Jilvirlash jarayoni maxsus tuzilishdagi dastgohlarda jilvirlash
toshi
bilan
bajariladi.
Silindrik
yuzalar
doiraviy jilvirlash
dastgohlarida, yassi yuzalar esa tekis jilvirlash dastgohlarida
jilvirlanadi. Silindrik yuzalami jilvirlashda (11.1-rasm, f) tanavorga
aylanma harakat berish bilan birga, ilgarilanma-qaytar harakat
(bo‘ylama-surish harakati) ham beriladi. Jilvirlash toshi ham aylanma
harakat (asosiy harakat) qiladi, ham ko‘ndalang yo‘nalishda
harakatlanadi, tanavoming har qaytishida kesish chuqurligi biror t ga
qadar surilib turadi (ko‘ndalang surish harakati). Yassi yuzalami
jilvirlashda asosiy (aylanma) harakat ham, vertikal yo‘nalishda uzlukli
(kesish chuqurligi biror t ga qadar) surish harakati ham jilvirlash
toshiga, bo'ylama surish harakati (ilgarilanma - qaytar harakat) va
ko‘ndalang yo‘nalishda uzlukli surish harakati tanavorga beriladi.
Dostları ilə paylaş: