Onomastika



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü18,93 Kb.
#59109
  1   2
ONOMASTIKA


ONOMASTIKA (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda «Onomastika» termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.
Onomastika atoqli nomlarni olgan obyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obyektlarning atokli nomlarini; te – onimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va b. larning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor. O. atokli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obyektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-toʻqima obyektlarning nomlari)ga boʻladi.
Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab Onomastika adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamona-viy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi.
Nazariy Onomastika til va nutkdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi, nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy matnlardagi atokli nomlarni (poetik Onomastika) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiytarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va b. usullarini qoʻllagan holda, atokli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik, etimologik va b. jihatlarini oʻrganadi.
Amaliy Onomastika xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy (talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima kilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, «begona» nomlarni oʻz tilda kanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish b-n, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan shugullanadi.
Onomastika tarix, etn., arxeologiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geogr., astronomiya, geol., demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqadordir.

Biror konkret tildagi atoqli otlarning mavjud tillari va hajmini aniqlay olish o‘sha tildagi atoqli otlar doirasini, ular tarqalgan onomastik maydonni bilib olishga yordam beradi. Ushbu muammo onomastikaga oid tadqiqotlarda “onomastik ko‘lam” deyilgan tushuncha bilan bog‘langan holda talqin qilinmoqda, “Toponomik ko‘lam” termini dastlab V.N.Toporov1 tomonidan qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik A.V.Superanskiy o‘z ishlarida V.N. Toporovga taqlidan “onomastik ko‘lam”, ”toponomik ko‘lam” terminlaridan foydalanadi. 


”Prostranstvo” so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib u:
  1. falsafada fazo, makon, bo‘shliq;


  2. oddiy ma’noda: keng sath, maydon, joy, bo‘shliq;


  3. demak, bu termin onomastik sath, onomastik maydon deb ham olish mumkin.


Ammo onomastika sohasida biz ko‘zda tutayotgan tushuncha mohiyatan uchta xususiyatni ifodalaydi:




  1. biror-bir tilda atoqli otlarning qanday tiplari mavjudligi;


  2. atoqli otlarning tarqalish chegaralari;


  3. umuman bu tildagi onomastik leksikaning hajmi. Ushbu ma’nolarni anglatish uchun sath, maydon terminlari torlik qiladi.


Shu sababli biz “prostranstvo” so‘zini “ko‘lam” so‘zi bilan berishni maqbul yo‘l deb hisoblaymiz bu so‘zning ma’nolari keng qamrovli hamda qayd qilingan tushuncha talabiga mos keladi. Bu unga berilgan izohdan ham anglashiladi. “Ko‘lam”. Biror ish, faoliyatning yoyilishi, qamrash doirasi, hajmi, miqyosi, rivojlanishi, avj olish darajasi” A.V.Superanskaya onomostik ko‘lam tushunchasining to‘g‘ri va ko‘lamliligini toponimik ko‘lam misolida quyidagicha ta’riflaydi: Bu termin nomlar va nomlangan obyektlarning makonda joylashishi, yani ularning bir-biridan alohida holda mavjud bo‘lishi va bu ularning yer yuzi, shuningdek,, undan tashqarida ekanligini ko‘zda tutishi jihatidan ham qulaydir.


Onomastik ko‘lamni biror konkret tilidagi atoqli otlarning umumiy majmui, yig‘indisi tashkil qiladi. A.V. Superanskaya fikricha: “Onomastik ko‘lam bu-muayyan xalq tilida real, taxminiy va hayoliy obyektlarni nomlash uchun qo‘llanadigan atoqli otlar mavjuddir”
Har qanday tilning, jumladan o‘zbek tilining onomastik tizimi miqdoran g‘oyatda ko‘p qirrali, hajman ulkan, nominativ, funksional xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi, shu bilan birga bir-biri bilan muayyan bog‘liqlik va munosabatda bo‘lgan lisoniy mavjudlikdir. Tilning leksik boyligi konkret lug‘aviy birliklar (leksemalar)dan iborat bo‘lganidek, tilning onomastik fondini onomastik leksika darajasida mujassamlashtiruvchi konkret atoqli otlar tashkil qiladi. Ushbu konkret nomlar onomastika “til birliklari”, . “leksik birliklar”, “nutq birliklari” deb yuritiluvchi terminlarga o‘xshatma (taqlidiy) tarzida onomastik birliklar deb yuritilmoqda. Onomastik birlik deyilganda, aslida konkret atoqli ot ko‘zda tutiladi.
Siz yashab turgan joydagi ko'chalar, maydonlar, shahar va qishloqlar, daryo, ko'l, tepalik, qabristonlar, ma'lum nom bilan yuritiladi. Masalan, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi, «Mustaqillik» maydoni, Alisher Navoiy nomli jamoa xo'jaligi va boshqalar.
Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma'lum belgilari e'tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog'liq bo'lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma'lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qipchoq, Saroy qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari joy nomlari shli joydagi o'simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog'liq ravishda qo'llangandir. Shaxsga qo'yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go'zal), bolaning tashqi belgisi (Xoldor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O'roqvoy, Teshavoy), tug'ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o'z aksini topgan bo'ladi.
Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug'ullanuvchi tilshunoslikning bo'limiga onomastika (lot. onuma — nom so'zidan olingan) deyiladi.
Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi:
1. Shaxs va ularga qo'yilgan nomlar antroponimlar (lot. antropoz — shaxs, odam; onuma — nom): Ahmad, Karim va boshqalar.
2. Geografik obyektlar va ularning nomlari toponimlar (lot. topos — qishloq, shahar, maydon, ko'cha, onuma — nom): Shirmonbuloq, Qorako'l, Qarshi kabi.
3. Hayvon nomlari va ularga atab qo'yilgan nomlar zoonimlar (lot. soom — hayvon, opuna — nom): to'rtko'z, bo'ribosar kabi.
4. Suv havzalari inshootlari va ularga atab qo'yilgan nomlar (daryo, ko'l, dengiz nomlari) 
Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin