Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Anaerostat
- bu qalin davorga ega bo‗lgan metalldan yasalgan, og‘zi 
germetik qopqoq bilan yopiluvchi, monometr va ikkita jumrakdan iborat idish 
hisoblanadi. Ulardan biri havoni so‗rib olish uchun qo‗llanilsa, ikkinchisi esa inert 
gazlar (argon, azot, vodorod, geliy) bilan to‗ldirishda ishlatiladi. Anaerostat uzoq 
muddat vakuum sharoitini saqlaydi va u anaerob mikroorganizmlarni ko‗paytrish 
va tozalashni osonlashtiradi, mikroorganimzlar odatda Petri chashkasi va 
probirkalarda o‗stiriladi. Kulturalar joylashtirilgandan so‗ng anaerostat germetik 
tarzda yopiladi va havosi so‗rib olinib, 15-20 mm ga tenglashtiriladi. Undan so‗ng 
anaerostat ma‘lum gaz bilan to‗ldidriladi yoki to‗ldirilmagan holatda ma‘lum 
haroratda ushlab turish maqsadida termostatga joylashtiriladi. Har kuni anaerostat 
monometri nazorat qilib borilishi va zarur bo‗lgan taqdirda uning havosi so‗rib 
olinishi kerak bo‗ladi.
Kislorod miqdorini nazorat qilish uchun anaerostat devorida joylashtirilgan 
shishа trubkada ornatilgan maxsus indikatorlardan foydalaniladi. 
Ayrim hollarda anaerostat o‗rnida vakum eksikatordan foydalanish 
mumkin, ammo u manometr bilan jihozlanmagan, ammo vakumni bu hodisada 
birgina kislorod indikatori yordamida nazorat qilish mumkin. 
Germaniya va bir qator davlatlarda anaerob bakteriyalarni ko‗paytirish 
uchun anaerob termostatlar ishlab chiqariladi, unda harorat 30-70°C hamda 
naytral kislorodsiz atmosfera sharoiti yaratiladi.
Sovutgichlar.
Odatda laboratoriyalarda maishiy xo‗jalik muzlatgichlari 
ishlatiladi, ammo ilmiy tadqiqot ishlari uchun isitish va sovutish sistemasiga ega 
bo‗lgan SR-114 Labor kabi maxsus qurilma zarur bo‗lib, bu zarur harorat rejimini 
tez va aniq ushlab turish imkoniyatini beradi. Laboratoriya sovutgichlari haroratni 
4-5°C oralig‗ida ushlab turadi va ular keng miqyosda qo‗llaniladi. Ularda tayyor 
va sterillanmagan ozuqa muhitlarini (bir sutkadan ortiq bo‗lmagan muddatda), 
tekshirish uchun yig‗ilgan tuproq, go‗ng va o‗simlik namunalari saqlanishi 
mumkin. Yig‘ilgan bunday namunalarning mikrobiologik analizi tez muddatlarda 
o‗tkazilishi zarur, chunki ularning mikroflorasi son va sifat jihatdan o‗zgarishi 
mumkin. 
Mikroorganizmlar kulturalarini alohida sovutgichda (5°C), namlik bilan 
zararlanishini oldini olgan holda saqlanishi zarur. Uchuvchan moddalar va gazlar 


13 
solingan idishlar germetik holatda yopilgan bo‗lishi zarur. Oziq ovqat 
mahsulotlarining mikrobiologik laboratoriyada saqlanishi mutlaqo ta‘qiqlanadi. 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin