Bola tana vaznining normal bo`lishi uning ish qobiliyatiga, va nihoyat darslarni o`zlashtirish qobiliyatiga ta`sir qilmay iloji yo`q.
Asab tizimining funktsional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar o`z tengdoshlarining oldida o`zlarini noqulay sezadilar, shuning uchun g`am chekadilar, o`ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik ularni chuqur qayg`urishiga sabab bo`ladi.
Semirishning asosiy sababi ovqatni ko`p yeyish, ayniqsa, yog`li, xamir ovqat, shirinliklarni me`yoridan ko`p iste`mol qilishdir. Ota-ona, tarbiyachi va o`qituvchilar bolalarning ovqat rejimini doimo nazorat qilib turishlari kerak.
Semirishning oldini olishda jismoniy tarbiya, sport bilan muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga ega. Ertalabki 15-20 minutlik qilingan badantarbiya faqatgina 25-30 kilokalloriya energiyani sarflanishiga imkon beradi xolos. Bu energiyani o`rni esa 2-3 chaqmoq qand iste`mol qilish bilan qoplanadi. Sog`lom bo`lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2-3 soat o`rtacha tezlikda piyoda yurishi lozim. Shunda uning organizmi 600-800 kilokalloriya energiya sarflaydi. Hujayra va to`qima qancha jismoniy harakat bajarmasa ulardagi zapas to`planib aytgan energiya shuncha sarflanadi. Ularning tarkibiy qismi o`rniga yangi-yosh tarkibiy qism paydo bo`ladi. Demak, hujayralar yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va o`smirlarning sog`lom, baquvvat o`sish qobiliyatining unumdorligi ko`p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gegienik talabga muvofiq tashkil qilinishiga bog`liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va o`qituvchilar bolalarga ko`makdosh bo`lishi lozim.
Oshqozon-ichak kasalliklari xalq o`rtasida ayniqsa bolalar va o`smirlar o`rtasida tarqalishi jihatidan gripp va nafas yo`llarining shamollashi kasalliklari hamda bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, suvchechak, tepkidan) keyingi o`rinni egallaydi.
O`tkir oshqozon-ichak kasalliklari ularni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar (bakteriya va viruslar) turiga biologik xususiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linadi. Shulardan bolalar o`rtasida eng ko`p uchraydiganlari, eng xavflisi ovqatdan zaharlanish. Batulizm, ich burug`i, xolera (vabo) qorin tifi, paratif «A» va «B» kabilardir.


Salmonellez yoki ovqatdan zaharlanish kasalligi ayniqsa, buzilgan eskirib qolgan ovqatlarni, limonad, morojenoe, pirojnoe, somsa, pirojki, shashlik, kolbasa, baliq kabilarni iste`mol qilish natijasida yuzaga keladi. Ovqatni iste`mol qilgandan 2 soat va ba`zida yarim- bir kun o`tgandan keyin qorinda og`riq paydo bo`ladi, ko`ngli ayniydi, ketma-ket qusa boshlaydi. Og`ir formalarida tana harorati 40 gradus va undan ham ko`tariladi, qaltiraydi, rangi oqaradi, qo`l-oyog`i qaqshab og`riydi, ba`zida hushini yo`qotadi.


Batulizm ham ovqatdan zaharlanish natijasida yuzaga keladigan kasallik, ko`pincha konserva qilingan baliq, zamburug`, karam, bodring, pomidor kabilarni iste`mol qilish natijasida yuzaga keladi. Chunki konserva bankasi ichida havosiz sharoitda ko`payadigan mikroblar kirib qolib, ular banka ichida ko`payadi, o`zidan zaharli modda chiqaradi. Natijada bu konservani iste`mol qilish organizmni zaharlashga olib keladi. Bu mikroblar uzoq saqlangan sho`r baliq, kolbasa, qazida ham bo`lishi mumkin. Bu mikroblar o`zidan gaz ishlab chiqaradi. Shuning uchun zaharlangan konserva bankasini qopqog`i shishib (bo`rtib) turadi, kolbasa, qazi ham shishganday, ichida havosi bordek seziladi. Agar shu belgiga e`tibor berilsa bunday taomdan voz kechish kerak.
Batulizm kasalligini xarakterli belgilari ovqat iste`mol qilingandan 2 soat o`tgandan keyin, ba`zida 10 kundan keyin qoringa og`riq, ko`ngil aynish, qusish paydo bo`ladi. Ich suyuqlashadi, lekin ko`p ketmaydi, qorin dam bo`ladi, og`zi qurishadi, ovozi bug`iladi, ko`zlarini qovog`i osilib qoladi.


Xolera (vabo) kasalligini qo`zg`atuvchi mikroblar (vibrion) ham aynigan ovqat, ayniqsa ariq, quduqning ifloslangan suvidan, bemorning idish tovoqlaridan, qo`lidan yuqadi.
Bemorning ichi ketadi, qusadi, qornida og`riq, g`ijimlanish, g`uldirash paydo bo`ladi, holsizlanadi, rangi oqaradi.


Ich burug`i (dizenteriya) kasalligi mikroblari ham ovqatdan, suvdan, bemorning idish-tovoqlaridan yuqadi. Bemorning qornida og`riq bo`ladi, ichi ketishi tezlashadi (sutkada 10-50 martagacha) kuchanadi.
Bu kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini tarqatishda pashsha muhim rol o`ynaydi. Bitta pashsha tanasida 6 million, ichagida esa 28 millionga yaqin har xil kasal qo`zg`ovchi mikroblar borligi aniqlangan.
Yuqorida bolalar va o`smirlar o`rtasida eng ko`p uchraydigan o`tkir oshqozon ichak kasalliklari to`g`risida qisqacha tushuncha berildi. Bu kasalliklarning boshqa turlarini yuqish yo`llari, belgilari ham yuqoridagilarga o`xshaydi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun eng avvalo, har bir o`quvchi tomonidan shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishdan iborat. Eskirgan ovqatlarni, limonad, morojenoe, pirojniy, kolbasa, baliq, konserva kabilarni iste`mol qilmaslik. Qozonda qolgan ovqatni xolodilnikda saqlash va iste`mol qilishdan oldin albatta uni qaynatib olish, kolbasa va konservani ham qaynoq suvda qaynatish kerak.
Idish tovoqlar soda yoki gorchetsa aralashtirilgan qaynoq suvda yuvilib, so`ng toza suvda chayqatiladi. Boshqalar bilan qo`l berib so`rashganda, avtobus, mashina, tramvay eshiklarini ushlaganda ovqatlanishdan oldin ham albatta qo`lni sovunlab yuvish, har bir madaniyatli kishining shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishdagi burchi hisoblanadi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz va xukumatimiz tomonidan yoshlarning sog`lom bo`lishi, jismoniy baquvvat o`sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuning uchun ovqat yoki vitaminlar yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar uchramaydi.



Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin