Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Tindalizatsiya va pasterizatsiya. 
Tindalizatsiya yoki ikki karra sterillashni 
1877 yilda Tindal tomonidan taklif qilingan. Bu usul 100°С dan yuqori haroratda 
buziladigan tarkibga ega bo‗lgan ozuqa muhitlarini sterillashda qo‗llaniladi. 
Tindalizatsiya o‗tuvchi bug‘ yordamida avtoklavda yoki Kox apparatida amalga 
oshiriladi. Ozuqa muhiti 10-15 daqiqa davomida bir necha marta qizdiriladi. 
Qizdidrishlar orasida 30°С da 8-12 soat davomida termostatga sporalarning 
o‗sishi uchun qo‗yiladi. 100°С haroratga chidamsiz bo‗lgan ozuqa muhitlar 60 – 
80°С da har 8-12 soatda 4-5 kun davomida ketma-ket sterillanadi.
100°С dan past bo‗lgan haroratda bir marta qizdirish pasterizattsiya usuli 
deb ataladi. Bu usul Paster tomonidan taklif qilingan bo‗lib, sporasiz 
mikroorganizmlarni yo‗qotishga mo‗ljallangan. Kuzatilishicha, ko‗pgina hollarda 
bu usul to‗liq sterillshni ta‘minlay olmaydi. Pasterizatsiya 60-80°С da 10 – 30 
daqiqa davomida amalga oshiriladi va juda tez 10-11°С gacha sovutiladi. Bu usul 
ozuq-ovqat sanoatida sut, meva sharbatlarini, vino, pivo kabilarni sterillashda 
qo‗llaniladi.
Filtrlash 
yordamida 
sterillash. 
Filtrlash 
yordamida 
vitaminlar, 
aminokslotalar (sistein va sistin), oqsillar, uglevodlar antibiotiklar kabi bir qator 
yuqori harororatda tez parchalanuvchi va uchuvchi tarkibga ega bo‗lgan ozuqa 
muhitlar hamda mikroorganizm kultural suyuqliklar sterillanadi. Suyuqliklar 
kichik porali meteriallardan iborat bo‗lgan filtrlar yordamida o‗tkazilsa, 
mikroorganizm hujayralari esa oson adsorbtsiyalabuvchi materiallar: 
azbest, 
selluloza, farfor, kaolin
va boshqalardan iborat bo‗lgan filtrlardan o‗tkaziladi.
Sterillovchi filtrlarning poralari nazariy jihatdan 0,20 mkm dan oshmaydi. 
Mikrobiologiya amaliyotida keng qo‗llaniladigan filtrlar bu – membranali filtrlar 
bo‗lib, ularning poralar o‗lchamiga qarab turli sterillash va filtrlashda qo‗llaniladi.
Azbest va sellulozadan iborat bo‗lgan disklar Zeyts filtrida ishlatiladi. 
Ularga poralar o‗lchamiga ko‗ra turli indekslar qo‗yiladi.
Membranali filtrlar 1 atmda 15 daqiqa davomida yoki qaynatish orqali 
sterillanadi. 
Shisha idishlarni sterillash.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin