Ommaviy oferta



Yüklə 147,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix17.04.2023
ölçüsü147,7 Kb.
#99234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
oferta

auksion g‘olibi – lot bo‘yicha eng yuqori sotib olish (ijaraga olish) narxini tasdiqlab, g‘olib deb 
e’tirof etilgan ishtirokchi;
auksion yoki tanlov obyekti – auksion yoki tanlov orqali sotiladigan (ijaraga beriladigan) mulk 
yoki huquq;
auksion qadami – savdoda auksion obyekti boshlang‘ich narxiga nisbatan belgilanadigan foiz;
auksion qadamiga bog‘lanmagan narx – auksion obyekti to‘g‘risida xabarnoma joylashtirilgan 
kundan boshlab ishtirokchi tomonidan obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga 
bog‘lanmagan (belgilangan auksion qadami miqdoridan kam bo‘lmagan) holda taklif etilgan narx;
auksionning salohiyatli g‘olibi – auksion g‘olibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan 
ishtirokchi;
balansda saqlovchi – sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) obyekti biriktirilgan yuridik 
shaxs;
boshlang‘ich narx – auksion yoki tanlov obyektini savdoga qo‘yishda buyurtmachi tomonidan yoki 
ushbu Nizomda keltirilgan tartibga asosan belgilangan narx;
buyurtma – buyurtmachining auksion yoki tanlov obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha auksion 
yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazib berishni so‘rab savdo platformasi orqali operatorga yuborgan 
elektron murojaati;
01.02.2023 yil
Toshkent shahri


buyurtmachi – auksion yoki tanlov obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha savdo platformasida 
auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik 
shaxs;
zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida 
kiritiladigan pul mablag‘lari;
ishtirokchi – savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksion 
yoki tanlovda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;

Yüklə 147,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin