Oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yishning pedagogik psixologik shart-sharoitlari tuxliyev Jahongir annotatsiya



Yüklə 17,06 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü17,06 Kb.
#185460
  1   2
TUXLIYEV JAHONGIR


OILADA BOLALAR BILAN MULOQOTNI YO’LGA QO’YISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
Tuxliyev Jahongir
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilaning o’rni haqida
fikr yuritilgan. Oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy-ahloqiy shakllanishi borasida olimlarning fikrlari talqin qilingan.
Kalit so’zlar: oila, jamiyat, bola tarbiyasi, ijtimoiy hayot, zamonaviy sharoit.
ANNATATION
This article discusses the role of the family as a key link in society. The interpretation of the views of scientists on the up bringing and spiritual development of children in the family is carried out.
Key words:
family, society, child rearing, social life, modern conditions.
Oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda shariat qodalari, islom dini arkonlariga rioya qilishga da’vat etilgan. Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiylar oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda uning ta’lim va tarbiya olishi muhimligini o‘z asarlarida ko‘rsatib berish orqali ijtimoiy tarbiyaning tamal toshini qo‘yganlar. Keyinchalik ma’rifatparvar pedagog olimlar – Zavqiy, Avaz O‘tar, Dilshod Barno, Furqatlarning, jadid pedagog
olimlari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzodalar ijtimoiy tarbiyaning jamiyatda muhim ahamiyatga egaligi, o‘sib kelayotgan avlodni jamiyat bilan integratsiyalashda ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhimligini o‘z qarashlari orqali ochib berishgan. Zamonaviy sharoitda oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalalari faylasuf, psixolog va pedagog olimlar tomonidan oila muammosining turli jihatlarini tadqiq etish jarayonida ochib berilgan. Psixolog olimlardan V.M.Karimova “O’zbek yoshlarida oilasi to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi” deb nomlangan ilmiy ishida o‘zbek oilasidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruhlarda namoyon bo‘lishining empirik jihatlariga asoslanib, tadqiq etgan.
Pedagog olimlardan A.Q.Munavarov o‘zining “Oilaviy tarbiya
samaradorligining pedagogik shart-sharoitlari” deb nomlangan tadqiqotida oilaning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tarbiyaning funksiyalarini tadqiq etgan. Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova oilada ma’naviy madaniyatni shakllantirish orqali bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga e’tibor qaratgan. Olima oila tarbiyasi haqida to‘xtalganda,
uning keng qamrovli ekanligini, jamiyat hayotining barcha jihatlarini o‘ziga qamrab olishini shunday bayon etadi: “Oila tarbiyasida hikmat ko‘p.
Yangi o‘tqazilgan niholning to‘g‘ri yoxud egri o‘sishi bog‘bon mehnati va mahoratiga bog‘liqdir. Egri o‘sayotgan niholning qaddini rostlab qo‘yilmasa, u noto‘g‘ri rivojlanadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan yosh nihol holati o‘rtasida qandaydir tabiiiy o‘xshashlik mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, axloq-odob normalari, Vatan tuyg‘usi va vatanparvarlik tarbiyasi, ma’naviy-estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, milliy g‘urur va iftixor
tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya va shu kabilar oiladan boshlanadi”.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash orqali ijtimoiy hayotga
tayyorlash masalasi M. Inomova, Sh.Atadjanova, Sh.Shodmonovalar tomonidan turli yosh davrlari bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgan. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tarbiy o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; ikkinchidan, oila bola uchun o‘ziga xos «ko‘zgu» bo‘lib, ota -onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi; to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi; beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi; oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin.
Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi. Oila hayoti ko‘p tomonla
mali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo‘jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik.Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘lishi, uning a’zolarining ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagilarda aks etadi: aholining tabiiy ko‘payishi. Avlodlarning almashinuvi uchun davlat tomonidan belgilangan doirada bolalar soni muvofiq bo‘lishi zarur. tarbiyaviy vazifasi–bilim, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qad-riyatlar, ma’naviy boyliklarni uzatish. Shaxsga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagicha: er-xotinlik vazifasi. Er-xotinlar – eng yaqin kishilar, ular o‘zaro birbirini to‘ldiradi, bir-biridan ruhiy madad oladi. ota-onalik vazifasi. Oila qariganda ota-onalarning hayotini bezash uchun zarur bo‘lgan ishtiyoqni ta’minlaydi. turmushni yo‘lga qo‘yish.
Bolalar tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda ota-onalar bilan ijtimoiy-pedagog
hamkorlikka erishishda ota-onalarning nafaqat pedagogik-psixologik bilimlarga egaliklari, balki ularning ruhan tetik va ijtimoiy jihatdan faol ekanliklariga ham e’tibor qaratish lozim: barcha kasalliklarning asosi asabdan ekanligi ma’lum ekan, oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va kasbiy faoliyatni tashkil etishda asabiylashmaslikka harakat qilish, o‘zaro ijtimoiy munosabatlarini tashkil etish jarayonida boshqa sub’ektlarning qadr-qimmatiini saqlashga intilish; atrofdagilar bilan suhbatlashish va har qanday yumush bilan band bo‘lishdan qat’iy nazar samimiy bo‘lishga intilish; bekorchilik insonda turli noxush o‘y-fikrlarni keltirib chiqishini yodda
tutgan holda hamisha biror bir foydali yumush bilan band bo‘lish; oila a’zolari yoki yaqin kishilarning muammolari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi mavzularga nisbatan befarq munosabatda bo‘lmaslik, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam ko‘rsatish va yaxshiliklar qilishga intilish; hayotni va atrofdagi kishilarga mehr qo‘yish, zero mehr-muhabbat insonga ruhiy kuch bag‘ishlaydi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni oshiradi;
doimo harakatchan bo‘lish; imkon qadar kamtar bo‘lish, zero, manmanlik umr zavolidir. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Demak, oila-tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.



Yüklə 17,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin