Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


-mavzu. Metallurgik xomashyolarni kuydirish jarayoni va ularning turlari



Yüklə 83,73 Kb.
səhifə5/9
tarix25.02.2023
ölçüsü83,73 Kb.
#85594
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

23-mavzu. Metallurgik xomashyolarni kuydirish jarayoni va ularning turlari
Metallurgiyada kuydirish jarayonining mohiyati. Oksidlovchi kuydirish nazariyasi va amaliyoti. Sulfatlovchi kuydirish. Xlorlovchi kuydirish. Kuydirish jarayonida qoʻllaniladigan dastgohlar turlari va ishlash prinsiplari.
24-mavzu. Aglomeratsiyalash jarayoni. Jarayonning umumiy tushunchasi.
Aglomeratsiya jarayonining mohiyati. Jarayonning nazariyasi. Jarayonga taʼsir etuvchi omillar.
25-mavzu. Aglomeratsiya jarayonining amaliyoti.
Aglomeratsiya jarayonini amalga oshirish uchun qoʻllaniladigan aglomeratsion mashinalar tuzilish va ishlash prinsiplari hamda turlari. Aglomeratsiya jarayonida hosil boʻluvchi texnologik gazlar va ulardan foydalanish. Aglomeratsiya jarayonida kimyoviy oʻzgarishlar.
7-Modul. Metallurgik xomashyolarni yiriklashtirish va briketlash jarayonlari
26-mavzu. Yiriklashtirish xomashyo bazasi. Flyus qoʻshimchalar, bogʻlovchi materiallar.
27-mavzu. Okatish (qumoq) va briket olish texnologiyasi.
Okatish olish jarayonining texnologik sxemalar turlari.
28-mavzu. Yiriklashtirishda va briketlashda qoʻllaniladigan asosiy dastgohlar
Granulalashning turlanishi. Materialni granulalashga tayyorlash usullari, granulayasiyalash, xomaki granulalarning mustahkamligini oshirish usullari. Likopchali granulyatorning ishlash prinsipi va tuzilishi.
8-modul. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash
29-mavzu. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash. Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlashda qoʻllaniladigan mikroorganizmlar turlari va qoʻllanilish sohalari. Mikrojonzotlarning yashash sharoitlari. Mikrojonzotlarni qoʻllashning zamonaviy ahvoli. Bakteriyalar sinflanishi.
30-mavzu. Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexanizmi.
Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexanizmi. Bakteriyalarning qattiq jism yuzasiga kelishi, moslashishi va oʻtirishi.
2.3. Amaliy mashgʻulotlari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1) Rudalarni boyitishda qoʻllaniladigan asosiy terminlar va shartli belgilar.
2) Boyitish usullari va koʻrsatgichlari, boyitish sxemalari haqida tushuncha.
3) Miqdor sxemasi haqida tushuncha.
4) Boyitishning texnologik koʻrsatkichlarini hisoblash.
5) Maydalash sxemalarining koʻrinishi va ularni hisoblash turlari.
6) Rudalarni maydalash siklini hisoblash
7) Bir bosqichli yanchish sxemasini tuzish
8) Bir bosqichli yanchishning shlam sxemasini hisoblash
9) Ikki bosqichli yanchish sxemasini tuzish
10) Ikki bosqichli yanchishning shlam sxemasini hisoblash
11) Gidrotsiklon parametrlarini hisoblash.
12) Spiralli klassifikatorlarning parametrlarini hisoblash.
13) Sikllar orasida choʻktirish miqdor sxemalarini hisoblash
14) Sikl oraligʻidagi choʻktirishning shlam sxemasini hisoblash
15) Flotatsiya sxemalarini tanlash va parametrlarini hisoblash.
Amaliy mashgʻulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-oʻqituvchi tomonidan oʻtkazilishi zarur. Mashgʻulotlar faol va interaktiv usullar yordamida oʻtilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʻllanilishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 83,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin