jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga
boshlaydi.
Suhbat
metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki
hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul
shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish
jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli,
tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to ‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat
metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O'rinli,
mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblami
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb
ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga,
berilgan savollar shakliga, to ‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq
bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EXMda
qo‘llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon
beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada aniqlik
bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming
real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini
aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: