13 — xo'jalik hovlisi; 14 — tinch dam olish maydonchasi. Kirish hududi yig'ilishlar o ‘tkaziladigan maydonni o'z ichiga oladi. Rekreatsiya hududi eng katta hudud hisoblanib, unga faol va tinch dam olish hududlari kiradi. Faol dam olish hududiga kichik 144
va katta yoshdagi maktab o'quvchilari dam olishi sport hududi kiradi. 4.5-rasm. 1000 o'rinli maktab hovlisini landshaft tashkil etilishi: 1— kichik sinf o'quvchilar uchun rckreatsiya; 2—katta sinf o'quvchilar uchun rekreatsiya; 3—kichik sinf o'quvchilari uchun o'quv-tajriba joyi; 4 —xo'jalik va tabiiy o'simliklar o'stirish uchun yer maydoni; 5—xo'jalik zonasi; 6—issiqxona uchastkasi; 7—tinch dam olish hududi; 8—bog'; 9-ertalabki lineyka maydoni; 10—astronomiya va geografiya maydonchalari; 11—kichik sinf o'quvchilari o'ynashlari uchun maydonchalar; 12—kichik sinf o'quvchilari uchun spoil maydonchalari; 13—maktab stadioni. Sport hududiga esa: futbol maydoni, kichik va katta yoshdagi maktab o'quvchilari uchun sport maydonlari to'plami kiradi. Tinch dam olish hududi dam olish burchaklari mavjud bo'lgan istirohat bog'chasi ko'rinishida loyihalanadi. O'quv-tajriba hududi o'z ichiga mevali bog', poliz ekinlari va sabzavotlar uchun, kichik yoshdagi maktab o'quvchilari uchun tajriba uchastkalari, issiqxonalami oladi. Xo'jalik hududida omboixonalar, uskunalami olib kelish va tushirish uchun maydonchalar, asbob-uskunalar saqlash joyi va axiat yig'ish qurilmalari uchun maydonchalar va boshqalar joylashtiriladi. 145