13
Undan keyin ta’sir barcha to‘qima va organlarga berilib, ulardagi
fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi.
Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar organizmida tashqi
muhitning noqulay ta’siriga qarshi to‘qima va organlarning fiziologik
faoliyati doimiy bo‘lishini ta’minlovchi moslanishlar vujudga kelgan.
Bunday barqaror ko‘rsatkichlarga: tana haroratining doimiyligi, qon
va to‘qima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy,
natriy, kalsiy, xlor ionlarining va qonda qand miqdorining
doimiyligi kabilar kiradi.
Òashqi muhitning iqlim sharoitidan tashqari, odam organiz-
miga havo, suv, tuproq hamda oziq mahsulotlari tarkibidagi
kimyoviy moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Òurg‘unlik yillarida qish-
loq xo‘jaligida kimyoviy moddalar haddan tashqari ko‘p qo‘llani-
lishi tuproq va suvning kimyoviy tarkibi buzilishiga olib keldi. Bu
esa, o‘z navbatida, poliz va sabzavot mahsulotlarining, hatto chorva
mollari mahsulotlarining ham sifati buzilishiga sabab bo‘ldi. Bundan
tashqari, har xil ishlab chiqarish korxonalaridan, transport
vositalaridan ajraladigan zaharli chiqindilar ham tashqi muhitni
ifloslantiradi.
Dostları ilə paylaş: