Odob-axloq qoidalari” bilan tanishdim, unga soʻzsiz rioya qilishni oʻz zimmamga olaman



Yüklə 40,9 Kb.
səhifə2/7
tarix20.09.2023
ölçüsü40,9 Kb.
#145950
1   2   3   4   5   6   7
2023 Y 31.08 282-SON ODOB AXLOQ BLANKA (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”,
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil
2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari
ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari bilan barcha ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki
boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni tanishtirish varaqasi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
(A.Kamalov)ga:
barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi
o‘rinlarda - Qoidalar)ga izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, zamon talablari asosida
Qoidalarni takomillashtirib, zarur holatlarda unga o‘zgartirish hamda
qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
boshliqlari:
bir hafta muddatda Qoidalarni tizimdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim
muassasalariga yetkazsin;
Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir umumiy o‘rta
ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv
kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqilishi
hamda tasdiqlanishini nazoratga olsin;
Qoidalarning maqsad va vazifalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasaning
barcha ta’lim oluvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari,
pedagog va texnik xodimlarni maktab rahbariyati tomonidan tanishtirilishini
2
hamda Qoidalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye)
qismiga alohida stend shaklida joylashtirilishini ta’minlasin.
4. Axborot xizmati (D.Sobirova) mazkur buyruq bilan tasdiqlanayotgan
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalarini
vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritsin.
5. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining
ichki tartib va odob-axloq Qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi
246-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari D.Kenjayev
zimmasiga yuklatilsin.
Vazir X.Umarova
Toshkent sh.,
2023-yil 31-avgust,
282-son
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385
3

Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin