O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Kichik va katta guruxlarda munozaralarni tashkil etish koidalari



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə55/65
tarix02.01.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#42854
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
Psixologiya-fayllar.org

Kichik va katta guruxlarda munozaralarni tashkil etish koidalari. 

 

«Munozara»  yoki  «baxs»  suzlarining  moxiyati  shundaki,  ular  doimo  kishilar  guruxini 



anglatadi,  ya

’ni  xar  kanday  baxs  yoki  munozara  guruxda  mavjud  buladi.  Lekin  ijtimoiy 

psixologiyada  (asosan)  guruxlarning  ikki  turi  bulib,  ulardagi  shaxslar  soni  va  guruxi 

xajmiga  kura,  katta  va  kichik  gurux  turlariga  ajratiladi.  Ijtimoiy  psixologik  treninglar 

utkaziladigan  maxsus  guruxlar  «T-guruxlar»  deb  yuritiladi.  Lekin  an

’anaviy «T-gurux»lar 

kishilar  sonining  ozligi  va  bevosita  mulokot  sharoitlarining  yetarli  ekanligi  bilan 

tavsiflanadi.  Shunday  bulishiga  karamay,  kupincha  real  amaliyotda  psixolog  shunday 

guruxlar bilan ishlashiga tugri keladiki, undagi odamlar soni belgilangandan kuprok buladi. 

Masalan:  urta  maktablardagi  sinflar,  ukuv  yurtlaridagi  akademik  guruxlar  shular 

jumlasidandir.  Shuning  uchun  xam  biz  bevosita  kompakt-8-10  kishilik  kichik  guruxlarda 

xamda  odamlarning  soni  20-30  kishi  bulgan  guruxlarda  munozaralarni  uyishtirishning 

moxiyati  xakida  aloxida  tuxtalib  utamiz.  Shunday  kilib  T-guruxlarda  munozaralarni 

uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzusi, yunaltirilgan va anik ssenariyli disput turlari 

mavjud  bulib,  bu  tanlangan  va    munozara    guruxlarining  mulokot  tajribasiga  boglikdir 

«disput»  suzining  lugaviy  ma

’nosi  «fikrlayapman»  «tortishyapman»  degan  ma’noni 

bildiradi. Kichik guruxlardagi munozaradagi mavzu xususiyatiga karab, xar birining uz fikr- 

muloxazalarini  oxirigacha  bayon  etish  imkoniyatlarining  borligidir.  Bunday  guruxda 

boshlovchi  xam  katorda  utirib,  mavzuning  yechimi  batamom  xal  bulmaguncha  faol 

mulokotlarning  ishtirokchisi  bulishi  mumkin.  Lekin  asosiy  rol  guruxning  a

’zolariga 

yuklanganligi  va  bevosita  ajralib  chikkan  norasmiy  lider  asosiy  baxs  yurituvchi  bulishi 

mumkinligini  unutmasligi  zarur.  Bunday  gurunglar  turli  sharoitda,  kupincha  baxs 

ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda utkazilsa, maksadga muvofik buladi. 

Agar  T-gurux  odatdagidan  kattarok  xajmda  (masalan30  kishigacha  )  bulsa,  unda 

munozarani  uyishtirishning  uziga  xos  tomoni  bor.  Bu  xolda  baxs  guruxi  shartli  ravishda 

a

’zolarga anik mavkelarini bayon kilingan xolda uchga bulinadi. Birinchi gurux – «fikrlarni 



jamlovchilar»-generatorlar  guruxi  deyiladi:  ikkinchi-«tankidchilar»  va  uchinchi  gurux-

«fikrlarni  tezlatuvchilar-katalizatorlar»deb  ataladi.  Xar  bir  ajratilgan  guruxning  uziga  xos 

funksiyalari  bor  «generatorlar»  urtaga  tashlangan  muammo  yoki  baxs  mavzusi  buyicha 

uzlaridagi  barcha  fikrlarni  urtaga  xolis  tashlaydilar.  Gurux  a

’zolaridan  biri  lider-ularni 

umumlashtirib  bayon  etadi.  Sungra  uyinga  «tankidchilar»kirishadi.  Ularning  vazifasi 

– 

eshitgan  fikrlariga  tankidiy  nuktai nazardan  ular ichidagi  «magzini»  va  «puchak»  fikrlarni 



saralash. Shundan keyn vaziyatga karab, yana suz «generatorlar»ga yoki «katalizatorlar»ga 

berilishi  mumkin.  Bildirilgan  fikr  va  takliflarda  mabodo  xisobga  olinmay  kolgan  jixatlar 

yoki  nourin  fikr  bulsa  yoki  moxiyatan  shu  mavzuga  alokador  bulgan,  lekin  ikkala  tomon 

xisobga  olmagan  biror  jixat  aniklansa,  tomonlar  dikkatini  karatish,  kerak  bulsa  baxsni 

davom ettirishga ruxsat berish va uni yakun kilish takozo kilinsa, ikkala guruxning uyiniga 

baxo  bergan  xolda  munozarani  tuxtatish 

–«katalizator»larning  vazifasidir.  Ular  kupincha 

ikkala gurux uchun xolis arbitrlar 

– «xakamlar»rolini xam uynashlari mumkin.  

Maktabda  bir  sinf  doirasida  yoki  talabalar  guruxida  axlokiy-ma

’naviy  mavzuda  baxs 

uyushtirganda,  yukoridagi  usulni  kullash,  imkoniyati  bulsa,  suxbatdoshlarni  uchburchak-

berk stol atrofiga tuplash mumkin. Demak baxslashuvchilarning fazoviy joylashishlari xam 

bu  urinda  ma

’lum  axamiyat  kasb  etadi.  Katta  guruxlarda  baxs  yoki  munozara 

uyushtirilganda  boshlovchining  roli  ayniksa  kattadir.  Chunki  U  xar  bir  guruxdagi 




 

76 


tortishuvlar  va  fikr  almashinuvlarning  boshida  turmogi,  kerak  bulsa,  ular  faoliyatini 

maksadga  muvoffik  tarzda  yunaltirib  turmogi  lozim.  Kichik  guruxdagidan  farkli  ularok, 

katta  guruxlarda  boshlovchi  u  yoki  bu  ichki  guruxga  yon  bosmasligi  yoki  ularni  uzining 

shaxsiy  fikriga  majburan  ergashtirmasligi  kerak.  Aks  xolda,  u  uzining  faoliyati  bilan 

boshkalar  tashabbusiga  salbiy  ta

’sir  kursatishi  va  baxsning  yunalishini  buzib  kuyishi 

mumkin. Shuning uchunkatta guruxlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan 

tanlangan va unga boshlovchi ma

’lum ma’noda tayyor bulishi shart. 

    

 Breynstroming va uni utkazish texnologiyasi. 

 

Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida «mozgovaya ataka» 



inglizcha-«breynsroming»  deb  ataladi.  Bizning  tilimizda  bu  tushunchaning  anik  anologik 

tarjimasi  yuk,  lekin  uni  «miyaga  xujum»  yoki  «fikrlar  tuknashuvi»  deb  atash  mumkin.  

Metodning psixologik moxiyati shundaki oddiy munozarada baxslashuvchilar kuprok ongli, 

asosli  fikrlarni  bayon  etishga  xarakat  kiladilar.  Bunda  esa  baxslashuvchilarga  miyaga 

kanday  fikr  kuyilib  kelsa,  uni  tankidsiz  va  asoslamay  erkin,  «tilga  nima  kelsa»  aytish 

imkoniyati beriladi. Bu narsa kuprok muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noanik 

bulgan  sharoitlarda  kul  keladi.  Ya

’ni,  bunda  «erkin  assosiasialar»ga  yul  beriladi  va  oxir 

okibat  guruxning  uzi  ma

’lum  rasional  «magzni»  ajratib  oladi.  Bu  usulni  birinchi  marta 

Amerikalik olim A. Olborn 30- yillardayek taklif etgan va yirik loyixalarni rejalashtirish va 

oldindan  uning  natijalarini  bashorat  kilishda  ma

’lum  yutuklarni  kulga  kiritgan  edi.  Lekin 

keynchalik  mutaxasislar  uni  fakat  nostandart,  uziga  xos  yechimi  bulgan  vazifalarni 

muxokama  kilgandagina  kullash  mumkin,  degan  fikrni  bildira  boshladilar.  Birok  tugri 

tashkil  etilgan  breynsromingning  amaliy  afzalliklari  kup.  Fakat  bunda  kuyidagi  koidalarga 

rioya kilish kerak: 

Jumlalar juda kiska bulishi kerak, lekin ularni asoslanishi shart emas. 

Xar kanday jumla yoki fikr tankid kilinishi mumkin emas, ya

’ni fikrlar tankiddan xolidir. 

Mantikiy  fikrdan  kura,  fantastik  yoki  kukkisdan,  tasodifan  miyada  paydo  bulgan  fikr 

muximrok. 

Fikr yoki bildirilgan kiska muloxaza kayd etiladi. 

Bildirilgan  fikr  yoki  goyalar  u  yoki  bu  ishtirokchiniki,  deb  ajratilmaydi,  ya

’ni  ular- 

muallifsizdir. 

Fikr yoki yaxshi goyalarni  tanlash aloxida «tankidchilar» yoki guruxning norasmiy liderlari 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Yukoridagi  gurux  katta  bulganda  baxs  uyushtirishda  xam 

generatorlarga ushbu usulda imkon berish tajribada yaxshi natijalar beradi. 

              Breynstroming,  ayniksa  50-yillarda  Amerika  va  Fransiya  davlatlarida  turli 

texnologik muammolarni xal kilishda keng kullanilgan va uning natijalari kuplab makola va 

kitoblarda  umumlashtirilgan.  Lekin  ommaviy  kullashda  ayrim  tortishuvlar  paydo  buldiki, 

ayniksa yoshlar auditoriyasida uni ishlatishdagi nokulaylik borligi anik edi. Ammo baribir, 

yukorida  ta

’kidlanganidek  kishilarni  faol  ijtimoiy  psixologik  mulokotga  tayerlash, 

nostandart muammolarni yechish va odamni umuman guruxga kuniktirish maksadida undan 

foydalanish mumkin va bu jixatdan kator afzalliklari va tadbikiy axamiyati mavjud. 

      




Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin