Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Yusuf Xos Xojib «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham 
katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning 
moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi.
Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham 
bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l 
farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari xulq-
atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi. 
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi havasini 
oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, avvalambor bola 
tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Unsurul maoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda 
qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang 
haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand 
mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga 


e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga 
ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mexr-muxabbatini 
ado etmakdin bosh tortmaydi. 
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikohdan 
oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda 
to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada, husnda va 
jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr 
turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin