т эназаров ўқув қўлланмам 10032018 диалектологиям d
Bog‘lovchilar Bu so‘z turkumini va ko‘makchilarni M.Turopova sheva materiallari
asosida tadqiq etgan
1
. Shеvalardagi bog‘lovchilar o‘z xususiyatlari bilan adabiy
tilga yaqin holatda. Fonеtik ko‘rinishda farq bilinadi: va o‘rni bilan bog‘lovchi
vazifasini baja-radi: səm bilan mən. Həm bog‘lovchisi qo‘llanganda “h” undoshi
tushadi: כּsh כּsayəm onnы bashqa; kesəməm, a:samam alama-da. -də yuklamasi
ba’zan bog‘lovchi vazifalarida qo‘llanadi: Bardыm-da, keldim. Aytqanыmnы ayttыm-da arqag‘a qashtыm.
Toshketn viloyati shevalarida adabiy tilda teng bog‘lovchi vazifasini
bajaruvchi va, ham, hamda, biroq, chunki, garchi, holbuki kabi bog‘lovchilar
uchramaydi. Shu bilan birga sheva vakillari tomonidan ko‘p qo‘llanadigan
ammo, lekin, biroq teng boglovchilari auni bir vaqtda aytilishi ham kuzatiladi:
ammo lekin biroq – Man sizga aytsam, am(m)o lekin biroq hecham
ulgurmadim (Bu misolda ammo bog‘lovchisida bitta “m“ undoshitushib qolgan,
ham so‘zida “h” undoshi tushgan(ham >am) shaklida talaffuz qilinib, yuklama
vazifasida kelgan). Demak, bog‘lovchi-yuklamalar haqida ham sheva
materiallari asosida fikr yuritish lozim bo‘ladi.
Yuklamalar Shеvalarda qo‘llanadigan yuklamalar –mi, mъ, -mы, -mə, -n,-chi, -ə, -yə,
ham, כּv (ov) shaklarida ishlatiladi. Ular ma‘no jihatdan adabiy tildagidеk
ko‘rinishlarga ega bo‘lsa ham, shaklan farqlidir: -a, -ə yuklamasi istak, qistashni
ifodalaydi: barsan-a, kesen-a.
-chi yuklamasi -a, -ə yuklamasiga ma‘no jihatdan yaqin: alsay-chi, kesai-chi, barsayichchi. - na,-nə yuklamasi ikki xil so‘roq ma‘nosini ifodalaydi:
a) adabiy tildagi -mi yuklamasi vazifasida kеladi: sənəm a: damne, a:taq ba:zarыn kədi na? b) adabiy tildagi -chi so‘roq yuklamasi vazifasida kеladi: o:zin, kəpsə, ma:shi:nə nə? mən kеtəmə, sən nə. -av yuklamasi: a) hayrat, zavqlanish taajjub ma‘nolarini ifodalaydi;
v) achchiqlanish, achinish ma‘nosida ham ishlatiladi: ba:hыma yеtəsən - av, olumiqni bе:su! Sheva vakillarinutqida -in, -ng qo‘shimchasi -a,-ya yuklamasining
ma‘nosini bеradi: Tandыrыnda o:tыn ba:rmы? - yoq-?! (Tandiringda o‘tin
bormi, yo‘qa, yo‘q edi-ya).
1
Turopova M. Bog‘lovchi. Ko‘makchi // O‘zbеk shеvalari morfologiyasi. T.,1984. 222-238-bеtlar.