Oqsilla r reja


-Tajriba. Ningidrin reaktsiyasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə7/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#163571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1462982480 62859

2-Tajriba. Ningidrin reaktsiyasi.

  • Ningidrin reaktsiyasi erkin α – aminogruppa bo’ladi. Shuning uchun yuqoridagi moddalarning eritmalariga ningidrin qo’shib qizdirilganda ko’k yoki ko’kish-binafsha rang paydo bo’ladi.
  • Ningidrin ta‘sirida erkin 2-aminogruppasi bor aminokislota, peptid yoki oqsillar oksidlanish yo’li bilan dezominlanadi, dekarboksillanadi, natijada aldogid hosil bo’ladi. Bu vaqtda ningidrin qaytariladi va ajralib chiqqan NH3 yordamida ikkinchi – qaytarilmagan ningidrin molekulasi bilan bog’lanib ko’k-binafsha, prolin bilan esa sariq rangli kompleks hosil qiladi.
  • Ningidrin reaktsiyasining ximiyaviy mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin.
  • Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug’doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi alonin eritmasidan tomizib, ustiga 5 tomchidan 0,5% li ningidrin eritmasidan qo’yib, 1-2 minut qaynatiladi. Probirkalardagi aralashmalar avval pushti-binafsha yoki ko’kish-binafsha rangga buyaladi. Vaqt o’tishi bilan eritma ko’karadi.

2 – ISH. TUXUM ALBUMININI TUZ BILAN ChO’KTIRISH ORQALI AJRATIB OLISH.

  • Ishning umumiy izohi. Tuxum oqsilidan bosqichma-bosqich tuz bilan cho’ktirish orqali (oldindan 50% li to’yintirilishda tushgan cho’kmani olib tashlab) hamda dializ yo’li bilan albumin qismi ajratiladi.
  • Jihozlar va reaktivlar. 100 ml o’lchagich tsilindr, stakan, tsentrafuga, (vakum – filtrlagich qurilmasi) SF-26, ammoniy sulfat, 1 dona tuxum (tovuqniki), dializ membranasi, dializ uchun kamera (2 l).
  • Ishning borishi. Tuxum oqsili sarig’idan ajratiladi va o’lchagich tsilindriga solinib, uning hamma suv bilan 50 ml gacha, yetkaziladi va 15, 65 g ammoniy sulfat qo’shiladi asta-sekin aralashtiriladi. Hamma tuz bo’lakdari erigandan so’ng yarim to’yingan tuz eritmasidlan tushgan globulin cho’kmasi tsintrafuga qilinib (3-5 ming ayl/min) yoki qalin filtr qog’oz orqali filtrlab ajratiladi. Filtrat (cho’kma ustidagi suyuqlik) o’lchagich tsilindrga yig’iladi, hajmi o’lchanib, tuz erishi qulay uchun stakanga o’tkaziladi va eritmada ammoniy sulfat tuzining to’yinish darajasi 70% gacha yetkaziladi. Tuzning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
  • X=[0,515ּVּ(C2-C1)] : [1-(0,272ּC2)]
  • Bu yerda: X – berilgan to’yinish darajasi uchun olingan tuzning miqdori, grammda, V – oqsil eritmasining hajmi, ml da, C1 – tuzning dastlabki to’yinish darajasi (o’nli bo’laklarda 100% = 1,00); C2 – berilgan to’yinish darajasi. Kerakli miqdordagi ammoniy sulfat erigandan so’ng, loyqalangan aralashma cho’kma hosil qilish uchun 30-40 minut qaoldiriladi. Ovalbumin cho’kmasi glabulinlar kabi yig’ib olinadi. Cho’kma agarda filtrlash ishlatilgan bo’lsa – filtr qog’oz cho’kma bilan birga holda oz hajmdagi suvda aralashtirilib, dioliz qopchasiga (naycha) solinadi va tuzni chiqarib yuborish uchun dializ qilinadi.
  • Buning uchun dializ qopchasi (naycha) iliq suv bilan qo’llanib bir uchi bog’lanadi va varonka yordamida oqsil eritmasi bilan to’ldiriladi. Dializ 4 marta 20 mm rn 7,4 bo’lgan natriy fosfat buferi eritmasida har galgi almashinishi 1 soatdan kam bo’lmagan holda olib boriladi.
  • Dializning dastlabki 2 soatini suv bilan olib borish mumkin. Dializotdagi avalbuminning kontsentratsiyasi 260 va 280 im da yutilishi bo’yicha, nomogrammiga asosan aniqlanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin