Ona tilidan test-sinov topshiriqlari 6-sinf uchun 6-sinf ona tili I chorak



Yüklə 113 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü113 Kb.
#42667
  1   2   3   4
6-sinf ona tili 100 ta


Ona tilidan

test-sinov topshiriqlari

6-sinf uchun

6-sinf ona tili
I chorak
1. “O'zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb "Davlat tili haqida"gi qonunning qaysi moddasida yozilgan?

A) 24-moddasida C) 1-moddasida

B) 2-moddasida D) 4-moddasida

2. Quyidagi maqolni davom ettiring:

Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni-…

A) yuzi C) o 'zi

B) ko 'zi D) so 'zi

3. Asosdosh so'zlarga qaysi javobda to'g'ri ta'rif berilgan?

A) bir umumiy asosga ega bo'lgan so 'zlar

B) umumiy qo'shimchaga ega bo'lgan so 'zlar

C) bir xil usulda yasalgan so 'zlar

D) barchasi to 'g'ri.

4. So'zning ma'noli qismlari to'g'ri tartibda joylashgan javobni toping.

A) asos + so 'z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi + lug'aviy shakl yasovchi

B) asos + lug 'aviy shakl yasovchi + so 'z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi

C) asos + sintaktik shakl yasovchi + lug 'aviy shakl yasovchi + so 'z yasovchi

D) asos + so 'z yasovchi + lug'aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi

5. Egalik, kelishik va shaxs-son qo'shimchalari shakl yasovchi qo'shimchalarning qaysi guruhiga kiradi?

A) morfologik shakl yasovchilar

C) lug 'aviy shakl yasovchilar

B) sintaktik shakl yasovchilar

D) leksik shakl yasovchilar

6. Shakl yasovchi qo'shimchalarning turlari to'g'ri berilgan javobni toping.

A) lug 'aviy shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar

B) morfologik shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar

C) fonetik shakl yasovchilar va leksik shakl yasovchilar

D) A, C.

7. To'plamning ta'rifi to'g'ri berilgan javobni toping.

A) ma 'lum narsa haqidagi qoidalar yig 'indisi

B) o 'rganish uchun olingan turli voqea-hodisalar yig 'indisi

C) o 'rganish uchun olingan turli narsalar yig'indisi

D) B, C.


8. Qaysi javobda tasnif tushunchasigaga to'g'ri ta'rif berilgan?

A) to 'plamni o 'xshash belgilar asosida guruhlarga bo'lish

B) to 'plamni farqli belgilar asosida guruhlarga bo'lish

C) A va B

D) to 'plamni qiyosiy belgilar asosida guruhlarga bo'lish

9. Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tutiladi?

A) belgi bildiruvchi narsa

B) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs

C) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa

D) B va C.

10. Harakat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping.

A) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro’ y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar

B) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro ‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar

C) A va B

D) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro’ y bergan harakatni bildiruvchi

fe 'llar

11. Holat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping.

A) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe 'llar

B) narsalarning bir ko'rinishdan boshqa ko'rinishga o 'tishini ifodalovchi fe’llar

C) A,B


D) shaxslarning bir ko'rinishdan boshqa ko'rinishga

o 'tishini ifodalovchi fe’llar.

12. Lug'aviy ma'noni qisman o'zgartiradigan qo’shimchalar berilgan qatorni toping.

A) kitobxon. she’rxon, g’azalxon C) sinfdosh, maslakdosh, kursdosh

B) gulchi, tikuvchi, ishchi D) qizcha, uycha, kitobcha

13. Majhul nisbatdagi fe'l ishtirok etgan gap qatorini belgilang.

A) A'lo o'qishdir burchim, sarf etaman bor kuchim.

B) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta.

C) Avaz hazil qilib qutilishga urindi .

D) Salomlashmoq - odobning belgisi.

14. Faqat o'timli fe'llar keltirilgan qatorni aniqlang.

A) keldi, yozdi, o'qidi C) ketdim, yashaydi, bardosh

B) bajardim, tingladi, sezdi D) uxladi, yurdi, sayradi.

15. Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin?

A) egalik C) ko'plik

B) kelishik D) barchasi to'g'ri

16.So’zlarning atash ma’nolari qaysi bo’limda o'rganiladi?

A) Leksikologiya C) Uslubiyat

B) Morfologiya D) Leksikografiya

17."Olmalarning" so'zining grammatik ma'nosi qaysi qatorda to 'g'ri berilgan?

A) mevali daraxt C) kelishik

B) ko'plik D) B,C

18.Qo'shimchalar vazifasiga ko'ra nechta turga bo'linadi?

A) 2 C) 10

B) 3 D) 5

19.Bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe'l shakllari ...

A) O'zlik nisbat shakli deyiladi. C) Majhul nisbat shakli deyiladi.

B) Orttirma nisbat shakli deyiladi. D) Birgalik nisbat shakli deyiladi.

20. Qaysi nisbat shakli fe'l o'zagiga birdan ortiq qo'shilishi mumkin?

A) o'zlik C) orttirma

B) birgalik D) majhul

21.Fe'lning vazifa shakli nechta?

A) 6 ta C) 4 ta

B) 5 ta D) 2 ta

22.Fe'lning otga xoslangan shakli -...

A) harakat nomi deyiladi C) sifatdosh deyiladi

B) ravishdosh deyiladi D) fe'l nisbatlari deyiladi

23. O'timsiz fe'l ishtirok etgan gap qatorini aniqlang.

A) Davlating- o'g'il-qizing.

B) Ota-onaga muhabbat barcha insoniy fazilatlar asosidir.

C) Avval o’yla, keyin so’yla.

D) Umr bizga uni so'nggi daqiqalariga qadar mardona himoya qilish

sharti bilan berilgan.

24. Ketmoq, kuylamoq, kezmoq fe'llarining ma'nodoshlari qaysi

qatorda berilgan?

A) rasm solmoq, diqqat qilmoq, boy bermoq

B) imzo chekmoq, she'r yozmoq, matn yaratmoq

C) yurmoq, shirali kuylamoq, bog'da aylanmoq

D) ravona bo'lmoq, qo'shiq aytmoq, sayr qilmoq

25. Faqat h harfi bilan yoziladigan so"zlar qatorini aniqlang.

A) ba...t, sha...s C) .. .otira , .. .abar

B) gav. ..ar, che.. .ra D) ma.. .fiy, u.. .lamoq



Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin