2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 35 ~
parchalash, fosfat kislota va ADF dan ATF larni hosil qilishda ham qatnashadi. Bu
samarali jarayon bo`lib, xloroplastlarda kislorodning ishtirokisiz shu o`simlik
mitoxondriyalariga nisbatan 30 marta ko`p ATF sintezlanadi. Shu yo`l bilan karbonat
angidridni biriktirish jarayoni uchun energiya to`planadi. Bu riaksiyalarda ATF va
vodorodni ko`chiruvchi organik birikmalardagi vodorod ishtirok etadi.
2.
Qorong`ulik bosqichi – xloroplastning stromasida kechadi. Bu riaksiyalar borishi
uchun yorug`lik shart emas. Bu bosqich bir qancha fermentativ riaksiyalar natijasida
boradi. Fermentlar ishtirokida karbonat angidrid va suvdan uglevodlar ya`ni asosan
glukoza sintezlanadi:
6CO
2
+ 18ATF + 12 organik birikma H
2
→ C
6
H
12
O
6
+ 6H
2
O + 18ADF + 18H
3
PO
4
+ organik birikma
Glukozaning molekulyar massasi 180 gr/mol, ATF ning molekulyar massasi esa 504
gr/mol !
MAVZUGA DOIR MASALALAR ISHLASH
1-masala.
Dissimilatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza oksidlandi va 15 molekula CO2
hosil bo‘ldi. Sintezlangan ATF miqdorini aniqlang.
Yechilishi:
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O + 2800 kJ
2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 36 ~
Reaksiyaga binoan, bir molekula glukoza oksidlansa, 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi.
Masalada 15 molekula
CO2 hosil bo‘lgan deyilmoqda, shu orqali qancha molekula glukoza oksidlanganligini
topamiz.
6 mol --------- 1 mol glukoza
15 mol ------- x=2,5 molekula glukoza oksidlangan ekan.
Energiya almashinuvining ikkinchi aerob bosqichida bir molekula glukozaning
kislorod ishtirokida
parchalanishi natijasida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Biz yuqorida 2,5 molekula
oksidlanganligini topdik.
Shunga ko‘ra:
1------------36
2,5----------x= 90 molekula ATF sintezlangan ekan.
2-masala.
Dissimilatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza to‘liq parchalandi. Bu
jarayonga 95 molekula ADF sarflandi. Necha molekula CO2 hosil bo‘lishini aniqlang.
Yechilishi:
Glukozaning parchalanish reaksiyalarida ADF va fosfat kislota ishtirok etadi, parchalanish
natijasida
ajralib chiqqan energiya hisobiga ATF molekulasi hosil bo‘ladi. Bir molekula ATF hosil
bo‘lishi uchun bir
molekula ADF va shuncha fosfat kislota sarflanadi.
Bir molekula glukoza to‘liq parchalanganda 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Ya‘ni,
shuncha ADF sarflangan. 95 molekula ADF sarflansa, 95 molekula ATF hosil bo‘ladi. Bir
molekula glukozani to‘liq parchalanishidan 38 molekula ATF hosil bo‘lsa, 95 molekula
ATF hosil bo‘lishi uchun qancha glukoza molekulasi to‘liq parchalanganligi topiladi.
38----------1
95----------x=2,5
Yuqoridagi reaksiyaga binoan, bir molekula glukozaning parchalanishidan 6 molekula
CO2 hosil bo‘lsa, 2,5
molekula glukozaning parchalanishidan qancha CO2 hosil bo‘lishini topamiz.
1 - ----------- - 6
2,5---------------x = 15 molekula CO2 hosil bo‘ladi.
3-masala.
Besh molekula sut kislotaning aerob parchalanishi tufayli ATF molekulalariga
bog‘lanadigan energiyaning miqdorini toping.
Yechilishi:
|