5
faollik sohasi bilan boglangan bo’lib muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’lib
xizmat qiladi.
Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat
qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan
bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan
bog’langan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan bolalar ham
shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his
qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini
kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hukmronlik xohishidan ham darak
berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng elka va shunga
o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada
ishonchli bo’ladi.
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi, o’ziga esa chizishni «unutadi».
Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa - bu kuchsizlik,
oiladagi o’zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni hadtsan ziyod nazorat qilishi,
uning faolligini bo’g’ishi hissidan darak beradi.
Bosh - «Men» lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi.
Yuz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza
boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’z,
og’izni tushirib koldirsalar, bu mulokat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat
beradi.
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki
yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar
mavjudligini ko’rsatadi.
Qizlar o’gil bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar, ular
ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya).
Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola
o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning
bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan
bog’langan bo’ladi.
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan
odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq
bilan chegaralansalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: