QIYOSLASH USULINI TANLASH
Ampermetr, voltmetr, vattmetr va varmetrlarning asosiy xatoligini va
variyasiyasini aniqlash uchun namuna asbobi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash
usuli keng tarqalgan, kompensatsion usul va termoelektrk komporatsiyalash
usuli.
Taqqoslash usuli sodda, murakkab jixozlar va yuqori kvalifikatsiyali qiyoslovchi
talab qilinmaydi, bu usulga barcha xolatlarda taya’nish mumkin. Ushbu usulni
qo‘llanilishiga chegaralovlar namuna va qiyoslnayotgan asboblar orasida talab
qilingan zaxirani ushlab turish kerak. Amalda usul aniqlik sinfi 0,5 va undan
past bo‘lgan asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
Kompensatsion usul doimiy tokda ishlovchi aniqlik sinfi 0,5 va undan yuqori
asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
Termoelektrik kompensatsiyalash usuli o‘zgaruvchan tokda aniqlik sinfi 0,2 va
aniqroq asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
78
O‘zgaruvchan va doimiy tok kalibratorlarni qo‘llanilishi qiyoslashni
soddalashtiriladi, chunki ta’minot manbasi va namunali asbobga extiyoj
yo‘qoladi. Lekin kalibratorlarni ko‘p ishlab chiqarilmaganligi sababli qiyoslash
amaliyotida ularning qo‘llanilishi cheklangan.
Qiyoslashga tayyorgarlik ko‘rishda qiyoslash usuli masalasini xal qilish kerak,
namunali o‘lchash vositasi, ta’minot manbasini tanlash kerak. Qiyoslash
vositasini tanlash bilan tok, chastota, quvvat koeffitsienti turi masalasini echish
bilan bog‘liq. Demak, faqat doimiy yoki o‘zgaruvchan tok uchun mo‘ljallangan
asboblar mos keluvchi tokda qiyoslanishi kerak. O‘zgaruvchan va doimiy tok
uchun mo‘ljallangan asboblar boshqa masala. Agar asbob doimiy va
o‘zgaruvchan toklar uchun turli shkalalarga ega bo‘lsa uni doimiy va
o‘zgaruvchan tokda qiyoslash kerak bo‘ladi. 1,0 va pastroq sinfli asboblar
o‘zgaruvchan tokda qiyoslanadi, lekin bu xolat qandaydir sababga ko‘ra
amalaga oshirish ilojisi bo‘lmasa, qiyoslash doimiy tokda amalaga oshirilishi
mumkin.
0,05 – 0,5 aniqlik sinfidagi asboblarni xatoligini aniqlashda doimiy va
o‘zgaruvchan tokda amalaga oshirilishi kerak. Mustasno asboblar
quyidagilardir, ularning natijalarini o‘zgarishi uni doimiy tokdan o‘zgaruvchan
tokga ulanishda. Bunday asboblarni faqat doimiy tokda qiyoslanadi. Afsuski,
asbob uchun texnik xujjatda kerakli ko‘rsatmalar berilmaydi. Bu masalada tok
turini tanlashda ayrim takliflarni keltiramiz. Elektromagnit va ferromagnit tizim
asboblari xar qanday tok turida qo‘llanilishi mumkin, lekin asbobning ishlashiga
chastotani ta’siri aniq, bu esa doimiy va o‘zgaruvchan tokdagi ko‘rsatkichlar
orasida katta farq keltirib chiqaradi. SHuning uchun ushbu asboblarni ishlatilishi
kutilayotgan toklarda qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Elektromagnit tizim
asboblari doimiy va o‘zgaruvchan tokda juda kam miqdordagi ko‘rsatkichlar
farqiga ega, shuning uchun ular doimiy tokdagi potensiometrik qurilmada
qiyoslanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, 0,5 sinfdagi asboblar o‘zgaruvchan
tokdagi 0,1 sinf asboblar ko‘rsatkichi bilan solishtirish bilan qiyoslanishi
mumkin.
O‘zgaruvchan tokdagi 0,2 sinf va aniqroq asboblarning qiyoslanishi
termoelektrik komporatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Nominal chastotalar soxasiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok asboblari
chastotaning ikki qiymatida qiyoslanishi kerak:
Ю
r
f
f
f
=
1
va
f
2
=
f
K
bu erda:
f
q
,
f
yu
– nominal chastotalar soxasining yuqori va quyi chegaralari.
Tok va chastota turidagi masalalarni echishda ekspluatatsiya’ni konkret shartlari
xisobga lish kerak va asbobni ishlatilishi ko‘zda tutilayotganda chastota va tok
qiyoslanishi kerak.
O‘lchov yaxlitligini yo‘qotmaslik maqsadida namuna asboblarini barcha
chastotalar diapazonidagi doimiy va o‘zgaruvchan toklarda qiyoslash tavsiya
qilinadi.
Foydalanishdagi va saqlashdagi o‘lchash vositalari (O‘V) ni tekshirish ma’lum
vaqt oralig‘i – teshirishlar o‘rtasidagi interval o‘tkazib amalga oshiriladi.
79
Tekshirishlar orasidagi intervalni o‘rnatishda ikkita bir – biriga qarama – qarshi
talablarni e’tiborga olish lozim. Bir tomondan qaralsa, ravshanki, tekshirish
qanchalik ko‘p o‘tkazilsa, O‘V ning metrologik ishonchliligi shunchalik yuqori
bo‘ladi, bundan tekshirishlar orasidagi intervalni qisqartirish maqsadga
muvofiqligi kelib chiqadi. Biroq, O‘V ni tekshirish, tekshirishni o‘tkazishning
o‘ziga va tekshirish uchun O‘V larini ishlab chiqarish sferasidan olib chiqib,
ularni boshqalari bilan almashlash fondini tashkil etish katta iqtisodiy
xarajatlarni talab etadi. SHuni e’tiborga olgan holda, tekshirishlar orasidagi
interval imkoni boricha maksimalga oshiriladi. SHuning uchun ham
tekshirishlar orasidagi optimal intervalni tanlashda texnik – iqtisodiy qiymat
muhim ahamiyatga ega.
R (N, N~) koeffitsientni aniqlash nomogrammasi: Metrologik yaroqliligining
ruxsat etilgan koeffitsienti K
rux.et
ni metrologiya xizmatlari ko‘rsatish idorasining
mutaxassisi tomonidan o‘rnatiladi va korxonaning bosh metrologi tomonidan
nosoz O‘V qo‘llashdan kelib chiqqan iqtisodiy yo‘qotishlarni tahlil qilish
asosida tasdiqlanadi. K
rux.et
ning qiymati 0,90 dan 0,98 gacha qilib, alohida
talabdagi o‘lchashlar uchun esa 0,99 yoki 0,98 qilib olinadi. K
rux.et
ning qabul
qilingan qiymati berilgan O‘V uchun texnik sharoitlarda ko‘rsatilgan soz ishlash
ehtimolligining qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak.
Qo‘llanilish sharoitiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan bir turdagi O‘V to‘plami
uchun birinchi tekshirishlar orasidagi interval, oldingi foydalanish tajribalaridan
kelib chiqqan holda taxminan belgilanadi. Intervalning qiymati quyidagi
qatordan tanlanadi: 0,25; 0,5; 0,75; 1; 2; 3; 4; 6; 9; 12; 6p oy, p – musbat butun
son. Keyingi tekshirishlar orasidagi intervallar esa davriy tekshirishlar
natijalariga ko‘ra to‘g‘rilab boriladi.
Tekshiruvlar orasidagi intervalni to‘g‘rilash (korrektirovka) usullaridan birini
ko‘rib chiqamiz. Bir guruhga kiruvchi O‘V lari uchun tekshirishlar orasidagi
interval T
0
va metrologik yaroqlilik koeffitsienti K
rux.et
o‘rnatilgan bo‘lsin. Agar
davriy qiyoslash natijasida yaroqli deb topilgan O‘V sonining qiyoslangan
barcha O‘V soniga nisbati K
rux.et
dan katta bo‘lsa, tekshirishlar orasidagi interval
oshirilishi mumkin, agar K
rux.et
dan kichik bo‘lsa, unda intervalni kamaytirish
mumkin. Tekshirishlar orasidagi intervalni oshirish imkoniyatlarini qiyoslash
uchun bir nechta vaqt intervallari – T
0
dan katta bo‘lgan yashirin ishdan
chiqishlar 5 beriladi. Ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan qiyoslashlarning
umumiy soni N va yashirin ishdan chiqishlar soni N o‘rtasidagi munosabat
o‘rnatiladi. Qiyoslashlarning umumiy soni N ning statistikasiga ishdan chiqish
qayd qilinmagan 5 dan kichik bo‘lgan interval orasida amalga oshirilgan
qiyoslashlar natijasida yaroqsiz yoki yaroqli deb tan olingan O‘V
qiyoslashlarning barchasi kiradi.
80
1.3 – rasm. R (N, N~) koeffitsientni aniqlash uchun nomogramma
Masalan, asbob ishlatishga 1980 yilning yanvarida tekshirishlar orasidagi
intervali 12 oy qilib ishga tushirilgan. 1981 yilning yanvari va 1982 yilning
yanvarida tekshirishdan o‘tkazilgan va ikkala holda ham yaroqli deb topilgan.
Ushbu holda faqatgina 1982 yildagi tekshirish e’tiborga olinadi, chunki birinchi
tekshirish (1981y) 5 dan kichik bo‘lgan muddatdagi vaqt oralig‘ida amalga
oshirilgan. N ishdan chiqishlar statistikasiga S dan kichik yoki unga teng
bo‘lgan interval, ya’ni O‘V yaroqsizligi qayd qilingan intervalda amalga
oshirilgan barcha tekshirishlar kiradi. YAngi tekshirishlar orasidagi intervalning
qiymati T
0
quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
R
К
S
T
доп
)
ln
(
0
−
=
bu erda: R – 1.3 – rasmdagi nomogrammadan N va N
–
bo‘yicha
hisoblanadigan koeffitsient. Agar T
0
ning olingan qiymati S dan katta bo‘lsa,
unda ning qiymati oshiriladi va hisoblash ishlari toki T ning qiymati S dan
kichik bo‘lmaguncha takrorlanadi.
Nazorat savollari:
5.
Tekshirishlar orasidagi interval deb nimaga aytiladi?
6.
Tekshirishlar orasidagi intervalni aniqlash usullari.
7.
Namunaviy O‘V ni tekshirishning davriyligi.
8.
Tekshirishlar orasidagi interval nimaga bog‘liq?
|