Ona tilidan test-sinov topshiriqlari 6-sinf uchun 6-sinf ona tili I chorak



Yüklə 113 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü113 Kb.
#42667
1   2   3   4
6-sinf ona tili 100 ta

II chorak
1. Qaysi qatorda qo'shma fe'llar berilgan?

A) sotib olmoq, olib kelmoq, borib kelmoq

B) bosh ko'tarmoq, ko'zi uchmoq, ketib qolmoq

C) oppoq tong, ko'z yugurtmoq, shahar atrofi

D) oydin kecha, imtihondan o'tmoq, onam uchun olmoq

2. Ravishdoshning holat ma'nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping.

A) musiqa tingach, ko'rgani bormoq

B) qorong'i tushguncha, yugurib kelmoq

C) qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi

D) yig'lay-yig'lay uxlamoq, tikilgancha o'ylanib qolmoq

3. Ko'makchi fe'llarning belgilari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.

A) o 'z mustaqil ma 'nolarini yo 'qotgan fe'llar

B) asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini bildiradigan

fe 'llar

C) ravishdoshning -a, -y, -(i)b, qo 'shimchalariga qo 'shiladigan fe 'llar

D) barchasi to 'g'ri.

4. Quyidagi fe'llarning qay biri ravishdan yasalgan?

1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq;

6) varaqlamoq; 7) to 'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho 'plamoq; 10) qishlamoq..

A) 3,5,7 C) 4,8

B) 5. 7,8 D) 4,5, 10.

5. Faqat ko'makchi fe'llarga qo'shiladigan qo'shimchalar berilgan javobni toping.

A) zamon qo 'shimchalari

C) shaxs-son

B) vazifa shakllari qo 'shimchalari qo 'shimchalari

D) A va C javoblar to 'g'ri

6. Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping.

A) -(a)y, -i, C) -sa, -(a)r,

B) –la, -a D) illa, -ira

7. Taqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping.

A) -(a)y, -i, C)- illa, -ira

B) -sa, -(a)r, D) -la, -a

8. Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi i tovushi tushib qoladi?

A) –a C) - illa

B) –ay D) barchasi to 'g'ri

9. Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini bildiradigan ko'makchi fe' l berilgan javobni toping.

A) tashlamoq C) yurmoq

B) olmoq D) qo 'ymoq

10. Harakatning davomliligini bildiradigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping.

A) qo 'ymoq C) turmoq

B) chiqmoq D) yubormoq

11. Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping.

A) qo’ymoq C) yurmoq

B) yotmoq D) chiqmoq

12.Fe'lning qaysi shakli zamon, bo 'lishli-bo'lishsizlik, nisbat ma 'nolarini ifodalaydi?

A) harakat nomi C) sifatdosh

B) ravishdosh D) harakat nomi va ravishdosh

13.Hozirgi zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha orqali hosil qilinadi?

A) -ydigan C) -(a)yotgan

B) -ar D) -gan

14.O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha orqali hosil qilinadi?

A) -ydigan C) -(a)yotgan

B) -ar D) -gan

15 .Sifatdoshning bo'lishsiz shakli qaysi qo'shimcha orqali hosil qilinadi?

A) - mas C) -ma

B) -ar D) -maslik

16 .Ravishdashning -(i)b, -a(y) shakllari holat ma'nosidan tashqari ba'zan yana qanday ma'nolarni ifodalashi mumkin?

A) payt C) maqsad

B) sabab D.A,B

17.Sodda yasama fe'lni toping.

A) yangilamoq C) tarbiya qilmoq

B) tortqilamoq D) sotib olmoq

18.Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turi to'g'ri berilgan qatorni toping.

A) sodda, qo'shma C)sodda, qo'shma, juft, takror

B) sodda, qo'shma, juft D) harakat, holat

19. Juft fe'llar qanday ma'no ifodalaydi?

A) harakatni bajarishga imkoniyat.

C) harakatning to’la yakunlanganini

B) harakatning to'la bajarilganini.

D)harakatning tez va kutilmaganda ro'y berishini

20.Fe'l asoslariga qo'shilib, gapda kesim vazifasida qo'llanilishiga xoslovchi shakllar fe'llarning qaysi shakllari hisoblanadi?

A) Fe'llarning mayl shakllari C) Fe'llarning zamon shakllari

B) Fe'llarning munosabat shakllari D) Fe'llarning vazifa shakllari

21. Fe'llarning munosabat shakllari ...

A) nisbat, zamon, mayl. C) o'timli-o'timsizlik, mayl, shaxs-son.

B) zamon, mayl, shaxs-son. D) bo'lishli-bo'lishsizlik, zamon, mayl.

22.Fe'lning noaniq shakli berilgan qatorni toping.

A) yurdik C) yurib

B) yurmoq D) yurmoqda

23. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli qanday ma’noni ifodalaydi?

A) So'zlovchining bevosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradi.

B) Ilgari ro'y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi.

C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi.

D) Harakatning doimiyligini ifodalaydi.

24. -b (ib) qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma'no ifodalaydi?

A) So'zlovchining bevosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradi.

B) Ilgari ro'y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi.

C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi.

D ) Harakatning doimiyligini ifodalaydi.

25 .Xabar mayli fe’l asosiga qaysi qo’shimchani qo’shish orqali shakllanadi?

A) nisbat, zamon C) zamon, shaxs-son

B) mayl, shaxs-son D) ravishdosh, zamon



Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin