0 ‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar tizimi
yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
va Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson
huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynovchi milliy institutlardandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari nafaqat
mamlakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar hududida ham davlat tomonidan
himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita 0 ‘zbekistonning chet mamlakatlardagi
diplomatik va konsullik idoralari bajaradi. 0 ‘zbekiston fuqarolari chet ellarda
surishtiruv, tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ularni
huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta ’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Bularning
barchasi
0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasining
43-moddasida
mustahkamlangan:
«Davlat
fuqarolarning
Konstitutsiya
va
qonunlarda
m ustahkam langan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi», - degan qoidaning
amaliy ifodasidir. Davlatning fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlash
m as’uliyati mamlakat ichkarisida ham, xorijiy mamlakatlarda ham amalga
oshiriladi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman instituti muhim rol
o‘ynaydi, bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Oliy Majlis tarkibida
inson huquqlari masalasi bilan shug‘ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga
muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Bu Oliy qonunchilik organimiz maqomiga
mos keladi. Muhimi u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni
yangi sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi»1.
2004-yil
avgustda
«Oliy Majlisning Inson
huquqlari
bo‘yicha
vakili
(Ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu Qonunda
Vakilni saylash tartibi takomillashtirildi. Shuningdek, uning huquqiy maqomi
birmuncha aniqlashtirildi. Uning asosiy vazifasi sifatida fuqarolarning qonuniy huquq
va manfaatlarini himoya qilish belgilandi. Bundan tashqari, Vakilning huquqlari va
shikoyatlarni ko‘rib chiqish chog‘idagi huquqlari alohida tartibda belgilandi.
Xuddi
shuningdek,
1996-yil
31-oktabrdagi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda alohida
o‘ringa ega. Unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarini
amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga
ko‘maklashish;
- inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- mamlakatda inson huquqlari ahvoli haqida milliy ma’ruzalar tayyorlash
va boshqalar. M arkazga fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish,
Dostları ilə paylaş: