O `zbekiston respublikasi axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiylar universiteti qarshi filiali



Yüklə 31,68 Kb.
tarix20.05.2023
ölçüsü31,68 Kb.
#118205
dinshunoslik seminar-1



O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYLAR UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI




KI FAKULTETI
1-BOSQICH KI-12-22S GURUH TALABASINING
“Dinshunoslik” fanidan

MUSTAQIL ISHI



Bajardi : Sharofov Sanjar

Qarshi -2023



Seminar-1
Mavzu : Dinshunoslik faniga kirish. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati. Markaziy Osiyo dinlari. Islom ta’limoti asoslari
Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari, dinning paydo bo’lishi masalasi. 2. Diniy ong asoslarining shakllanishi ijtimoiy ildizlari. Dinlar tasnifl. 3. G’arb va Sharq dinshunosligining o’ziga xos jihatlari. Mavzuning o ’quv maqsadi: Talabalarga Dinshunoslik fanining maqsadi va vazifalari, ibtidoiy davming dastlabki diniy tasavvurlari haqida ma’lumot berish. Shuningdek, dinning mohiyati mazmuni, jamiyatda tutgan vazifalari tushuntirib beriladi. Tayanch iboralar: Totemizm, Animizm, Fetishizm, politeizm, magiya, ma’budlar, Rim xudolari, Zevs, Afliya, Aid, Set, Poseydon, tumor. O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, dastlab milliy ma’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O ’zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda bo’layotgan o’zgarishlarning ildizi, - deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, - xalqimizning ma’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o ’zbekona urfodatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda o’zlikni anglash boshladi. Milliy Navro’z bayramimizni (iklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi” 1 Jamiyat hayotida din o’ziga hos funksuyani bajaradi. Bugungi kunda xalqimizning ko’nglini ko'tarishda, uning qaddini rostlashda 1 И Каримов. У )бекистон келажаги буюк давлат "Учбскистон” 1992 й. -Б.б-7. 4 ko’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o’zaro nizo va nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar. “Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o ’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urfodatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g ’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir. “Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va ma’naviy jihatlardan o ’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o ’mini yaqqolroq anglab etadilar; o’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos. “Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda etilgan g ’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi (imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o’z ixtiyori bilan qabul etgan g ’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o ’z iymoniga xilof keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi”2. “Dinshunoslik” fani quyidagi xususiyatlarga ega: 1. “Dinshunoslik” fani dinlarning mohiyatini va din tushunchasinta’riflab, uni izohlab, tushuntirib beradi. Diniy ong, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida olib qaralib, uni tarixiy hodisa deb hisoblaydi; bu bilan barcha dinlar insoniyat tarixi bilan bog’langanligi, odamlaming dinga bo’lgan ehtiyoji tufayli kelib chiqqach, ular asta-sekin bir tizim qiyofasiga kirib davom etayotganligi ta’kidlab o ’tiladi.
Dinlarning kelib chiqish, rivojlanish va evolyutsiyasi o’zining tub sabablariga, ya’ni ildizlariga egaki, “Dinshunoslik” shu xususiyatni ham nazarda tutadi va ulami ko’rsatib beradi. Bu bilan hozirgi zamonda mavjud bo’lib turgan turli dinlar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lsalar ham, nima uchun ular hamon mavjud bo’lib turibdi degan savolga aniq javob beradi. 3. Diniy ong har bir dindor odamning yoki diniy jamodagi kishilaming yakka shaxs yoki ijtimoiy ongi bo’lib, bu ongning asosi ilohiy kuchlarda, ilohiylikka asoslangan dunyoqarash, mafkura, g’oya, flkr, tushuncha, tasavvur, xotira, xayol, iroda, idrok, iymon, e’tiqod, ahloq va psixika kabilar


yaxlitligidan iborat ma’naviyatdir. Diniy ong ko’pchilik dindorlaming onggi, yakka shaxs onggi xususiyatiga ega bo’ladi. Yakka shaxsning diniy ongining darajasi o’sha dindor kishining yashash tarzi, shaxsiy qobiliyati, qiziqishi kabilar bilan bog’liq. Bu hoi dindorlar psixikasini keltirib chiqaradi. 4. Diniy dunyoqarash, umuman, dunyoqarashning tarixiy turlaridan biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va boshqari-shini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga e’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib orilgan. Ayniqsa, insoniy fazilatlarga yot va zararli bo’lgan ichkilikbozlik, giyohvandlik, buzuqlik, qon to’kish, o ’g ’irlik kabi yaramas illatlar diniy ahloqda qoralanadi, ularga qarama-qarshi halolik, ezgulik, o’zaro hurmat ko’rsatish; kattalami, ota-onalarni izzat qilish kabi fazilatlar ulug’lab kelingan. Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud. Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalaming kelib chiqish sabablarini, ulaming ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlaming aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan. Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pandnasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir. Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi. Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o’ta moslanuvchan g’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlami, ba’zi davrlarda g’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Dinning jamiyatda: l.Kompensatorlik, 2.Legitimlovchilik, 3, Integratorlik, 4. Kommunikativlik, 5. Regulyatorlik degan ijtimoiy funktsiyalari bor. Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo’lib kelgan, xudo esa hamma narsalami: osmon va Emi, koinotni, barcha odamlami, mo”jizaviy yo’qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan awal boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi. Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko’p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo’lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog’imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda er ostida qolib ketgan qadimiy manzilgoblarni kovlab topadi, ulardan uy-ro’zg’orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, me’morchilikka, san’atga oid turli buyumlar, noyob topilmalami aniqlaydi-lar, ba’zan ko’hna qabrlardan dafii qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, eb-icbish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, ba’zan esa qush va hayvon-Iaming, afsonaviy mahluqlaming, farishta, ma’budalaming haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ulaming ayrimlari diniy mazmunga ega bo’ladilar. Din — “arabcha ishonch, ishonmoq”, “lotincha religion” insonni qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan uni va koinotdagi barcha narsalami yaratgan insonga to’g’ri odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy borliqqa ishonch. Diniy dunyoqarash - inson tabiavt va jamiyatning paydo bo’lishi tuzilish va kelajagi to’g’risidagi g’ayritabiiy qarashlar va tasawurlar majmui Diniy kitoblar - ma’lum bir dinning mazmun-mohiyatini anglatuvchi, ta’limot, aqida va umuman dindomi hayot faoliyatini belgilab berilgan manbalar to’plami Diniy marosimiar - diniy tasavvur va g’oyalami ifoda etuvchi hamda g’ayritabiiy, hayoliy ob’ektlarga qaratilgan jamoa bo’lib bajariladigan ramxiy xatti xarakatlar Diniy tasalii - diniy e’tiqodning o’ziga hos xususiyati. Dinning kishiga xissiy-psixologik ta’sirida namoyon bo’ladi
Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklami, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan. O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiyotashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan.
TOTEM1ZM - Shimoliy Amerikada yashovchi Ojibva qabilasiga mansub aikonginlar tilidan olingan bo’lib “uning urug’i” ma’nosini bildiradi. Totem atamasi 1791 yil Dj. Long tomonidan ilmiy muomilaga kiritilgan. XIX-XX asrlarga kelib Dj Mak Lenan, Robertson Smit Frezerlar tomonidan keng tadqiq qilingan. Bugungi kunda e’tiqodning ushbu shakli Avstraliyada, Xindistonda va Afrikaning bir qator hududlarida keng tarqalgan. Etnograf olim A. Zolotarevning tarificha “totemizm - qarindoshlik munosabatlarining diniy anglashning dastlabki shaklidir.
Totem bo’lgan hayvon yoki qushlar, o’simliklar turli mintaqalarda, turli urug’larda turlicha bulgan. Ko’pincha kenguru, tuyaqush, ayiq, sher, yo’lbars, maymun, sigir, tog’ echkisi, baliq, ilon, hakka, qaldirg’och, fil, ho’kiz, ot, xo’roz, burgut, kiyik, musicha kabilar totem hisoblangan. Urug’lar nomi totem bo’lgan hayvon, qush yoki o’simlik nomi bilan atalgan. Hozir avstraliyalik tub-joylik aholi urug’lari kenguru, oq xo’roz, qora ho’kiz deb nomlanadi. Amerikadagi hindu urug’lari Katta Ilon, Burgut ko’z, Qora sirtlon kabi nomlar bilan atalgan. Totem shamol, quyosh, yomg'ir, momaqaldiroq, suv, temir, hattoki alohida hayvonlar yoki o'simliklaming qismlari, masalan, kaplumbaga boshi, cho'chqaning oshqozoni, barglaming uchlari va boshqalar bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha bu - hayvonlarning sinflari va boshqalaran umumiy foydalanilgan. Masalan, Shimoliy Amerikadagi Ojibva qabilasi 23 ta avloddan iborat bo'lib, ulaming har bin o'z totemini maxsus hayvon (bo'ri, ayiq, qunduz, sazan, baqajon, o'rdak, ilon va boshqalar) deb hisoblaydi; Ganada anjir daraxti va makkajo'xori urug'i totem bo'lib xizmat qiladi. Totemizm ayniqsa gullab-yashnayotgan Avstraliyada, hatto butun tashqi tabiat ham mahalliy aholi totemlarining timsolidir. Shunday qilib, Gambir tog'idan kelgan avstraliyaliklar orasida yomg'ir, momaqaldiroq, chaqmoq, bulutlar, do'l qarg'a to'dasiga, ilonlar - baliq, muhrlar, ba'zi daraxt turlari ilon totemiga tegishli; Port Makkaydagi qabilalar orasida quyosh kanguroning totemini, oy alligator totemini anglatadi. O’rta Osiyo xalqlari orasida ot, it, mushuk, laylak, musicha, qarg’a, qaldirg’och, ilon kabi hayvon va qushlar to’g’risida turli diniy mazmundagi rivoyatlar mavjudki, bu ham totemizm qoldig’i hisoblanadi. Totem bilan bog’liq bir qator urf-odatlari ham mavjud bo’lib masalan, badanni totem qoni bilan ishqalash vaqt o'tishi bilan rang berish va shunga o'xshash xarakatlar urf-odatlarga aylandi. Totemning g'ayritabiiy himoyasini qo'llashning muhim vositasi uning doimiy ravishda mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun ko'pincha totem 11 masalan, Formozaning tog'li hududlarida, ulaming hujaliklarida ilon va qoplon bo'lgan yoki o'z uylarida ilonlami ushlab turadigan Samoa orollari aholisinida saqlanib qolgan. Keyinchalik, hayvonlami ma'badlarda saqlash va ularga ilohiy izzat-ikrom ko'rsatish uchun, masalan Misrda, odat paydo bo'ldi. Totem bilan aloqa qilishning eng muhim vositasi uning tanasini eyishdir (teofagiya, shuningdek, prospira, hamjamiyat). Vaqti-vaqti bilan nasi a'zolari totem hayvonini o'ldiradilar va tantanali ravishda, bir qator marosimlar va marosimlarga rioya qilgan holda, uni ko'pincha izsiz, suyaklari va ichaklari bilan iste'mol qiladilar.
Animizm - lotincha jon rux 1708 yilda nemis olimi Shtal muomilaga kiritgan 1871 yilda Teylor tomontdan etnografiyada qo’llanilgan XIX asming 70-80 yillarida uni o’rganish keng yo’lga qo’yildi XX asming 90 yillaridan boshlab ayrim katolik cherkovi vakillari (Shmidt) olimlardan (Marett, Vundt) animizmni cheklanganlik va bir tomonlamalikda ayblashlarga qarshi kurash olib bordilar. Is chiqarish, xudoyi va hokazo. Animizmga ko’ra jon va ruh har bir narsa va predmetda, har bir o ’simlik va hayvonda, har bir odamda mavjud. Jonning kuchi ruhiy bo’lishi, abadul-abad barhayot qolishida-dir. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai jon va ruhiy quwati bo’lib, jon bilan ruh odam tug’ilmasdan aw al mavjud bo’ladi, tana paydo bo’lgach unga kirib hayot bag’ishlaydi, deb ta’kidlaydi. Dastlabki davrlarda animistik tushunchada jonni soya yoki nafas olish bilan aynan bir narsa deb bilar edilar. Jon turli xalqlarda turlicha tasaw ur etilgan. Masalan, Shimoliy Amerikaning tub joy xalqlarida soya nomi bilan, nafas olish nomi bilan atalgan.
Yüklə 31,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin