Odam va umurtqali hayvonlar



Yüklə 26,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü26,87 Kb.
#159307
  1   2
Suyak - Vikipediya



Suyak
Suyaklar
odam va umurtqali hayvonlar
skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi
biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak
boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga
birikkan paylar bilan birga
tayanchharakat apparatini hosil qiladi.
Suyak hujayralar (osteotsitlar,
osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi
mineral moddalardan tarkib topgan.
Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi
bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida


oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida
moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini,
osteoblastlar esa suyaklar hosil
boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya)
jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va
osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak
ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi
oʻzgarishining asosini tashkil etadi.
Hujayralararo modda kollagen (ossein)
tolalar va asosiy moddadan iborat, bu
moddalar suyakning pishiq va
mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k
toʻqimasi kollageni oʻziga xos
polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan
farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar
va proteoglikanlardan tashkil topgan.
Mineral komponenta apatit, sulfat va


kalsiy karbonat kristallaridan iborat.
Suyak embrional rivojlanish davrida
biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan
hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay
skeletning suyaklanishidan (yelka, son va
boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti
tangachalaridan (peshona, tepa va
boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun,
yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar),
yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va
kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi.


Naysimon suyaklarning urta qismi
(diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich
moddadan, epifiz va yassi hamda kalta
suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat.
Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak
moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti
biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan
suyak usti pardasi — periost, ichki ilik
boʻshligʻi tomondan xuddi shunga
oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz
4—15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan
iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va
nervlar oʻtadi.
Suyak — kalsiy va fosfor deposi
hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin
gormonlari kon plazmasida kalsiy


miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish
faolligini boshkarib turadi. Suyak
toʻqimasi juda faol regeneratsiya
xususiyatiga ega boʻlib, organizmda
toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu
sababdan suyakning mexanik xossalari
ham organizmga tushadigan yukka mos
ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti
suyak tarkibi umr davomida yangilanib
turadi (yana qarang 
Suyak sinishi

Suyak
chiqishi

Skelet
).
Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-
alohida suyaklardan iborat. Skelet
quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana
suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh
suyagi), kalla suyagi (miya va yuz


qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak
va kutubxonasi o'mrov suyaklari), qo'l
suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja
suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh,
qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir
hamda oyoq panja suyaklaridan iborat.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va
vazifalariga ko‘ra quyidagicha
tasniflanadi.
1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar —
yelka, bilak, son va boldir suyaklari qo‘l va
oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch
vazifasini bajaradi; Naysimon suyaklar
richag harakatini bajarib, tayanch va


mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon
suyaklaming o'rta qismi tanasi— diafizi
(diaphysis) silindr yoki uchburchak
shaklda. Naysimon suyaklaming
tanasida suyak iligi kanali bor. U larn in g
kengaygan uchi — epifiz (epiphysis) deb
ataladi. Unda qo'shni suyak bilan
birlashuvchi bo'g'im yuzasi (facies
articularis) bo'lib, u bo'g'im tog'ayi bilan
qoplangan. Epifiz asosan g'ovak
moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich
modda qoplab turadi. Suyakni g'ovak
moddasi sohasida uni hosil qiluvchi
suyak to'sinlari orasida bolalarda va
kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizni
epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis)
deyiladi. Bu sohada zich modda


yupqalashib kam ayib boradi; m etafiz g'o
v ak tuzilishga ega.
2. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak
suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar;
b)kalta g'ovak suyaklariga—umurtqalar, q
o 'l-o y o q , kaft usti va kaft oldi suyaklari
kiradi, ular k o 'p qirrali shaklga ega. U lar
asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib,
yupqa zich modda qatlami bilan
qoplangan.
3.Yassi suyaklar himoya vazifasini
bajarib, tana bo'shliqlarini hosil qilishda
ishtirok etadi (kalla qopqog'i, chanoq va
kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich
qavat (lamina externa) va ichki zich qavat


(lamina interna) o‘rtasida joylashgan
mayda katakchali g'ovak moddadan
(diploe) tashkil topgan.
4, Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega
qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi
tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga,
ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga
kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida
shilliq parda bilan qoplangan havo bilan
to'la bo'shliq bo'ladi. Ularga kallaning
peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va
g'alviisimon suyaklari kiradi. Har bir
suyakning yuzasida mushaklar, ulaming
paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan
va birikadigan hosilalar bo'ladi. Ulami
apofizlar (apophysis) deb ataladi. Bulaiga


bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum),
qirra (crista) va o'simta (processus)
kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro
chekkalar (margo) bilan chega-ralanadi.
Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar
yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga
keladi. Suyakning ichki yuzasida uning
ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik
(foramina nutricia) bo'ladi

Yüklə 26,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin