Образование и инновационные исследования



Yüklə 304,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü304,47 Kb.
#171564
1   2   3   4   5
1570-Текст статьи-4666-1-10-20221113

Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
137
http://interscience.uz
zararli gazlar ko‘payib, inson salomatligiga zarar yetkazadi. Ana shu 
zararning oldini olish uchun xazonlarni uyimizdagi xonaki uy hayvonlariga 
yemish sifatida yig‘ishtirib berish kerak. Shundagina tabiatni muhofaza 
qilishga hissa qo‘shgan va yangi daraxt nihollarining unib o‘sishiga yordam 
bergan bo‘lamiz. 
Boshlovchi: Endi, navbatni yosh duradgorlarga beramiz, marhamat!
1-duradgor. Duradgorlik kasbi juda qadimiy kasblardan biriga hisoblanadi. 
Odamlarning paydo bo‘lishi bilan yog‘ochlarga ishlov berish boshlagan. 
Odamlar o‘zlariga turli xil mehnat va ov qurollari yasagan, ehtiyojlari 
uchun zarur bo‘lgan buyumlarni tayyorlay boshlagan. Qaysi sohani olmay, 
duradgorlik ishlari mavjud. Shuning uchun bu kasb juda faxrli hisoblanadi. 
2-duradgor. Yog‘och materiallari bizning faoliyatimizda asosiy xom ashyo
hisoblanadi. Tabiatdagi daraxtlarni kesib, turli xil arralardan o‘tkazib, taxta 
va brus shaklidagi materiallar tayyorlanadi. Daraxtlar, asosan, ko‘ndalang 
va bo‘ylamasiga arralab kesiladi. Kesishda butoq, yoriq, daraxt o‘zagi kabi 
turli xil nuqsonlar hisobga olinadi. Yog‘och materiallari ikki xil xususiyatga 
ega: 1. Fizikaviy xususiyati – rangi, tovlanishi, zichligi, elektr, issiqlik 
o‘tkazuvchanligi, hidi. 2. Mexanik xusustyati – mustahkamligi, yumshoqligi, 
qattiqligi, egiluv-chanligi, singdiruvchanligi, qayishqoqligi va h.k 
3- va 4-duradgor. Beshik tayyorlash jarayonida yog‘ochga ishlov berish 
ishlarini amalga oshiradi: 1. Beshik gardishini suv ichiga solib, egish 
ishlarini olib boradilar. 2. Ostki taxtalarini tayyorlaydilar. 3. Gardishlar 
orasiga o‘rnatiladigan dastani TSD-120 yog‘ochga ishlov berish stanogida 
tayyorlanishi ko‘rsatiladi. 4. Qismlar biriktirilishi namoyish etiladi 
(yuqoridagi shu ishlarni amalga oshirish uchun duradgorlar oldida tayyor va 
yarim tayyor qismlar hamda bitgan beshik bo‘ladi). 
Boshlovchi: Mana, biz yuqorida yosh o‘lkashunos va duradgorlarning 
fikrlari, ishlari bilan tanishdik. Endi, navbatni yosh tadbirkorlarga bersak. 
Ular o‘zlarining tajribalaridan, bozorning sir-asrorlaridan so‘zlab beradilar. 
Marhamat!
1-tadbirkor. Hozirgi davrda tadbirkorlik faoliyati har bir sohaga kirib 
kelmoqda. Bizning tadbirkorlik kasbi ham duradgorlik kasbi singari 
ommaviylashmoqda. Inson yaralibdiki, hayotning har bir kunida bir necha 
marta savdo-sotiq va mol ayriboshlash, iqtisod bilan bog‘liq masalalarga, 
muammolarga duch keladi. Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlik ishlab chiqarishni 
tashkil qilish, yo‘lga qo‘yish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sota bilish, 
sotilgandan so‘ng tushgan pulgni joy-joyiga sarflay bilishdir. Tadbirkor bu 
ishlab chiqarish va tijoratning barcha zarur omillarini boylik yaratish uchun 
foydalanadigan odamdir. Bu ancha keng ta’rifga yaratuvchanlikning ko‘pgina 
sohalari bilan shug‘ullanuvchi odamlar to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlarga 
qo‘yiladigan talablar moddiy boyliklar yaratuvchi boshqa odamlarga 
qo‘yiladigan talablarga qaraganda ancha kengdir. Masalan, siz duradgorsiz 
deylik. Siz yashik, beshik, deraza va boshqa anjomlar yasashga ustasi farang 
bo‘lishingiz mumkin. Lekin, agar siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni 
boshlasangiz bu anjomlarning ishlab chiqarishdan tashqari: oldi-sotti, 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
138
Education and innovative research 2022 y. №8
marketing, boshqarish, hisob-kitob, moliyalashtirish, kadrlar ishi bilan 
shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? Zamonaviy sharoitda tadbirkor-likning 
barcha turlari avj olmoqda. Ko‘pgina korxonalarning xususiy-lashtirilishi 
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik davlat korxonalari o‘rniga kichik, chaqqon, 
har qanday sharoitga tez moslasha oladigan xususiy korxonalar paydo bo‘la 
boshladi.
2-tadbirkor. Duradgorlik buyumlarni tayyorlash uchun qancha xom 
ashyo ketishini, ularga ketgan sarf-harajatni, olinadigan foyda hisoblarini 
aniqlaymiz. Buyumlarga tannarx asosida sotish uchun baho belgilaymiz. 
Albatta, baho belgilash bozorni o‘rganish, undagi talab va takliflar natijasida 
amalga oshiriladi. Masalan: beshik tayyorlash uchun o‘lkashunoslar 
sanab, ko‘rsatib o‘tgan mahalliy tol, terak daraxtlaridan olingan yog‘och 
materiallaridan foydalanishimiz mumkin. Yohoch materiallarini juda 
tejamkorlik bilan ishlatishimiz kerak. Iqtisod bilan ish yuritishimiz esa kishi 
halol mehnati evaziga daromad olishi va uni aql-idrok, tejamkorlik bilan 
zaruriy joylarga ishlatishdir. Isrof-iqtisod va tejamkorlikning aksi bo‘lib, 
o‘rinsiz, foydasiz va hayrsiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. “Sen agar isrof 
etishni tashlading, ul zamon davlat etagini ushlading”, – deb bejiz aytilmagan. 
3-tadbirkor (savdo rastasi oldida turib sotuvchilik kasbi haqida gapirib 
beradi). Savdo sohasida to‘g‘rilik va halollik bilan ish ko‘rish talab qilinadi. 
Savdoda sotuvchiga xos shirinso‘zlik, xushmuomalalik, hozir javoblik, 
istarasi issiqlik, so‘zamollik kabi umuminsoniy xislatlar mujassam bo‘lishi 
kerak.
Boshlovchi: Mana, hurmatli anjuman qatnashchilari, yuqoridagi kasb 
egalarining fikr-mulohazalari va tajribalari bilan tanishdik. Yog‘ochlarni 
ishlashda nimalarga e’tibor berish, ularni qanday tejab ishlatish kerakligini 
bilib oldik. Yuqoridagi uchala kasb ham bir-biriga juda bog‘liq ekan. 
O‘lkashunos duradgorsiz, duradgor tadbirkorsiz o‘z faoliyatini yurita 
olmasligining guvohi bo‘ldik. 
Shu tarzda darsda aytilgan fikrlar umumlashtiriladi. Kasblarning ajralmas 
uzviy aloqadorligi ularning faoliyati misolida ko‘rsatib beriladi. Mehnat 
ta’limiga oid mashg‘ulotlardan konferensiya tarzidagi darsni tashkil etish va 
o‘tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish mumkin:
1. O‘quvchilarning “Texnologiya” faniga oid nazariy va amaliy bilimlarni 
mustahkamlash.
2. Kasblar xususiyatini fikrlay bilishga o‘rgatish orqali ularni turli 
kasblarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish.
3. Predmetlararo aloqalarni uzviy bog’lash.
4. Unumli mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishishga o‘rgatish. 
5. Ekologik, iqtisodiy tarbiya berish.
6. Mulohaza yuritish, fikrlash, xulosa chiqara olish malakalarini hosil 
qilishga o‘rgatish.
7. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
8. O‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining cheksizligiga, o‘z 



Yüklə 304,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin