Odam genetikasi


odam irsiyatininggeterozigota holatda bo‘lishi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

odam irsiyatininggeterozigota holatda bo‘lishi
genetik tadqiqotlami 
olib borishdagi birinchi qiyinchiliklardir.
Genetik qonuniyatlaming haqqoniy boiishi uchun tekshirilayot- 
gan organizmlar son jihatdan ko‘p boiishi shart. Vaholanki, odamlar­
da bir ota-onadan tugilgan farzandlar soni ko‘p holatlarda 1-4 tadan 
oshmaydi. 
Odam naslining kamligi
genetik tadqiqotni o‘tkazishdagi 
ikkinchi qiyinchilik sanaladi.
Odam genetikasida tadqiqot olib borishdagi yana bir qiyinchilik 
ко 'payish muddati bilan aloqador.
Ma’lumki, bakteriyalar har 30 
minutda, g‘o‘za o‘simligi 120-130 kunda, qo‘y 6 oyda yangi nasi 
bergani holda, odamlarda yangi naslni olish uchun o‘rtacha 18-20 
yil talab qilinadi. Binobarin qisqa muddat ichida biror belgi-xossani 
odamlaming bir necha avlodlarida tadqiq qilish imkoni cheklangan 
boiadi.
Hayvon va o‘simliklarda, mikroorganizmlarda tadqiqotchi xohla- 
gan belgi-xossaga ega organizmlami о‘zaro chatishtirib, yangi nasi 
olishi mumkin. Odamlarda bunday yo‘l bilan belgi-xossalaming irsiy­
lanishini o‘rganish qonun bo‘yicha taqiqlanadi. Tadqiqotchi 
xohla-
gan erkak va ayol shaxslarni nikohlashi mumkin emasligi,
odam 
genetikasidagi qiyinchiliklardan yana biri hisoblanadi.
9


Har qanday organizmlarda belgi-xossalaming rivojlanishi bir 
tomondan genotipga, ikkinchi tomondan tashqi muhit omillariga 
bog‘liq. Ma’lumki, hayvon va o‘simliklar ustida tajriba o‘tkazilganda, 
turli xil irsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlami bir xil muhit- 
da o‘stirib, ular orasida paydo bo‘lgan farqlardan irsiy omillar ulushi 
aniqlanadi. Lekin odamlar turli ijtimoiy va iqtisodiy muhitda ya- 
shaganlari sababli, egizaklami hisobga olmaganda, bunday sharoitni 
tug‘dirishning imkoniyati juda kam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. 
Bu ham odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda qiyin- 
chilik hisoblanadi.
Yuqoridagi qiyinchiliklarga qaramay, odam irsiyati va 
o‘zgaruvchanligini o ‘rganish nihoyatda zarur. Uning zarurligi bi- 
rinchidan mikrorganizmlar, o ‘simliklar, hayvonlarda ixtiro qilin- 
gan irsiyat qonunlari odamlarda ham o‘z qimmatini saqlaydimi de­
gan muammoni hal etish, ikkinchidan kerakli belgi-xossalarning 
irsiylanishini bilish, oilani rejalashtirish, irsiy kasallik turlari, sa- 
bablarini aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish 
uchun kerak.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin