Oqimchali harakat haqida asosiy tushunchalar. Oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha. Suyuqlik oqimlari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#113374
  1   2
gidro


Oqimchali harakat haqida asosiy tushunchalar.
Oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha. Suyuqlik oqimlari
Odatda, biror voqea yoki hodisani tekshirishda uni butunligicha tekshirib bo’lmagani uchun biror soddalashtirilgan sxema tekshiriladi. Gidravlikada suyuqlik harakati qonuniyatlarining tabiatini eng yaxshi ifodalab beruvchi sxema suyuqlik oqimini elementar oqimchalardan iborat deb qarovchi sxema hisoblanadi. Buni gidravlikada “suyuqlik harakatining oqimchali modeli” deb ataladi. Bu modelp asosida oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha tushunchalari yotadi.
a) Oqim chizig’i - suyuqlik harakat qilayotgan fazoda suyuqlikning biror zarrachasining harakatini kuzatsak, uning vaqt o’tishi bilan fazoda oldinma-keyin olgan holatlarini nuqtalar bilan ifodalash mumkin va bu nuqtalarda hilkatdagi zarracha (3.1) va (3.2) ga asosan hil xil tezlik va bosimlarga ega bo’ladi. SHu nuqtalarni o’zaro tutashtirsak, suyuqlik zarrachasining traektoriyasi hosil bo’ladi.
Endi, suyuqlik zarrachasining tezligini kuzatamiz. Zarrachaning A nuqtadagi tezlik vektori uA ni ko’rilayotgan vaqt uchun quramiz. SHu vektorning davomida kichik dl1 masofadagi V nuqtada harakatdagi suyuqlik zarrachasining V nuqtaga tegishli tezlik vektori uB ni quramiz. Hosil bo’lgan yangi vektorning davomida kichik dl2 masofadagi S nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining vektori uS ni quramiz. uS vektorning davomida dl3 masofadagi D nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining uD vektorini quramiz va x.k. Natijada ASVDE siniq chiziqni hosil qilamiz. Agar dl1, dl2, dl3 larni cheksiz kichraytirib borib, nolga intiltirsak, AVSDE o’rnida biror egri chiziqni olamiz. Bu egri chiziq oqim chizig’i deb ataladi.

1.10-rasm. Oqim chizig’ini tushuntiriga oid chizma.


Demak, suyuqlik harakatlanayotgan fazoda olingan va berilgan vaqtda hil bir nuqtasida unga o’tkazilgan urinma shu nuqtaga tegishli tezlik vektori yo’nalishiga mos keluvchi egri chiziq oqim chizig’i deb ataladi. Beqaror harakat vaqtida tezlik va uning yo’nalishi vaqt davomida o’zgarib turgani uchun traektoriya bilan oqim chizig’i bir xil bo’lmaydi. Beqaror harakat vaqtida esa tezlik vektorining nuqtalardagi xolati vaqt o’tishi bilan o’zgarmagani uchun traektoriya bilan oqim chizig’i ustma-ust tushadi.
Oqim naychasi va elementar oqimcha. Endi, suyuqlik harakatlanayotgan soxada biror D nuqta olib, shu nuqta atrofida cheksiz kichik dl kontur olamiz va konturning hil bir nuqtasidan oqim chizig’i o’tkazamiz. U holda oqim chiziqlari oqim naychasi deb ataluvchi naycha hosil qiladi. Oqim naychasi ichida oqayotgan suyuqlik elementar oqimcha deb ataladi. Elementar oqimchalar beqaror harakat vaqtida quyidagi xususiyatlarga ega
1. Oqim chiziqlari vaqt o’tishi bilan o’zgarmagani uchun ulardan tashkil topgan elementar oqimcha o’z shaklini o’zgartirmaydi.
2. Bir oqimchada oqayotgan suyuqlik zarrachasi boshqa yonma-yon oqimchalarga o’ta olmaydi. SHuning uchun elementar oqimchalarning yon sirti oqimcha ichidagi zarrachalar uchun ham o’tkazmas sirt bo’ladi.
3. Elementar oqimcha ko’ngdalang kesimi cheksiz bo’lgani uchun bu kesimdagi barcha nuqtalarda suyuqlik zarrachalarining tezligi o’zgarmasdir.
Endi biror S yuza olib, uni cheksiz ko’p dS1, dS2, dS3 elementar yuzalarga ajratish mumkin. SHuning uchun yuzadan oqib o’tayotgan suyuqlik oqmasi cheksiz ko’p elementar oqimchalardan tashkil topgan bo’ladi va hil bir elementar oqimchada suyuqlik tezligi boshqa elementar oqimchalardagidan farq qiladi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin