62
VII-bob. O‘LCHASH VOSITALARI METROLOGIK
KO‘RSATKICHLARI NATIJALARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
1. O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar
2. Metrologiya xizmati idorasi tekshiruv o‘tkazish tartibi.
3.
O‘lchash vositalarini idoraviy tekshirilishi
12 §.
O‘LCHASH VOSITALARIGA BO‘LGAN TEXNIK TALABLAR
Agar bir turdagi o‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar (texnik shartlar)
ning davlat standarti mavjud bo‘lsa va tekshirish vositalarini seriyali ishlab
chiqarilishi ta’minlangan bo‘lsa, bunday o‘lchash vositalari uchun Tekshirishlar
metodikasining Davlat standarti ishlab chiqiladi. Seriyali ishlab chiqariladigan
yoki partiyalab import qilinadigan va tekshirish vositalari bilan ta’minlangan
o‘lchash vositalari uchun O‘zstandartning tekshirish bo‘yicha metodik (uslubiy)
ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi.
Davlat sinovi qabuliga taqdim etilgan yangi o‘lchash vositalari uchun tekshirish
bo‘yicha metrologiya institutlarining uslubiy ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi va
davlat metrologiya xizmatlari ko‘rsatish organlari yoki idoralarida sinovdan
o‘tkazilgandan keyin tekshirish bo‘yicha O‘zstandartning uslubiy ko‘rsatmalari
yoki davlat standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Standartlashtirilmagan, tor sohaga mo‘ljallangan, bir marta ishlab chiqilgan
o‘lchash vositalarini idoraviy tekshiruvdan o‘tkazish uchun O‘zstandartning
davlat standartlari va uslubiy ko‘rsatmalari bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchilar
ushbu o‘lchash vositalarini tekshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tuzishlari
lozim. Ushbu ko‘rsatma ishlab chiqaruvchi korxonaning bosh metrologi
tomonidan tasdiqlanadi.
Bitta fizik kattalikni o‘lchashga mo‘ljallangan yoki barcha diapazonda
ishlatilmaydigan kombinirlashgan va ko‘p diapazonli o‘lchash vositalarini
davriy tekshirish korxonaning bosh metrologi qaroriga ko‘ra faqat ishlatiladigan
diapazonlardagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda o‘lchash
vositasiga qo‘llanish sohasini belgilab beruvchi yozuv osiladi. Bunday yozuv
pasport va tekshiruv haqidagi guvohnomaga ham amalga oshirilgan bo‘lishi
lozim.
Faqatgina, fizik kattaliklarning o‘zgarishini, ularni me’yorlashtirilmagan aniqlik
bilan sifat bo‘yicha baholash uchun xizmat qiluvchi o‘lchash vositalari, ya’ni
indikatorlar, shuningdek o‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari
tekshiruvdan o‘tkazilmaydi. Ularning sozligini nazorat qilish idora xizmati
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday o‘lchash vositalariga ko‘rinadigan qilib,
“I” (indikator) yoki “U” (o‘quv (uchebnыy)) belgilari qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: