Onomastika



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə2/2
tarix23.05.2022
ölçüsü18,93 Kb.
#59109
1   2
ONOMASTIKA

gidronimlar (lot. gidro — daryo, suv, onuma — nom): Orol dengizi, Balxash ko'li, Qashqadaryo kabi.
O‘zbek nomshunosligi uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston viloyatlari toponimiyasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Ularda toponimlarning turli ma’no guruhlari, tarkibiy qismlariga tegishli ilmiy qarashlar bayon etildi. Bu o‘zbek toponimlari tasnifi tushunchasining shakllanishiga turtki bo‘ldi. O‘zbek tili toponimlari tasnifi masalasiga bag‘ishlangan ushbu bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Onomastik leksika o‘zbek tili lug‘at boyligining ajralmas qismidir.


  2. Onomastik leksika yirik ichki tuzilishga ega o‘ziga xos tizimdir.


  3. Onomastikada toponim, antroponim, gidronim, etnonim kabilar alohida o‘rin tutadi.


  4. Toponimlar aholi istiqomat qiladigan maskanlar, qolaversa, umuman olganda, joy nomlarining uzoq o‘tmishga borib taqaladigan atoqli otlaridir.


  5. Toponimlar ham xuddi so‘zlarda bo‘lganidek, o‘z tasnifiga ega.


  6. Antroponimlar o‘ziga xos tizim bo‘lib, ular ham o‘z navbatida qator ichki tizimchalarga ajraladi.


  7. Oykonimlar kishilar istiqomat qiladigan shahar, tuman, qishloq, ovul va shu kabi masnaklarning atoqli nomidir.


  8. Oykonimlarning turli ichki tarkibiy qismlari borkibu ularning alohida bir guruh, tizim sifatida o‘rganilishini talab etadi.


  9. Atoqli otlarning katta bir guruhini gidronimlar yuzaga keltirgan. Gidronimlar turli suv havzalari va ular bilan aloqador tushunchalarning atoqli nomidir.


  10. Kishilar tarixan yirik suv havzalari, daryolar bo‘yida hayot kechirganligi sababli ham o‘z shahar va qishloqlariga shunday nomlar berganlar.


  11. Oronimlar toponimlarning bir turi bo‘lib, ular tog‘u tosh, umuman olganda, vodiylar, daralar, jarliklar, soyliklar, o‘yiq-o‘ypotlar, tekislik, pasttekisliklar va qumliklarning atoqli nomidir.


  12. O‘zbekiston yer yuzasi tekisliklar va adir-tog‘ qismlardan iboratligi sababli tilimizda oronimlar keng qo‘llanadi.


  13. Etnonimlar xalqimiz tarixining ajralmas qismidir. Ular ishtirokidagi toponimlarning qo‘llanishi ham uzoq tarixga borib taqaladi. Etnotoponimga qabila, qavm, millat urug‘ nomlari asos bo‘ladi.



Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin