Yelimlar
- muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan
konstruksion materiallami (buyumlar yoki detallami) bir-biriga
mahkam yopishtiradigan yopishqoq materiallardir.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yelimlar, asosan,
hayvon, o‘simlik va smola yelimlariga bo‘linadi.
Hayvon yelimining asosini organik moddalar, o ‘simlik yelimlari
asosini oqsillar, smola yelimlari asosini esa sintetik moddalar tashkil
etadi. Hayvon
yelimlariga kollagen yelimlar, shuningdek, kazeinli va
albuminli yelimlar, o ‘simlik yelimlariga soya, kanakunjut, (xashaki
no‘xat) dan olingan yelimlar, smola yelimlariga Б -3, К Б-3 markali
fenolformaldegidli, M K-1, М -2, К М -12, K -17
markali karbamidli
(mochevina formaldegidli) hamda ЦНИИПС-2 yelimlari va bosh
qalar kiradi.
Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab, go‘shtlarda,
suyak, baliq, kazein, albuminli hayvonot yelimlari, loviya, no‘xat,
kunjut, kartoshka, jo ‘xori, guruch kraxmallaridan olinadigan o ‘simlik
yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi.
Faner tayyorlashda, asosan, albuminli, kazein, o‘simlik yelimla-
ridan foydalaniladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan
yog‘ochdan qurilish konstmksiyalari tayyorlashda
smola yelimlaridan
foydalaniladi.
Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hisoblanib,
ular qushxona va teri zavodlari chiqindilarini pishirish yo‘li bilan
tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan yelimlar yordamida har
qanday materialni shu turdagi yoki boshqa turdagi material bilan
(masalan, yog‘och bilan yoki metall bilan) birlashtirib turli ajralmas
birikmalar hosil qilish mumkin.
Tarkibi sintetik materiallardan iborat boMgan yelimlaming asosiy
hamda zaruriy xususiyatlari shundan iboratki,
ular yordamida hosil
qilingan birikmalar atmosferaga, korroziyaga va chirishga chidamlidir.
Yelimlaming yana bir afzal tomoni shundaki, yelimli birikmalar har
qanday ajraluvchi (boltli, shpilkali, vintli va h.) hamda ajralmas
(parchinmixli, payvandlangan) birikmalarga nisbatan ancha yengil
bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda bo‘ladi.
Sintetik yelimlar, avtomobil,
aviatsiya, kemasozlik, elektro va
radiotexnika, yog‘ochni qayta ishlash, poyabzal, poligrafiya va xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ishlatilmoqda.
104
Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun: a) yelimlanadigan sirdar
silliq boim asligi, ya’ni sirtlar, g‘adir-budur, notekis bo‘lishi kerak; b)
yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmasligi
lozim; d) hosil qilingan birikmani
qisqichlar orasiga olib, qurigunga
qadar qo‘zg‘atmaslik zarur.
Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o ‘quv yurtlarining
o ‘quv ustaxonalarida ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlaming
tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash texnologiyasi
haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Konstruksion metallar va nometall materiallami termoizolat-
siyalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplama
materiallariga yelimlab
biriktirish uchun B K -32-2, BKT-2H,
8 8
H, ПУ-2М, AK-20, ПК-10,
XBK-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi.
Metailmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, teksto-
litlar, penoplastlar va b.) ВИАМ-ВЗ va ПУ-2 yelimlari bilan birik-
tiriladi.
Organik shishaga boshqa materiallami yelimlash uchun ВЗ-Ф9,
B K -32-70 va ПУ-2 yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o ‘zaro va metallar
bilan
8 8
H, К П -6-18, ЧНБ, BKP-7, КТ-15, KT-25 yelimlari
yordamida biriktiriladi.
Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak: a) yelimla
nadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g ‘adir-budur qili-
nishi lozim; b) biriktiriladigan sirtlaming bir tomoniga qo‘lda cho‘tka
va pulverizator yordamida yelim surtilishi kerak; d) biriktiriladigan
detallami havoda (xona haroratida) tutib
turib yelim tarkibidagi
uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktiri
ladigan sirtlami birlashtirib, qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan
qisib qo‘yish kerak; f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallami m aium
haroratda muayyan vaqt davomida saqlash lozim, chunki turli
yelimlaming qotish harorati va muddati har xil boiadi; g) biriktirilgan
detallami tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda
birikmay qolgan joylar y o iig a e’tibor berish) kerak va h.
Dostları ilə paylaş: