O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni


-mavzu: Qoidali o‘yinlar -- bolalarga ta’lim berish shakli sifatida



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

2-mavzu: Qoidali o‘yinlar -- bolalarga ta’lim berish shakli sifatida 
Reja: 
1.
O‘yinning maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o‘rni
2.
Qoidali o‘yinlar turlari 
3.
Qoidali o‘yinlarning bolalaga ta’lim berishdagi ahamiyati 
4.
Didaktik o‘yin turlari 
O‘yinning maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o‘rni 
O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkiloti hayotini u bilan 
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o‘yin bolalar hayotining kun tartibiga 
doimiy qilib kiritilgan. O‘yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, 
mashg‘ulotlardan so‘ng, sayrlardan so‘ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt 
ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit 
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o‘yinchoqlar, stol ustida 
o‘ynaladigan stol-bosma o‘yinlari, syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynagan ma’qul. Sayr 
davomida harakatli o‘yinlarni, qurish-yasash o‘yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun 
tartibida o‘yin uchun maxsus vaqt belgilash o‘yinning mustaqil faoliyat sifatida 
mavjud bo‘lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya 
vositasi sifatida qo‘llanilishining eng muhim pedagogik shartidir. Bolalar o‘yinning 
o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, 
harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin 
paytida xona bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro, temir yo‘l vagoni bo‘lishi 
mumkin. Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq 
bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, 
bemor, shifokor xullas hamma hammaning o‘rniga o‘zi gapiraveradi. So‘z 
obrazningyaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o‘yin jarayonida juda katta 
ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o‘z his-tuyg‘u, kechinmalarini 
o‘rtoqlashadi. So‘z bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga, tevarak-
atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo‘lishga yordam beradi. 


20 
Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif 
etilgan o‘yinning g‘oyasi, mazmuni, o‘yin harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari uning 
tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O‘yin g‘oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab 
olish: “do‘kon, “shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga 
o‘xshashlar. O‘yin mazmuniga, g‘oyasiga qarab bolalarning bunday o‘yinlarini bir 
necha o‘ziga xos guruhlarga bo‘linadi
. Ular: 
 
O'yinlarning bunday bo‘lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy 
voqealar aks etishi ham mumkin. G‘oya o‘yinning mazmuni, jonli to‘qimasi, uning 
rivojlanishini, o‘yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro 
bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday 
ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol 320 
o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli 
yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik 
qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u 
bolalarni rivojiantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin 
kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi. 
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi 
zarur: o'yin mazmunining ta'limtarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks 
ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga 
faol, ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak, Hamma va 
ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, 
o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, 
bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta'minlash lozim. Pedagog 
bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomorilariga: ongiga, 
his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, 
estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yin jarayonida 
bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu 
rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola 
o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi 
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera 
boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning 


21 
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga
o'z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi; 
mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta 
bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning 
hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir. 
O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib 
oladi. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham 
tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o‘z xohishlarini jamoa xohishi bilan 
kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadilar. Ammo 
o'yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. 
Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi. 
Juda ko‘pchilik o‘yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z 
navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini 
tezlashtiradi. Buridan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to‘g‘ri o‘sishini, 
harakatlari chiroyli bo‘lishini ham ta’minlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda 
quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy
jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo‘llaniladi. 
Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks 
ettiradilar. O‘yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari - 
xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan 
ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi 
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. O‘yin vaqtini tanlay bilish 
ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga 
8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini 
davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt 
ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o‘yiniga vaqt 
beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlarni, qurilish materiallari
qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga 
ermak o‘yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi 
bog‘liqlik bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi.
Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta 
guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga 
borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi. 
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘garadi. Endi 
bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi o'yinlar 
qiziqtira boshlaydi. Shunday qilib, pedagogika fani o‘yinga bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar 
jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi. 


22 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin