Noinеrtsial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari


Koinot Nurlarining Yer Atmosferasi Bilan O'zaro Tasirlashuvi



Yüklə 339,78 Kb.
səhifə20/20
tarix26.12.2023
ölçüsü339,78 Kb.
#198109
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
fizika 17 talik

Koinot Nurlarining Yer Atmosferasi Bilan O'zaro Tasirlashuvi

REJA:



1.Koinot nurlari kelib chiqishi va tezlanish mexanizmlari.

2. Koinot nurlarining planetalar bilan o’zaro ta’siri. Yer magnitosferasi.




3.Koinot nurlarining atmosfera orqali o’tish. Keng atmosfera jalalari.

Kirish
Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari fani koinot nurlari xosil bo’lishi, tabiati, tadqiqot yo’nalishlari, ularning astrofizik va kosmologik jarayonlardagi roli to’g’risida tushincha beradi. Demak bu bo’limda, asosan koinot nurlari tabiati, xususiyatlari, ular bilan bo’ladigan turli jarayonlar o’rganilib, ularning astrofizik jarayonlarga ta’siri hamda olam tuzilishi bilan bog’liq kosmologik tomonlari ham qarab chiqiladi. Koinot nurlari fizikasi — koinot nurlarining hosil bo’lishi va tyezlanishi — koinot zarrachalari, ularning tabiati va xususiyatlari — kosmik fazoda, atmosferada, Yer va planetalar qobig’ida koinot zarralari bilan bo’ladigan jarayonlarni o’rganadi. Bu tadqiqotlarda yadro fizikasida yaratilgan asbob — uskunalar ishlatiladi. Lekin Yerning magnit maydoni va atmosferasi koinot zarrachalarini o’rganishda asosiy rol o’ynaydi. Baland tog’ stansiyalari, havo sharlari, Yer yo’ldoshlari, raketalar, planetalararo va orbital stansiyalarning ishlatilishi koinot nurlari fizikasini geofizika va koinot fizikasi bilan chambarchas bog’laydi. Koinot nurlari astrofizikasi yo’nalishi koinotdagi radionurlanishlarni o’rganadi. Bu nurlanish radioteleskoplar yordamida o’rganiladi. Bundan tashqari rentgen va  — nurlanishlar elektronlar, protonlar va yadrolar yordamida hosil bo’ladi. Bu nurlanishlar yordamida Galaktikadan tashqarida bo’lgan jarayonlarni ham o’rganish mumkin. Bundan tashqari koinot nurlari fizikasi fan — texnikaning turli sohalariga, masalan, kosmik parvozlar, yuqori energiyalar fizikasi, zarrachalar o’zaro ta’siri va ularning xususiyatlarini o’rganishga bevosita daxldordir. Dastlab 20 —asrning 30 —yillarida koinot nurlari yuqori energiyali zarralar oqimi ekanligi ma’lum bo’lgach, ularning xususitlarini o’rganishiga kirishildi. Lekin yuqori energiyali tezlatgichlar qurilishi bilan bu soha tezlatgichlar yordamida, ya’ni o’ta yuqori energiyalarda o’rganila boshlandi.

Hozirgi paytda koinot nurlari fizikasi yadro fizikasi, astrofizika, kosmik fazo fizikasi, geofizika va geliofizika kabi fanlarga aloqadaor juda ko’p muammolarni o’rganadi. Endi koinot nurlarnini o’rganishning tarixiga nazar tashlasak, koinot 4 nurlarini o’rganish gazlardagi tok o’tkazuvchanlikni o’rganishdan boshlangan. Bunda ionizatsiya kamerasi qalin qo’rg’oshin bilan to’sib qo’yilganda ham gaz ma’lum miqdorda tok o’tkazgan. Shu sababli, Vilson bu ionizatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab yerdan tashqaridagi manba ekanligini birinchi bo’lib aytdi. 1911 — 1912 yillarda havo sharlari yordamida o’tkazilgan tajribalar balandlik oshishi bilan ionizatsiya tokining oshishini ko’rsatdi. Keyinchalik esa bu balandlikdagi nurlanish boshqa nurlanishlarga qaraganda yomon yutilishi, ya’ni yuqori o’tuvchanlikka ega ekanligi aniqlandi. 1927 yili D.Skobelsin Vilson kamerasini magnit maydoniga joylashtirdi va 1200 e kuchlanish magnit maydonida u kuchsiz og’gan izlarni kuzatishga muvaffaq bo’ldi. Natijada koinot nurlari korpuskulyar tabiatga ega ekanligini aniqladi. Keyinchalik koinot nurlarini kuzatish uchun qalin fotoemulsiya metodi qo’llanila boshlandi. 1932 yili esa Anderson kosmik nurlarda pozitronni kashf qildi. Koinot nurlari «yumshoq» va «qattiq» komponentlarga ajratib o’rganila boshlandi. Bu ajratish shartli bo’lib, 10 sm qalinlikdagi qo’rg’oshinda yutilganda nurlar yumshoq, qolganlarini esa qattiq deb ataldi. Yumshoq komponenta elektronlar va pozitoronlar ekanligi keyinchalik aniqlandi. Qattiq komponenta esa 1937 yili topilgan s — mezonga mos keldi. U elektrondan 200 marta og’ir bo’lib kichik tormozlanish nurlanishiga ega va shu sababli energiyasini asosan atomlarni ionlashga sarflaydi. Keyingi intyensiv izlanishlar koinot nurlari bilan bo’ladigan quyidagi jarayonlar bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. Birlamchi elektronlar atmosferada myuonlarni va ikkilamchi elektronlarni hosil qiladi. Myuonlar ham o’z navbatida parchalanib elektronlarni va atomlarni ionlashtirib yuqori energiyali elektronlarni hosil qiladi. Lekin bu mexanizm yetarlicha mavjud jarayonlarni tushuntirib bera olmadi. Tez orada ikkilamchi elektronlar va myuonlar bilan bir qatorda protonlar ham qayd qilindi. Bunga asosan elektron — yadro jalalarining topilishi sabab bo’ldi. Bu jalalarning tarkibini protonlar, neytronlar va 1947 yili topilgan p mezonlar tashkil qiladi. Dastlabki mexanizmda elektromagnit ta’sir rol o’ynagan bo’lsa, elektron—yadro jalalarida yadro kuchlari o’zini namoyon qildi. Bu jarayondagi birlamchi zarralar 1017 ev va undan ham katta energiyaga ega bo’lishi aniq bo’ldi. 5 1949 yili S.Vernov boshchiligidagi ekspeditsiya kosmik nurlarining asosini protonlar tashkil qilinishini aniqladi.


Biz Quyosh shamoli, uning tarkibi va xususiyatlarini qarab o’tdik. Endi Galaktikadan kelayotgan nurlarga to’xt alamiz. Galaktika koinot nurlarining muhim xususiyati ularinng yadroviy tarkibi va energetik spektridir. Galaktikadan kelayotgan nurlarga albatta geliomuhit ta’siri bo’ladi. Lekin geliosferadan tashqarida ham ular xususiyati manbalardagi xususiyatlaridan farq qiladi. Chunki Galaktika muhitida ham ular muhit zarralari bilan o’zaro ta’sirlashadi.
Koinot nurlari kelib chiqishi va tezlanish mexanizmlari.

Koinot nurlari o’rganila boshlaganidan beri bu nurlarning manbalari, tezlanish va Yerga yetib kelish mexanizmlari kabi masalalar mavjuddir. Hozirgi vaqtda ham bu savollarga to’la javob olingani yo’q, ya’ni koinot nurlari hosil bo’lish nazariyasiga ega emasmiz, lekin kelajakda yaratilishi kerak bo’lgan nazariya hozirgacha to’plangan quyidagi

1. Koinot nurlari energiyasi zichligi

2. Koinot nurlari intensivligining deyarli doimiyligi

3. Koinot nurlanishi anizatropiyasi

 bo’lganda  ,   da esa 

4. Koinot nurlari tarkibi

5. Energiyasi spektri kabi tajriba natijalarini tushuntirib berishi kerak.

Hozirda koinot nurlari kelib chiqishining Galaktik va Metagalaktik modellari mavjud.



Galaktik modelga ko’ra koinot nurlari Galaktikamizda (shuningdek boshqa galaktikalarda) hosil bo’lib, uning magnit maydoni yordamida ushlab turiladi. Galaktikalararo muhitda esa koinot nurlari zichligi galaktikalardagidan ancha kam. Endi shu modelga ko’ra, koinot nurlari to’la energiyasi   ga teng bo’ladi. Agar bu qiymatni koinot nurlari yashash vaqti TC ga bo’lsak   koinot nurlari manbai quvvatini topamiz. Quyosh quvvatining koinot nurlariga sarflanadigan qismi   ga tengligidan va Galaktikamizda 1011 ta yulduz

borligini e’tiborga olsak,   ga teng bo’ladi. Bu miqdor zarur quvvatdan million marta kamdir. Shu sababli, koinot nurlarining manbai deb yulduzlarni qabul qila olmaymiz. Boshqa tomondan antikorrelyatsiya, Quyosh ximiyaviy tarkibi bilan koinot nurlari tarkibi orasidagi farq ham shu fikrni tasdiqlaydi.
Yüklə 339,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin