«Karnaymi, surnay?» O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. O'yinchilar qo‘l
ushlashib bir qatorga saflanib turadilar. O'yinchilardan bitta so-
tuvchi va bitta xaridor saylanadi. Onaboshi safning boshida turadi.
Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Mana shu oting uchun
nima istaysan: karnaymi, sumay?» deb so'raydi. Sotuvchi «Bu
otim uchun kamay!» deydi. Shu so'zlar aytib bo'linganidan keyin
o'yinchilar doira bo'ylab yura boshlaydilar. Safning boshi va oxirida
turgan o'yinchilar qo'llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan o'yinchilar
ularning qo'li tagidan o‘ta boshlaydilar. Yurib turib kamay, sumay
yoki do'mbira ovoziga, ya’ni qaysi asbobning nomi aytilgan bo'lsa,
shu asbobning ovoziga taqlid qiladilar. Tanlangan o'yinchi boshqa
tomonga qarab turadi, uni xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan
joyga) olib ketadi, qaytib kelgandan so'ng o'yinni yana davom
ettiriladi. Uyga olibborib, qo'yilgan o'yinchilar ma’lumtopshiriqni
bajarishlari, masalan, tez aytishni o'rganib turishlari, topishmoq,
/ rebus topishlari va o'yinchilar oldiga qaytish uchun harakat qilish-
iari kerak. Lekin qaytishda ular bir qator to'siqlami yengishlari
lozim, masalan, shartli qilib belgilab qo'yilgan ariqdan, ko‘prikdan
o'tishlari, to'pni nishonga irg’itishlari lozim. To'siqlardan o‘ta
olmagan o‘yinchi «uy»da qoladi. Hamma o'yinchilar qaytib kel-
ganlaridan so‘ng katta bayram bo'ladi. Bolalar qo'shiq aytadilar,
raqsga tushadilar. Birdaniga ikkita musiqa asbobining nomini ham
aytish mumkin.
139
FO YD ALAN I LG AN ADABIYOTLAR 1.
Usmonxo‘ja yev T.S., X o ‘ja yev F. Harakatli о ‘yinlar. Т.,
1992.
2.
Usmonxo‘ja y ev T.S, Meliyev X. Milliy harakatli o'yinlar.