Tasavvuf timsollari Mahbub Alloh, payg'ambar, pir, sevgani



Yüklə 8,59 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü8,59 Kb.
#125603
Tasavvuf timsol-WPS Office


Tasavvuf timsollari
Mahbub - Alloh, payg'ambar, pir, sevgani.
Soqiy - Alloh, payg'ambar, pir, sevgani.
Labi - Pirning so'zi, ilohiy fayz.
Qosh - Ilohiy olam va moddiy olam chegarasi.
Bel - Komil inson hayoli.
Belning ingichkaligi - Komil inson hayolining nozikligi.
Ko'z - Komil insonning o'zi.
May - Ilohiy ishq, ma'rifat, donish ishtiyoqining avji qiyomi.
Jom yoki qadah - Moddiy dunyo.
May ummonining ko'pirishi - Dunyoning go'zalligi tovlanishi, barcha go'zalliklari.
Mayxona - Komil insonning botiniy dunyosi.
Azal me'mori, Sun me'mori - Alloh.
Mayxona devori - Pirning tashqi dunyosi yoki moddiy dunyo.
Za'fi xumor - ishqning pasayishi, shubhalanish, kayfning tarqalishi.
May loyi - Sharob quyqumi, dunyo mulki, hali hirsiy ishtiyoqlardan poklanmagan vujud timsoli.
Xum, Xumxona, sog'ar, jom, maykada - Pirning nurfayz jozib yuragi.
Kub - Sharob saqlanadigan xum, orifning ko'ngli, ruhi mutlaq.
Xurshed - Quyosh, sahovat, karamning bepoyonligi.
Xarobat - Inson jismining faqr yo'liga kirib, hayvoniy nafsdan qutulishga ishora, kamtarinlik.
Xirqa - So'fiylar jandasi, majozda insonning badani, surati va ashyolar olami.
Raqib - Sevishganlarni ajratuvchi obraz.
Mosivo - O'zga, g'ayri. Navoiy moddiy borliqqa nisbatan qo'llagan. Oshiq va yor orasidagi g'ayri, o'zga ma'nosida.
Hayvon suyi - Ichganda abadiy umr topiladigan yerosti mamlakati chashmasi, majozan esa ishq-muhabbat bulog'i.
Dayr - Nasroniy, otashparastlar ibodatxonasi, majozan mayxona, dunyodir.
Dayri fano - Komil kishilar majlisi.
Navo - Olamning yaxlit uyg'unligidan iborat oliy go'zalligi.
Mug'anniy - Cholg'uvchi, ilohiy fayz navosini yetkazuvchi.
Yüklə 8,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin