Ommaviy axborot vositalari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#38002
1   2   3   4   5
Co5E2h40BNOFW3vZ25kNidRUlrW1zLqvkejINVNm (1)

Og’zaki nutq: 

 



Mavzuga oid matnni o’qib tushunish. 

 Matndagi termin va iboralarning ma’nosini 



izohlash.  

Matnga munosabat bildirib so’zlash.  



Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish.  

 



Yozma nutq: 

 



Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida 

fikr bildirish. Teleko’rsatuvlar va 

radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi 

materiallar, reklama matnlarini tahlil qilish. 

 “XXI asrda axborotning o’rni” mavzusida esse 



yozish.  

 



   Publitsistik uslub va uning    

xususiyatlari. 

Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb 



masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga 

gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani 

jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan 

voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini 

shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot 

vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis 

yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi 

publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda 

namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-

siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va 

pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar 

publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va 

televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning 

nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. 

 



Publitsistik uslub va uning 

xususiyatlari. 

Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan 



ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, 

ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy 

tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, 

irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. 



Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. 

Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh 

maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop 

jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning 

uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, 



elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan 

joydan xabar beradi ...»va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga 

ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, 

bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga 

barobarmi?», «Kafolat  va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya 

ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). 



   FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR: 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin