Misni elektrolitik tozaiash.
Bu usulda juda toza
mis olish bilan
birga uning tarkibidagi nodir metallar ham ajratiladi. Bu jarayon ichki
devori maxsus elektrolit quyilgan qo‘rg‘oshin list yoki viniplast bilan
qoplangan yog‘och yoxud beton vannalarda olib boriladi.
Mis qotishm alari. Misning rux, qalay, qo‘rg‘oshin, temir,
marganes va boshqa elementlar bilan
hosil qilgan birikmalari
mis
qotishmalari
deyiladi. Mis qotishmalari yuqori mexanik hamda
texnologik xossalarga ega hamda korroziyabardosh, yeyilishga
chidamlidir. Shu bois ulardan sanoatda keng miqyosda foydalaniladi.
L atunlar. Latunlar gruppasi deb mis bilan ruxdan iborat qotish
malarga aytiladi. Ba’zan bunday latun (qotishma)lami jezlar deb ham
yuritiladi. Texnik latunlar tarkibida rux miqdori 48— 50% ga yetadi.
GOST 15527-70 bo‘yicha mis-ruxli
latunlaming olti navi
(markasi) mavjud- JI96, J190, J185, J180, J170, JI
6 8
, JI62. Bunday
markalashning ma’nosi shundaki, JI harfi latunlar va qotishmaning
nomini
bildirsa, raqamlar qotishma tarkibidagi mis miqdorini
bildiradi. Maxsus (murakkab) latunli qotishmalar, ya’ni mis bilan
ruxdan boshqa elementlar (legirlovchi sifatida) qo‘shilgan bo‘lsa, u
holda tegishli elementlami bildiruvchi harflar
va tegishli raqamlar
bilan markalanadi. Masalan, J1C 74-3, JIO 70- I, JIAH 59-3-2, ЛМц
58-2 va hokazo. Markalardagi birinchi raqam misning, undan keyingi
sonlar esa tegishli elementlaming % hisobidagi o‘rtacha miqdorini
koisatadi.
Latunlarga qo‘shiladigan asosiy legirlovchi
elementlar mscha
nomlarining birinchi harflari bo‘yicha ifodalanadi; qalay—O, rux—Ц,
qo‘rg‘oshin— C, temir— Ж, marganes— Мц, nikel— H, kremniy— K,
aluminiy—A va hokazo. Masalan, maxsus latun qotishmalaridan ЛМц
58— 2 navdagi (markadagi) Mn marganesni, 58 raqami mis miqdorini,
2
esa marganes miqdorini bildiradi, qolgani (umumiysi
1 0 0
% bo‘lishi
kerak), ya’ni 40 foiz rux bo‘ladi.
Latun markasining oxirida Л harfi bo‘Isa, uning quymabop latun
ekaniigini bildiradi, masalan, ЛК 80-ЗЛ, ЛАЖ 60-1-1 va hokazo.
Markasining oxirida Л harfi boim agan
latunlar deformatsiyabop
latunlardir.
Quymabop latunlardan sanitariya-texnik sistemalar uchun turli
armaturalar, kranlar, aralashtirgichlar, podshipnik vtulkalari, korrozi
yabardosh detal va boshqalar quyiladi.
77