O’quv yili Sana: 26. 11. 2014 Fan: Ona tili Sinf: 8-sinf Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari Dars maqsadi



Yüklə 63,9 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü63,9 Kb.
#200026
1   2   3   4   5
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (1)

Darsning rejasi:

Chaqqonlik bahsi” ( o`tilgan mavzuni mustahkamlash)


Bu meniki” ( yangi mavzu bayoni darslikdagi 1-2-topshiriqlar asosida)
Ijod gulshani”da ( gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari. Yangi mavzuni mustahkamlash)
Ravon so`zlashaylik” ( dialogli matn tuzish )
Test (xulosalash)
Uy vazifasi .
Darsning borishi:
DARS ETAPLARI:



1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4.

Mustahkamlash

10 daqiqa

5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



  1. Tashkiliy qism:

-salomlashish;


-davomatni aniqlash;
-sinf tozaligini ko`zdan kechirish;
-o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
Tashkiliy qism o`tkazilgach, o`quvchilar bilan kuz faslida nishonlanadigan bayramlar, xususan, g`ururimiz va faxr-u iftixorimiz bo`lgan Til bayrami , ustozlar bayrami ,Davlatimiz bayrog`i tashkil topgan kun hamda yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiya bayrami haqida suhbat o`tkaziladi. Suhbat so`ngida o`qituvchi o`quvchilarga qarata shunday deydi:
Sizsiz kelajak yo`q, siz axir xalqning,
Ming yilni ko`rajak qarog`larisiz.
Sizsiz yorishmaydi osmonda Zuhro,
Zamonlar tongining charog`larisiz.
II. O`tilgan mavzuni so`rash:
O`tilgan mavzuni so`rashdan oldin o`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligini tekshirish ,ularning zehnini sinab ko`rish maqsadida “Aqliy hujum” usuli orqali “Chaqqonlik bahsi” o`tkaziladi . Har bir guruhga o`tilgan mavzularga doir savollar beriladi va ushbu savollarning javoblari o`quvchilardan talab etiladi. Buning uchun sinf o`quvchilari 4 guruhga bo`linadi va quyidagicha nomlanadi:
1-guruh: “ Yosh tilshunoslar”
2- guruh: “ Tafakkur “
3- guruh: “ Vatan g`unchalari”
4-guruh: “ Kamolot” Har bir guruh uchun bitta o`quvchi Spikker etib tayinlanadi. Bu o`quvchi guruhda javob bergan o`quchilarning har bir javobiga va ishtirokiga 1 balldan baho berib boradi.

1-guruh “Yosh tilshunoslar” guruhiga beriladigan savollar:


1. Gap nima, Gapning so`z birikmasidan farqi nimada?
2. Gapning qurilishi va grammatik ma`nolari haqida nimalar bilasiz?
3. Gapning Grammatik asosi deganda nimani tushunasiz

2-guruh “Tafakkur ” guruhiga beriladigan savollar:


1. So`zlovchining maqsadiga ko`ra gaplar necha xil bo`ladi?
2. Qanday gaplar undov gaplar deyiladi?
3. Og`zaki nutqda ohang, yozma nutqda tinish belgilarining ahamiyati haqida so`zlang
3-guruh “Vatan g`unchalari” guruhiga beriladigan savollar:
1. So`z birikmasi va gap orasidagi asosiy farq nimada?
2. Kesim-gapning markazi deyilishining sababi nimada?
3. Nega so`z birikmasi tushuncha ,gap esa fikr ifodalaydi?

4-guruh “Kamolot” guruhiga beriladigan savollar:


1. Ishlarining samarasi so`z birikmasi qanday bog`lanish hisoblanadi?
2. Samarali dars so`z birikmasini gapga aylantiring
3. Gap uchun eng muhim belgi nima?
Savol –javob o`tkazilgach, uy vazifasi tekshiriladi . 101- mashqda berilgan 2 ta gap topshirig`iga binoan tahlil qilinadi va o`tilgan mvzu xulosalanadi.



Yüklə 63,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin