Oilaviy nizolar. Ajralish, uning sabab va oqibatlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/8
tarix22.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#146555
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-Taqdimot

Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o`z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo`lgan o`zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o`zlarining bo`lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so`ng o`g`il bolalar xuddi o`z otasidek va qizlarimiz o`z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo`lishni orzu qiladilar. Chunki ular o`z ota-onalari misolida bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo`luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko`rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo`lsa ham, ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko`rsatish an`analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo`ladi.

Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og`ushida oila qurgan yoshlar, o`zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch

Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og`ushida oila qurgan yoshlar, o`zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch

kelishlari bilanoq ularning oilaviy hayotlari o`zlari kutganlaridek bo`lmayotganligi, turmush o`rtog`ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to`ydan oldingi) holatiga nisbatan ma`lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o`zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o`zaro munosabatlari rivojlanishining o`ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o`zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog`liq qiyinchiliklar, er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.

Har qanday oilada er-xotinning o`zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko`ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro`y beradigan nizolarni ko`rib chiqaylik. Rasmda ko`rinib turganidek, muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «qonstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular, o`zlarining yuzaga kelishiga asos bo`lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, kechishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko`ra bir-birlaridan farqlanadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin