Ona tili 1-chorak 1-variant


-chorak Maktab bog’i



Yüklə 104,77 Kb.
səhifə9/9
tarix24.12.2023
ölçüsü104,77 Kb.
#191836
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilari uchun test savollari

1-chorak


Maktab bog’i

Maktabimizning katta, ko’rkam bog’i bor. Bog’da olma shaftoli, o’rik, olxo’ri va boshqa mevali daraxtlar o’sadi. Ularni o’quvchi akalarimiz ekishgan. Hovlida gulzor ham bor. Gulzorda gullar ochilgan. Biz daraxtlar soyasida o’ynaymiz. O’rindiqlarda o’tirib, hordiq chiqaramiz.



2-chorak


Alisherning quyonlari

Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o’tdi. Alisher beshinchi sinfga ko’chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi. Quyonlardan o’ntasini jamoa xo’jaligiga topshirdi. Xo’jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg’a qildi.




3-сhorak


Kamalak

Ertalabdan yog’ayotgan yomg’ir tushga yaqin tindi. Charaqlab quyosh chiqdi. Uning nuri hamma yoqqa tushdi. Ufqda rango-rang kamalak ko’rindi. Qizil, sariq, yashil, binafsha rangli yoysimon shakl paydo bo’ldi. Biz uni tomosha qildik. Har yili bahorda tomosha qilamiz. Kamalak uzoq turmaydi. Birozdan so’n ko’rinmaydi. Chaqqon bolalar esa kamalak rasmini chizib ulgurdilar. (51 so’z)



4-chorak


Akmalning samolyoti

Akmal maktabdan qaytib keldi. Tushki ovqatdan so’ng, hovliga chiqdi. Adasi olib qo’ygan arra va teshani qo’liga oldi. Bir parcha faner topib, qizil qalam bilan qandaydir shakl chizdi. Chiziq bo’ylab arralay boshladi. Chetlarini randa bilan tekisladi. Mayday-mayda qismlarni birlashtirdi.


Akmal fanerdan samolyot yasadi. Unga tugmalardan g’ildirak qildi. U o’zi yasagan samolyotni ukasi Ikromga sovg’a qildi. Ukasi xursand bo’ldi. (60 so’z)
Yüklə 104,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin