O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#156023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja

SEGEN DOSKASI
Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi.












1-rasm. Segen doskasi


Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 2 - doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki qismdan iborat; 3 - doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada ikki qismdan iborat 5 figura.
Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir figurani o‘z joyiga qo‘yishni so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2-3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning o‘zi topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va xato qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‘yishda bola qanchalik diqqat-e'tiborli, buni u qanchalik o‘rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni bajarish vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qog‘ozga yozib boriladi (3-jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin.
3-jadval
Figuralarni joylashtirish bo‘yicha topshiriqlarni
bajarish qarori



Doska №

Sinaluvchi harakatlari

Ko‘rsatilgan yordam turi

Topshiriqni bajarish vaqti













Bu metodika juda sodda bo‘lib, 3 yoshdan katta bolalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Bolalar figuralarni o‘yin deb qabul qilib, bu topshiriqlarni qiziqib bajaradilar.





Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin